17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 09:57
Jamiyat 👁 201

TANLOV GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

TANLOV GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi taʼsis etgan davlat granti tanlovida “Obod mahallam” nomli loyihasi bilan qatnashib gʻolib boʻlgan edi va mazkur loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga erishdi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resruslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va chek qoʻyish, aholining ekologiyaga oid bilimlarini kengaytirish maqsad qilingan loyiha doirasida oʻtgan davr mobaynida aholi, oʻquvchilar bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar, turli tanlovlar oʻtkazildi.

Ushbu saʼy-harakatlar aholi, ayniqsa, yoshlarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga, tabiiy resurslarni tejashga daʼvat etishga, ularning ekologiyaga oid bilimlarini oshirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Shuningdek, tuman hududining sanitariya holati va ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar keng targʻib etildi, oʻquvchilarning tabiat bagʻriga uyushtirilgan sayohatlari orqali ularning koʻnglida ona tabiatimizga mehr-muhabbat tuygʻulari mustahkamlandi.

Shu yilning 17-noyabrida mazkur grant loyihasi rejasiga muvofiq mahallalarda obodlikni taʼminlash, yoshlarning tibbiy va ekologik madaniyatini oshirish, ularga sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida Qilichboy ovuli hududidagi maktablar oʻquvchilari orasida “Tabiat bizning onamiz” mavzusida insholar tanlovi eʼlon qilingan edi. Tanlovda hududdagi 7ta umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridan 15 nafar oʻquvchilar ishtirok etdilar. Eʼtiborlisi insholar sinfda, loyiha ijodkorlari kuzatuvida oʻtkazildi va bu oʻquvchilar mavzuga oid manbalardan foydalanmasdan oʻz bilimlari boʻyicha yozishlarini taʼminladi.

Mazkur insholar hakamlar hayʼati tomonidan oʻrganilib, xolisona baholandi. Natijalarga koʻra 15-sonli maktab 9-sinf oʻquvchisi Maftuna Hayitboyeva birinchi, 11-sinf oʻquvchisi Sevara Zarifboyeva ikkinchi, 20-sonli maktab 8-sinf oʻquvchisi Dilnura Yoʻldosheva uchinchi oʻrinlarni egalladilar. Shuningdek, 23-sonli maktab 9-sinf oʻquvchisi Marjona Rajabova, 83-sonli maktab 11-sinf oʻquvchisi Mahliyo Hasanovalarning tanlovdagi faol ishtiroki eʼtirof etildi.

30-noyabr kuni tanlov gʻoliblari “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi tomonidan taqdirlandi.

Tadbirda tuman Kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Bahodir Boltaboyev, “Taraqqiyot koʻzgusi gazetasi muxbiri Oygul Rajabova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi xodimi Zarifa Soatboyeva, loyiha ijrochilaridan biri Hidoyat Sultonovlar, tanlov gʻolibi boʻlgan oʻquvchilar, ularning ustozlari ishtirok etdilar.

Bahodir Boltaboyev, Oygul Rajabovalar oʻquvchilarning tanlovga taqdim etgan ijodiy ishlari xususida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tanlovda gʻolib oʻquvchilar qimmatbaho sovgʻalar, Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Sevara Ismoilova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026