22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 11:24
Jamiyat 👁 284

VATANPARVARLIK OYLIGI DOIRASIDA QILIChBOY OVULIDAGI HARBIY QISMDA OʻTKAZILGAN TADBIRDA QUROLLI KUChLARIMIZ JANGOVAR SALOHIYaTI NAMOYISh ETILDI

VATANPARVARLIK OYLIGI DOIRASIDA QILIChBOY OVULIDAGI HARBIY QISMDA OʻTKAZILGAN TADBIRDA QUROLLI KUChLARIMIZ JANGOVAR SALOHIYaTI NAMOYISh ETILDI

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy kasbga boʻlgan qiziqishini oshirish, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini namoyish etish maqsadida turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlar yoshlar qalbidagi vatanparvarlik tuygʻularini yanada mustahkamlab, yurt taqdiriga daxldorlik hissini oshirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilning 9-yanvar kuni mazkur oylik doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qilichboy ovulidagi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismda Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri tashkil etildi.

“Yangi Oʻzbekiston armiyasi mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burch” mavzusida boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismning maʼsul xodimlari, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Sherzod Murodov va umumtaʼlim maktablarining Chaqiriqqa qadar boshlangʻich taʼlim rahbarlari qatnashishdi. Shuningdek, ovul hududidagi 14 ta umumtaʼlim maktablarning 9-11-sinf oʻquvchilari hamda “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari ishtirok etishdi.

Vatanimiz madhiyasi bilan boshlangan ushbu tadbirni harbiy qism xizmatchisi Abbos Rustamov ochib berdi va barchani Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi. Tadbirda soʻzga chiqqan tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Sherzod Murodov ham harbiylar tomonidan oʻquvchi-yoshlarga mamlakatimizda harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumotlar berdi. Islohotlar natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismlari tubdan yangicha koʻrinishga kelayotgani, Qurolli Kuchlarimizdagi barcha harbiy-texnikalar yangisiga almashtirilgani, harbiy shaharchalar barpo etilayotgani haqida soʻz yuritdi.

Shundan soʻng, yoshlar harbiylar tomonidan tayyorlangan qurol-aslaha va harbiy-texnikalar koʻrgazmasi bilan yaqindan tanishdilar. Harbiy mutaxassislar oʻquvchilarga koʻrgazmaga qoʻyilgan harbiy-texnikalar, oʻq otar qurollari, mudofaa vositalarining texnik-taktik xususiyatlarini tushuntirdilar. Shuningdek, harbiy askarlar tomonidan tayyorlangan kompozitsion koʻrinishlar, xizmat ot va itlar bilan birgalikdagi mashgʻulotlar namoyish etildi.

Taʼkidlanganidek, ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad, Oʻzbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarda himoya qilishga tayyor turish, yoshlarda harbiy-vatanparvarlik tuygʻularini rivojlantirish, Vatanga muhabbat, harbiy xizmatga qiziqishlarini oshirish hisoblanadi. Shuningdek, bu kabi tadbirlar yoshlarda jahonda roʻy berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish koʻnikmalarini shakllantirish hamda turli ichki va tashqi mafkuraviy immunitetni hosil qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Zero har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, zamonaviy harbiy-texnika vositalardan samarali foydalanish malakasiga ega yoshlarni tarbiyalash, yurt uchun fidoyi boʻlish bugungi kun talabi ekanini hayotiy misollar va taʼsirchan vositalar orqali yoshlar ongiga singdirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yoshlar harbiy qismda askarlarning yashash sharoitlari, harbiy tayyorgarlik borasidagi mashgʻulotlar jarayonlari bilan tanishdilar. Harbiy qism askarlarining harbiy-texnika va jangovar qurollar, xizmat hayvonlaridan foydalanish borasidagi koʻrgazmalari, yoshlar bilan oʻtkazilgan muloqot va suhbatlar yoshlarning harbiy burchga boʻlgan qiziqishini, ona Vatanga muhabbat va sadoqatini yanada mustahkamladi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026