HUDUD IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRILMOQDA
Tuman Soliq inspektsiyasi tomonidan tumanimizda soliq siyosatini amalga oshirish, soliq qonunchiligiga, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishiga, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishiga erishish borasida taʼsirchan saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilda tuman boʻyicha byudjet daromadlariga byudjet prognozi 91072,4 mln. soʻmni tashkil etib, haqiqatda 99160,8 mln. soʻm undirildi va reja 108,9 foizga, 8088,4 mln. soʻmga ortigʻi bilan bajarildi.
Joriy yil 4-choragi uchun byudjet prognozi 22519,8 mln. soʻmni tashkil etib, haqiqatda 27279,4 mln. soʻm undirilib, reja 121,1 foizga, 4759,6 mln. soʻmga ortigʻi bilan bajarildi.
Joriy yil dekabr uchun byudjet prognozi 6452,6 mln. soʻmni tashkil etib, haqiqatda 6713,9 mln. soʻm undirilib, reja 104,1 foizga bajarildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorlarining ijrosini taʼminlash maqsadida sektorlar rahbarlariga berilgan vazifalardan kelib chiqib, 4-sektor hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi.
Bugungi kunda 4-sektor hududida 8ta ovul, mahallalar bor. Ularda aholi soni 32 224 nafarni tashkil qiladi.
2023-yilning 6 oyi davomida reja boʻyicha 29ta sayyor qabul oʻtkazildi. Ushbu sayyor qabullarda jami 277ta murojaat kelib tushdi, murojaatlarning 197tasi qanoatlantirilib, 45 nafariga tushuntirish berildi. Qolgan 35ta murojaat oʻrganish jarayonida.
Sektor hududida joriy yilda vaqtincha ishsiz boʻlgan ayollar va yoshlarning 221 nafari doimiy ishga joylashtirildi. 194 nafar fuqaroga 105,1 ga qishloq xoʻjaligi yerlaridan ijaraga yer ajratib berildi. 51 nafar ishlash istagini bildirgan vaqtincha ishsiz fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilindi. 170 nafar ishsiz fuqarolar mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitildi. Xorijdan qaytgan 2 nafar mehnat migrantlarining bandligi taʼminlandi. Hokim yordamchilari bilan birgalikda mahallalardagi 348 nafar fuqarolarga oilaviy tadbirkorlikni boshlash uchun 5 mlrd. 403 mln. soʻmlik kreditlar ajratildi. Shuningdek, 285 nafar ishsiz fuqarolarning oʻzini oʻzi band qilish orqali bandligi taʼminlandi.
Uy-joy, kommunal va yoʻl xoʻjaligi, transport qatnovini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish boʻyicha Toshyop ovulida 1ta transformator punkti oʻrnatildi va 2ta transformator punkti taʼmirlandi, Qangli ovulida 1ta transformator punkti oʻrnatildi va 2ta transformator punkti taʼmirlandi, Qumyop mahallasida 1ta transformator punkti oʻrnatildi va 1ta transformator punkti taʼmirlandi, Namuna mahallasida 1 km. havo liniyasi tortildi, Navoiy mahallasida 1ta, Chordara mahallasida 1ta, Boʻston mahallasida esa 2ta, Beruniy mahallasida 1ta transformator punkti taʼmirlandi. Ichki yoʻllarni yaxshilash boʻyicha Qangli ovulida 1,960 km., Boʻston mahallasida 4,618 km., Navoiy mahallasida 0,935 km. ichki koʻchalarga tosh toʻshaldi.
12 nafar fuqaroga kattalar uchun nogironlar aravachasi, 5 nafar fuqaroga elektr yuritmali kreslo-aravachasi, 2 nafar voyaga yetmagan nogiron bolaga bolalar aravachasi, 2 nafar fuqaroga eshitish moslamasi, 7 nafar fuqaroga koʻltiq tayoq, 12 nafar fuqaroga hassa tayoq va boshqada zarur vositalar berildi.
Bugungi kunda sektor hududida “Temir daftar”da 2ta oila qolmoqda. Sektor tomonidan shu oilalarga 1 mln. 200 ming soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Fuqarolar tomonidan bevosita sektorga qilingan murojaatlar asosida shu yilning oʻtgan davri mobaynida jami 48ta oilaga 11 mln. soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa turdagi moddiy yordamlar homiylar tomonidan yetkazib berildi. 30 yoshdan yuqori boʻlgan 6647 nafar ayollar xatlovdan oʻtkazilib, shundan 963 nafari “Ayollar daftari”ga kiritildi. Shularning 729 nafariga turli yordamlar koʻrsatildi.
Bundan tashqari, tumanning 4-sektorida oʻtkazilgan xatlov natijasida 3 302 nafar yoshlar bilan suhbat oʻtkazilib, anketa soʻrovnomalari toʻldirildi va 176 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritildi.
Bugungi kunga qadar 111 nafar yoshlarimizga bandlik, ijtimoiy, iqtisodiy, moddiy va maʼnaviy masalalarda amaliy yordamlar berildi.
45 nafar yoshlarga qishloq xoʻjaligi yer maydonlaridan ijaraga yer maydonlari ajratib berildi, 36 nafar talaba yoshlarga 99 mln. 452 ming soʻmlik kontrakt shartnoma pulining bir qismi qoplab berildi, 11 nafar yoshlarga 33 mln. soʻmlik subsidiya ajratildi.
Kelgusi yilda ham bu boradagi saʼy-harakatlarimizni davom ettirib, sektor hududini rivojlantirishga intilaveramiz.
J.Rahimov,
tuman Soliq inspektsiyasi boshligʻi, 4-sektor rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶