AMUDARYoDA OTA-ONA QARAMOĞIDAN MAHRUM BÖLGAN 3 NAFAR YoŞLAR UY-JOY BILAN TAʼMINLANDI
Yurtimizda yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan yoşlarning huquq va erkinliklarini röyobga çiqariş, ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, ularni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor berilmoqda. Amudaryo tumani hokimligining Bolalarni himoya qiliş şöʼbasi tomonidan ham tuman hududidagi yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarning muammolari örganilib, bu borada qator işlar amalga oşirilib kelinmoqda.
14-dekabr kuni şu toifadagi yana 3 nafar yoşlarga yangi xonadonlarning hujjatlari, kalitlari tantanali ravişda topşirildi. Şu munosabat bilan bölib ötgan marosimda tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari hamda hokimlikning Bolalarni himoya qiliş şöʼbasi rahbari Jahongir Xolmurodovlar iştirok etişdi.
Ota-onalari vafotidan söng, yaqin qarindoşlari vasiyligiga olingan, ayni paytda 18 yoşga tölgan M.Yöldoşeva, D.Musina, S.Xudoyorovalar uy-joyga muhtoj sifatida röyxatda turgan edi. Şunga köra ularga Nukus şahridan 1 xonali, zamonaviy, qulay şart-şaroitlarga ega xonadonlar olib berilib, nomlariga rasmiylaştirildi.
Tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov yoşlarga xonadonlar kalitlari, hujjatlari va 1 donadan televizorlarni tantanali ravişda topşirdi hamda ularni endilikda öz uylariga ega bölgani bilan tabriklab, kelgusi hayotida omadlar tiladi.
Taʼkidlab ötilganidek, tuman hokimligining Bolalarni himoya qiliş şöʼbasi tomonidan yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan voyaga yetmagan 104 nafar bolaga vasiy va homiy tayinlangan. Ularning 60 nafari vasiylikka, 44 nafari homiylikka olingan bölib, 39 nafari çin yetimlar sifatida hisobga olingan. Ötgan 2022-yilda ham uy-joyga muhtojlar röyxatida turgan 3 nafar yoşlarga Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yildagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning yangi tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisi”da Qarorga asosan Nukus şahridan xonadonlar xarid qilinib, nomlariga rasmiylaştirilib topşirilgan. Joriy yilda ham Vazirlar Mahkamasining 2022-yildagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi tegişli qarori ijrosi yuzasidan tumanda 19 nafar bolalar “Mehr daftari”ga kiritilgan.
Tadbir davomida uşbu daftar röyxatidagi 18 nafar bolalarning har biriga kompyuter jamlanmalari (monobloklar) topşirildi va 1 nafariga 2 mln. sömlik qişki kiyim-boş olib beriş çoralari körilişi maʼlum qilindi.
Öz xonadonlariga ega bölgan yoşlar mustaqil hayot ostonasida ota-onasidek ğamxörlik körsatib, uy-joy bilan taʼminlagan davlatimizga, qolaversa, tuman hokimi, Bolalarni himoya qiliş şöʼbasi masʼullariga öz minnatdorçiliklarini bildirişdi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶