14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 11:11
Fan va taʼlim 👁 5,613

“ORASTA QIZLAR” – SARIShTALIK VA FAROVONLIK TARGʻIBOTChILARI

“ORASTA QIZLAR” –  SARIShTALIK VA FAROVONLIK TARGʻIBOTChILARI

Tumanimizning 76 ta umumtaʼlim maktabida,  akademik litsey va 8 ta kasb-hunar kollejlarida jamoatchilik asosida faoliyat olib boruvchi "Orasta qizlar”, toʻgaragi tashkil etilgan boʻlib, bu toʻgaraklarda qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash asnosida ozodalik, orastalik, shaxsiy  gigiyenaga, sogʻlom turmush tarziga amal qilishga oʻrgatish hamda maʼnaviy dunyoqarashini shakllantirish nazarda tutilgan. Voyaga yetmagan qizlar orasida erta turmush va tugʻruqlarning oldini olish, sogʻlom turmush tarzini  targʻib qilish "Orasta qizlar” toʻgaragi rahbari va aʼzolarining muhim vazifasidir. Bu toʻgaraklarga faol qizlar aʼzo boʻlib, tengdoshlari oʻrtasida tashviqot-targʻibot ishlarini olib borishmoqda.

Shuningdek, yoshlarni 12-yillik majburiy taʼlim jarayoniga qamrab olish, oilaviy hayotga tayyorlash, erta tugʻish va erta turmushga berish holatlarining, oilalar buzilishining oldini olishda hamkorlik tizimi yaratildi.

Avval umumtaʼlim maktablarida, soʻng akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida "Orasta qizlar” toʻgaraklari tashkil etilgan boʻlsa, ayni kunda  bu toʻgaraklar faoliyati keng koʻlam kasb etib, mahalla tizimiga ham olib kirildi va yagona reja asosida faoliyat koʻrsatmoqda. "Orasta qizlar”  toʻgaragida shifokorlar, tajribali uy bekalari, koʻpni koʻrgan onaxonlar qizlarga ozodalik "Alifbe”sini oʻrgatish bilan toʻgarak mashgʻulotlarini boshlagan boʻlsalar, bugunga kelib, ushbu toʻgarak aʼzolari orqali  mahallalarga va xonadonlarga orastalik va pokizalikni olib kirdilar.

Ozodalik, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishdek  ezgu niyatlar bilan tumanimizdagi taʼlim muassasalarida va mahallalarda  tashkillashtirilgan oqila qizlarning "Orasta qizlar” toʻgaragi    juda tez ommalashdi.

Nihoyatda noyob boylik boʻlgan suvni, elektr nurini qadrlamaslik, chiqindi bilan atrof-muhit havosini buzish yoki davlat mulkini mensimaslik - bularning hammasini inson ruhiyatidan uzoqlashtirish zarur. Bu vazifalarni ado etishda mahalla va oʻquv muassasalarimizdagi "Orasta qizlar” toʻgaragi aʼzolari fidoyilik koʻrsatmoqdalar. Mahallasiga, koʻchasiga oʻz uyi kabi munosabatda boʻlish hissiyotini shakllantirish ham maʼnaviy, ekologik tarbiyaning ajralmas qismi ekanligini har bir toʻgarak aʼzosi juda yaxshi biladi. "Orasta qizlar” toʻgaragi faoliyatiga oid masalalarning Davlat dasturiga kiritilishi zamirida katta maqsad — sogʻlom va obod turmushni yaratish maqsadi turibdi. Dastur doirasida "Orasta qizlar” koʻrik-tanlovini oʻtkazish bu toʻgarak ishining hayotimiz uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etayotganligini isbotladi.

Davlat dasturining 39-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida "12-yillik majburiy taʼlim - mening saodatim uchun!” shiori ostida "Orasta qizlar” tanlovining tuman bosqichini joriy yilning iyun oyida oʻtkazish rejalashtirilgan. Bu vazifa tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, "Kamolot” YoIH faollari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Xulosa oʻrnida aytganda, yoshlarni zamon talablari asosida oʻqitib, kasb-korli qilish barobarida ularni milliy urf-odatlarimiz, anʼanalarimiz ruhida kamolga yetkazishda oʻquv muassasalari va mahallalar qoshida tashkil etilgan "Orasta qizlar” davrasining oʻrni beqiyosdir.

 

Gavhar ChIMBAYChIYeVA,

"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi boshqaruvi bosh mutaxassisi.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019