Tabiiy gaz bosimining pastligi, suv, elektr taʼminotidagi uzilişlar: tuman hokimligidagi ştabga şu kungaça 225 ta murojaatlar kelib tuşdi
Qoraqalpoğistonda qiş mavsumi ob-havosi Respublikamizning boşqa hududlariga nisbatan ayozli böladi va uzoqroq davom etadi. Şu boisdan ham aholining tabiiy gaz va isitiş tizimiga, elektr energiyasiga ehtiyoji ortib ketadi. Bu öz navbatida baʼzan isitiş moslamalaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmay foydalanganda favqulodda holatlar yuzaga kelişi, yonğin, is gazidan zaharlaniş kabi noxuş holatlar sobir bölişiga sabab bölişi mumkin.
Amudaryo tumanida aholini qiş mavsumidan talofatlarsiz olib çiqiş, ularning tabiiy gaz, ötin, kömir va boşqa yoqilğilarning çala yonişi oqibatida paydo böladigan is gazidan zaharlanişining oldini oliş, yonğinlar sodir bölişiga yöl qöymaslik hamda isteʼmolçilarga elektr energiyasi, tabiiy gaz, içimlik suvini uzluksiz yetkazib beriş, ularning bu borada duç kelgan muammolarini tezkorlik bilan hal etiş maqsadida ştab faoliyati yölga qöyilgan edi.
Ştab sutkaning barça vaqtlarida uzluksiz faoliyat körsatişi uçun “Qoraqalpoq suv taʼminoti” masʼuliyati çeklangan jamiyati tuman filiali, “Amudaryotumangaz”, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, Obodonlaştiriş boşqarmasi, Sanitariya epidemiologik-osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi masʼul xodimlarining navbatçiligi taşkil etilgan va işonç telefoni muntazam işlab turibdi.
Ştab taşkil etilgan 2023-yilning 28-sentyabridan joriy yilning 16-yanvariga qadar uşbu işonç telefoni orqali aholidan 225ta murojaatlar qabul qilingan va tezkorlik bilan çora-tadbirlar körilib, ijobiy hal etilgan.
Ştabga köplab yurtdoşlarimiz qatori Manğit şahrining Çordara mahallasida istiqomat qiluvçi Xosiyat Qutimova suv tarmoğidagi nosozlik, Beştom mahallasida istiqomat qiluvçi Komiljon Töliboyev xonadoniga qöyilgan suv ölçagiç işlamay qolganligi, Gulzor mahallasidagi köp xonadonli uyning 5-qavatida istiqomat qiluvçi yana bir yurtdoşimiz uyining tomonidan çakka ötayotganligi, Xolimbeg ovulidan Yunus Tursunov elektr energiyasidagi uzilişlar bölayotgani yuzasidan murojaat qilişgan. Kelib tuşgan murojaatlarning köpçiligi tabiiy gaz bosimining pastligi, suv, elektr taʼminotidagi uzilişlarga doir bölib, muammolar tegişli sohalar mutasaddilari tomonidan öz vaqtida hal etiş çoralari körilayotir.
Şunisi eʼtiborliki, ştab aʼzolariga va işonç telefoni orqali murojaat qilayotgan yurtdoşlarimizga tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi mutasaddilari aholini qiş mavsumidan talofatlarsiz olib çiqiş maqsadida sodir bölişi mumkin bölgan favqulodda holatlarning oldini oliş yuzasidan keng tuşunçalar berib bormoqdalar.
Ular aholi xonadonlarida ham bölib, tabiiy gazning töliq yonmasligi, xona içida töplanib qolişi, gaz plitalarining, isitiş qozonlarining yoqib, qarovsiz qoldirilişi is gazidan zaharlaniş, yonğin kabi köngilsiz hodisalar sodir bölişiga olib kelişini batafsil tuşuntirmoqdalar. Bu borada fuqarolar ogohlikka, huşyorlikka daʼvat etilmoqda.
Albatta, buningdek tarğibot tadbirlari özining ijobiy natijalarini beradi. Şu yilning 15-yanvarida Ayoqçi mahallasida istiqomat qiluvçi Qöziboy Rahimov ştabga xonadonida tok kuçlanişi baland ekinligi xususida işonç telefoni orqali murojaat qilgan edi. Ştab navbatçilari bu haqda tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbariyatiga maʼlum qilgan. Natijada yuqori kuçlanişli tok tufayli kelib çiqişi mumkin bölgan noxuş holatning oldi olingan.
Xulosa qilib aytganda, ştab faoliyati tumanimizda aholining qiş mavsumini betalofat ötkazişiga xizmat qilayotgani bilan juda ahamiyatli.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶