Amudaryo tumani mahalliy budjetining 2024-yilgi asosiy körsatkiçlari töğrisida
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining qarori
Özbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asoslanib Amudaryo tumanining 2024-yil uçun mahalliy budjetini qabul qiliş böyiça xalq deputatlari tuman Kengaşi qaror qiladi:
1. Amudaryo tumani mahalliy budjetining daromadlari 73 399,0 mln. söm, xarajatlari 224 966,343 mln. söm miqdorda, respublika budjetidan tuman mahalliy budjetiga ajratiladigan transfertlar 151 567,343 mln. söm miqdorida tasdiqlanganligi maʼlumot va ijro uçun qabul qilinsin.
2. Tuman mahalliy budjeti daromadlarining 2024-yilgi prognoz körsatkiçlari, budjet mablağlari xarajatlari körsatkiçlari 1-7-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin (Ilovalar amunews.uz veb-saytida berilgan).
3. Tuman hokimligi (K.Aytbayev), tuman Davlat soliq inspeksiyasi (J.Raximov) va tuman Iqtisodiyot va moliya bölimi (J.Jumamuratov) tuman mahalliy budjetining daromadlar qismining soliq turlari böyiça belgilangan rejalarining oşirib bajarilişini taʼminlasinlar.
4. Tuman Iqtisodiyot va moliya bölimi (J.Jumamuratov)ga:
- 2024-yilda mahalliy budjet xarajatlarini maqbullaştiriş natijasida şakllanadigan manbalar hisobidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş uçun ajratiladigan mablağlar böyiça zarur tuzatişlar kiritib boriş;
- budjetdan mablağ oluvçilarning budjetdan mablağ bilan taʼminlaş asoslari mavjudligini muntazam tahlil qilib boriş, ajratilgan budjet mablağlarining natijadorligiga erişilmayotgan budjet muassasalarini qisqatiriş yuzasidan tuman hokimligiga takliflar kiritib boriş;
- tuman ğaznaçilik bölinmasi (O.Jumanov) bilan birgalikda budjet mablağlaridan maqsadli foydalaniş va ularning asossiz sarflanişi ustidan qatʼiy nazorat örnatiş;
- Xalq deputatlari tuman Kengaşiga mahalliy budjetning ijrosi töğrisida har çorakda hisobot berib boriş topşirilsin.
5. Tuman hokimining birinçi örinbosari (K.Aytbayev) tegişli mutasaddi taşkilotlar bilan birgalikda budjet daromadlarining tasdiqlangan körsatkiçlari bajarilişini taʼminlasin.
Hududlarning soliq soliş bazasi kengaytirilişi va moliyaviy salohiyati mustahkamlanişi yuzasidan zaruriy çora-tadbirlar körsin, budjet mablağlaridan maqsadli foydalanişi ustidan qatʼiy nazorat örnatsin.
6. Tuman hokimligining Axborot xizmati (S.Ismailova) qarorning rasmiy eʼlon qilinişi va hokimlik veb-saytiga joylaştirilişini, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati (Ğ.Eşniyazov) uşbu qaror matnining “Taraqqiyot közgusi” gazetasida çop qilinişini taʼminlasin.
7. Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boşlab kuçga kiradi.
8. Uşbu qarorning ijrosini nazorat qiliş xalq deputatlari tuman Kengaşining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oşiriş, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Kengaş raisi örinbosari Ğ.YEŞNIYOZOV







▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶