Sariştali uy – fariştali uy
Sariştali uy – fariştali uy deb xalqimiz bekorga aytmagan. Haqiqatan ham çor-atrofi obod, yaşil daraxtlar bilan burkangan, gullar qulf urib oçilib turgan hovlini körgan odamning bahri-dili oçilib ketadi. Orastalik, ozodalik hukmron xonadonlarga havas bilan qaraşimiz, sariştali uy - fariştali uy, deyişimiz, qaniydi, hamma joyda ham şunday manzara hukmron bölsa, deya havas qilişimiz ham bejiz emas.
Quvonarlisi, keyingi yillarda bizning Kuyuk-köpir ovulimizda ozodalik, obodlik aholining turmuş tarziga aylanib bormoqda. Hududimizdagi 19-sonli, 14-sonli umumtaʼlim maktablari öqituvçilari, "Özbekiston” QVP tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda aholining tibbiy madaniyatini yuksaltiriş, hududning sanitariya holatini yaxşilaş borasida olib borgan taşviqot-tarğibotlarimiz öz samaralarini bermoqda.
Aholi öz hovlisi hududini obodonlaştirib, ozoda saqlaşga, mevali, manzarali daraxtlarni köpaytirişga va tomorqasidan unumli foydalanişga harakat qilmoqda.
Ovulimizda obodonlaştiriş işlariga yil boşidanoq kirişdik. Köçalar, yöl böylaridagi daraxtlarni butab, şakl berib ohaklaş, köça va yöllarni tartibga keltiriş, çiqindilarni taşkiliy ravişda çiqarib taşlaş, ariq-zovurlarni tozalaş işlari qölga olindi. Şu kungaça hududimizdagi turar joylarning fasad qismlari ohaklanib, tutaş köçalar, yöl çetlari tartibga keltirildi. 25 tonna maişiy çiqindilar çiqarib taşlandi.
Eşon ovul aholi punktidagi içki uçta köçaning 1,8 kilometr, Xöja ovul aholi punktidagi içki 3 ta köçaning 1,5 kilometr qismiga haşar yöli bilan toş yotqizildi.
Ovulimiz böyiça joriy köklamda 20556 tup mevali, 23746 tup manzarali köçatlar ekiş rejalaştirilgan bölsa, hozirgi kungaça 4000 tupdan ziyod mevali, 5500 tupdan ziyod manzarali daraxtlar köçatlari ötqazildi.
Atrof-muhit ozodaligini saqlaşda jamoatçilikning iştirokini taʼminlaşga eʼtiborni kuçaytirmoqdamiz.
Aholimizyurtimizda atrof-muhit, tabiiy zahiralarning muhofaza qilinişiga doir, ekologik vaziyatni yaxşilaşga va aholi soğligini mustahkamlaşga, tibbiy madaniyatni oşirişga doir qabul qilinayotgan dasturlarni özlari uçun muhim hayotiy yöl-yöriq sifatida qabul qilmoqda.
Ovulimiz aholisi 14-15-mart kunlari bölib ötgan umumxalq haşarida ham faol qatnaşib, hududimizni obodonlaştirişga katta hissa qöşdilar.
Obodonlaştiriş işlari bundan keyin ham doimiy diqqat-markazimizda bölib qolaveradi.
Raşid YeRLAPASOV,
(Foto - http://www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶