15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 04:47
Jamiyat 👁 230

TOShYoP OVULINING FIDOYI RAISASI

TOShYoP OVULINING FIDOYI RAISASI

Insonning shaxs sifatida shakllanishida, hayotda oʻz oʻrnini topib, elaro obroʻ-eʼtibor qozonishida, albatta, u voyaga yetgan oila muhiti muhim ahamiyatga ega. Chunki oiladagi yaxshilik, oʻzaro mehr-oqibat, milliy-maʼnaviy qadriyatlar insonni hali murgʻak bolaligidanoq oʻz taʼsir doirasida toblaydi, intiluvchan, qatʼiyatli, sabr-qanoatli boʻlishga undaydi.

Taʼbir joiz boʻlsa, Toshyop OFY raisi Gulshod Sobirova aynan ana shunday ziyoli, maʼnaviyatli oilada voyaga yetdi. Otasi, Alloh rahmat qilsin, Janon Sobirov uzoq yillar turli masʼuliyatli lavozimlarda ishlasada, farzandlari tarbiyasi, ularning bilimli, el-yurt koriga munosib insonlar boʻlib voyaga yetishi uchun alohida eʼtibor qaratdi. Ana shu eʼtibor va gʻamxoʻrlik ogʻushida ulgʻaygan Gulshod oliy maʼlumot oldi oʻz mehnat faoliyati davomida, Mangʻit shahar Kengashida boʻlim mudiri, 40-sonli maktabda oʻqituvchi vazifalarida ishladi.

Tabiatan tirishqoq, tashabbuskor va intiluvchan boʻlgan Gulshod 2016-yilda Toshyop OFYda mutaxassis sifatida mahalla tizimida ish faoliyatini boshlaganida xalq dard-u tashvishlarini yelkalab yashash, ularning hayotiga oid muammolarni hal etishga koʻmaklashish oʻzining birinchi galdagi insoniylik burchi ekanligini his etdi. Toshyopliklarning hayotiga kirib borib, ularning qalbiga yoʻl topishga butun vujudi bilan intilguvchi, tinib-tinchimas Gulshod Sobirova qisqa fursat ichida el-yurt hurmatini qozondi, ishonchiga sazovor boʻldi. Uni qatorasiga ikki marta, 2019 va 2022-yillardagi saylovlarda toshyopliklar OFY raisligiga saylashdi.

Xalq  ishonchini qozonish oson emas. Gulshod ana shu ishonchga sazovor boʻlgungacha tinimsiz mehnat qildi. Eng avvalo ijtimoiy muammolarni mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla tamoyili asosida hal etish maqsadida aholi oʻrtasida oʻzaro hamjihatlik muhitini shakllantirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni rivojlantirish, “Obod koʻcha, obod xonadon, obod mahalla”  tamoyiliga muvofiq ovul hududini koʻkalamzor, obodon goʻshaga aylantirish, yakka-yolgʻiz, kam taʼminlangan fuqarolarga koʻmaklashish choralarini koʻrdi.

Hamjihatlik asosida qilingan ish hamisha barakali boʻladi. Gulshod Sobirova OFY raisasi boʻlganidan beri ovul hududida koʻplab muammolar ijobiy yechimini topdi.

Ota-onalarning taklif va murojaatlari mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla tamoyiliga koʻra oʻrganildi. 2021-yilda 51-sonli MTT qurilib, ishga tushirildi va 90 nafar bolajonlarni oʻz bagʻriga oldi. 2022-yilda OFY binosi taʼmirlanib, OFY masʼullarining ish sharoitlari yaxshilandi. G.Sobirovaning 4-sektor rahbari J.Rahimov, ovuldagi hokim yordamchisi Xushnud Tilavboyev, xotin-qizlar faoli Mehribon Yusupova, yoshlar yetakchisi Ruslan Saidjonov, profilaktika inspektori, podpolkovnik Soliy Seytov, soliq inspektori Azim Yusupov hamda ijtimoiy xizmat xodimidan iborat “Mahalla yettiligi”ning mahalla boshqaruvidagi faolliklari tufayli bugungi kunda Toshyop ovuli hududi tobora obodonlashib, aholi farovonligi oshib bormoqda.

Taʼlim sohasiga qaratilayotgan eʼtibor va ragʻbat tufayli  2021-2022 oʻquv yilida Prezident sovrini uchun oʻtkazilgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab tanlovida ishtirok etgan maktabning 7-, 8-, 9-sinflari oʻquvchilari tumanda 2-oʻrinni egallashdi va 75 mln. soʻm Prezident sovrinini qoʻlga kiritishdi. 2022-2023 oʻquv yilida ham mazkur koʻrik-tanlovda ishtirok etgan maktab oʻquvchilari 50 mln. soʻmlik Prezident sovrini  sohiblari boʻldilar. Bundan tashqari, faqat oʻtgan oʻquv yilining oʻzida maktab oʻquvchilari fanlar olimpiadasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ona tili va adabiyot, matematika, fizika, ingliz tili, kimyo, rus tili fanlari boʻyicha faxrli oʻrinlarni egalladilar. Fizika fani oʻqituvchisi Xushnud Chorshamov esa oʻz oʻquvchilari bilan NDPI va QDU  rektorlar kubogi musobaqalarida ishtirok etib, 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Toshyopliklar uchun eng dolzarb muammolardan biri elektr energiyasi taʼminotining yomonligi edi. “Mahalla yettiligi” masʼullari bilan bamaslahat ushbu muammoni hal etish choralari koʻrildi. Hududda 5ta podstantsiya yangidan oʻrnatildi, bolalar oʻyin maydonchasi barpo etilib, OFY binosi quyosh paneli bilan jihozlandi.

Qurilish-obodonlashtirish ishlariga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, “Musavvir” koʻchasining 2 km. qismida asfalt yotqizish ishlari boshlab yuborildi, yoʻl boʻylariga, ichki koʻchalar chetlariga manzarali va mevali daraxtlar ekildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni qoʻllab-quvvatlash OFY raisining doimiy diqqat markazida. Ularni “Saxovat va koʻmak” umummilliy harakati doirasida zarur oziq-ovqat, koʻmir mahsulotlari, dori-darmon vositalari bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratiladi. Bu borada 4 nafar bemorning Nukus va Toshkent shaharlari klinikalarida davolanishlari, jarrohlik amaliyotlari uchun zarur mablagʻlar ajratib berildi. “Ayollar daftari” roʻyxatidagi 2 nafar ayol subsidiya asosida tikuv mashinasi bilan taʼminlandi. 4 nafar ayol-qizlarga esa tomorqa xoʻjaligi yuritishlari uchun motokultivator hamda mototsikllar olishlarida koʻmaklashildi.

Ayni damda ovuldagi 601 xonadonga birikkan 707ta oilada 3525 nafar aholi istiqomat qilishadi. Bu 3525 taqdir degani, ularning asosiy qismi oʻzbeklar. Qoraqalpoq va qozoq millatiga mansub oilalar ham talaygina. Gulshod Sobirova shuncha taqdir egalari oldida oʻzini har lahzada masʼul hisoblaydi. Shu bois, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda oʻtkazilgan xatlov natijalari asosida ish yuritadi. Uning OFY raisi sifatidagi shaxsiy ish rejalari yon daftarida har kuni yangi-yangi qaydlar paydo boʻladi. Ayniqsa, boquvchisini yoʻqotgan 12ta oilalarda voyaga yetayotgan bolalar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj 2 nafar fuqaro, 26ta koʻp bolali oilalar, 12ta moddiy yordam oluvchi oilalar, 11 nafar yarim yetim bolalar ahvolidan tez-tez xabar olish, imkoni boricha ularning hayotini yaxshi tomonga oʻzgartirish uchun jon kuydiradi. OFY Kengashi aʼzolari bilan hamjihatlik esa oʻzining  ijobiy samarasini berayotganidan Gulshod Sobirova mamnun. Chunki ana shunday hamjihatlik tufayli 2023-yilda 6ta oila yarashtirilib, sogʻlom hayotga qaytarildi. Yoshlar yetakchisi Ruslan Saidjonov “Yoshlar balansi”ni doimiy ravishda yangilab, “Yoshlar portali” elektron platformasiga kiritib bormoqda. Yosh chevar Shahodat Yusupova “mahalla yettiligi” koʻmagi bilan tikuv mashinasi sohibasi boʻldi. Hozirgi paytda uning 4 nafar shogirdi bor. Malohat Qurbonboyeva esa gulchilik faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Yana bir yosh Dildora Madrahimovaga nonvoylik yoʻnalishida tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda yordam koʻrsatildi.

Ovul ahlining 242 nafari korxona va tashkilotlarda turli xil sohalarda faoliyat yuritishadi. 22 nafar fuqaro tadbirkorlik, 12 nafar kishi esa kasanachilik bilan, 426 nafar kishi savdo-sotiq bilan shugʻullanadilar. 330 nafar kishi mavsumiy ishlarga jalb etilib, bandligi taʼminlangan, 32 nafar fuqaro oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida faoliyat yuritishadi.

— Qishloqda bekorchi odam kam boʻladi, — deydi Gulshod Sobirova. — Toshyopliklarning 522ta xonadonida tomorqa yeri mavjud. 9ta issiqxona xoʻjaligi bor. ularning barchasida oila aʼzolari hamjihatlikda mehnat qilishadi. Har bir xonadonning oʻz chorvasi, parrandasi, kichik boʻlsa-da, sabzavot koʻchatlarini yetishtirishga moʻljallangan parniklari bor. Xalqimiz juda mehnatkash men ular bilan hamisha faxrlanaman.

Gulshod Sobirova ana shu faxrlanish hissi bilan hamqishloqlari xonadonlariga kirib boradi. Qishloq koʻchalarini oralab borarkan, yon daftarchasida yana yangi, biri-biridan dolzarb muammolarni hal etish borasidagi qaydlar paydo boʻladi: Qozoq ovuli bilan 5-sonli maktab oraligʻiga  yoʻlaklar qurish, Ulugʻvorlik koʻchasiga tosh-shagʻal toʻshash, qishloqqa internet tarmogʻini tortish, oilalarda tinchlik-totuvlikni taʼminlash... Bu qaydlar OFY raisini xalq farovonligi yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilish sari undayveradi. Uning ish kunlari ham, hayoti ham ana shu fidoyi mehnat bilan mazmunli, farogʻatli.          

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019