“KITOBLAR KARVONI” TADBIRI ÖTKAZILDI
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev: “Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinçi navbatda özining intellektual salohiyati, yuksak maʼnaviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuç manbai esa avvalo insoniyat tafakkurining buyuk kaşfiyoti – kitob va kutubxonalarda”, deya taʼkidlagan edi. Haqiqatan ham, qaysi davlatning maʼnaviy salohiyati kuçli bölsa, maʼnan yengilmas kuçga ega böladi. Şu boisdan ham bugungi kunda yurtimizda yoşlarni maʼnaviyat va bilim sarçaşmasi bölgan kitob öqişga jalb qilişga eʼtibor kuçaymoqda.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, maʼlumot oliş mumkin bölgan heç qanday zamonaviy vosita kitobning örnini bosa olmaydi.
Yoşlar kitobdan köra telefon, internet, ijtimoiy tarmoqlarga köproq vaqt ajratayotgan bugungidek tezkor davrda ularga kitob mutolaasining afzalligini tuşuntiriş, kitob öqişga rağbatlantiriş juda muhim vazifa.
Şu maqsadda 20-yanvar kuni Amudaryo tumanining 4-sektori hududidagi 5-sonli maktabda “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati tomonidan “Kitoblar karvoni” tadbiri ötkazildi. Tadbirda mazkur maktabning yuqori sinflari öquvçilari iştirok etdilar.
“Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati amalga oşirayotgan “Bilimli va maʼnaviyatli yoşlar bilan – Uçinçi Renessans sari” nomli grant loyihasi iş rejasiga muvofiq maktab kompyuter sinfxonasida maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Ömirboy Bobotoyev bilan hamkorlikda ötkazilgan “Kitoblar karvoni” tadbirida öquvçilar hozirgi davr şoir, yozuvçilari asarlari, çet el adabiyoti va mumtoz adabiyotimiz namunalari bilan batafsil taniştirildi.
Hozirgi zamon ruhşunoslari aniqlaşiça, öquvçi-yoşlar aholining böş vaqti eng köp qatlami hisoblanar ekan. Bunday davrda ularning böş vaqtlarining behuda ötişiga yöl qöymay, oilada, maktabda kitob mutolaasining ahamiyati keng tuşuntirilsa, yoşi, didiga mos kitoblar bilan taʼminlansa, nur ustiga aʼlo nur böladi. Çunki kitobxonlik oiladagi, taʼlim muassasasidagi, yon-atrofdagi muhitga ham boğliq. Aytiş mumkinki, yoşlarni kitob mutolaasiga qiziqtiriş – keng miqyosli vazifa.
Kitobga eʼtibor – farzand tarbiyasida muhim rol öynaydi. Kitobni inson tafakkurining qanotlariga öxşatişgani bejiz emas. Zero tafakkuri, fikr doirasi keng, maʼrifatli kişilar jamiyatning çinakam boyligidir.
Bu haqda “Kitoblar karvoni” tadbirida loyiha koordinatori Oygul Rajabova öquvçilarga batafsil tuşunçalar berdi, öquvçilarning qanday badiiy asarlar öqiyotgani, öqigan kitoblaridan olgan taassurotlari bilan qiziqdi. Mavzu doirasida öquvçilarni qiziqtirgan savollarga atrofliça javoblar berildi.
Tadbir öquvçilarning kitob öqişga qiziqişlari oşişiga xizmat qilgani bilan ahamiyatli böldi.
Sevara ISMOILOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶