YaNGI KONSTITUTsIYaDA OILA VA NIKOH MUNOSABATLARI ALOHIDA EʼTIROF ETILGAN
Yangi Konstitutsiyaning 76-moddasiga köra, oila jamiyatning asosiy böğini hamda u jamiyat va davlat muhofazasida ekanligini saqlab qolgan holda, nikoh Özbekiston xalqining anʼanaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvçilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanişi belgilangan. Bu bilan davlat oilaning tölaqonli rivojlanişi uçun nafaqat ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, balki davr talabidan kelib çiqqan holda boşqa şart-şaroitlar yaratişni ham öz zimmasiga olmoqda.
Ilk marotaba 78-moddada Özbekiston xalqini millatidan qatʼiy nazar, Özbekiston Respublikasining fuqarolari taşkil etişini inobatga olib, respublikada yaşovçi barça fuqarolarning anʼanaviy oilaviy qadriyatlarini hurmat qilişi eʼtirof etilgan. Şu nuqtai nazardan Özbekiston xalqining anʼanaviy oilaviy qadriyatlari deganda fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarga, şu jumladan, Oila Kodeksiga zid bölmagan anʼanalari tuşuniladi.
Yangi Konstitutsiyada köplab soha va yönalişlar qatorida yoşlar masalasiga ham alohida ustuvorlik berilgan. Alohida bir bob, yaʼni XIV bob – oila, bolalar va yoşlar masalasiga bağişlangan.
Konstitutsiyaga muvofiq, davlat yoşlarni öz himoyasiga oladi. Şuningdek, davlat yoşlarning maʼnaviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan şakllanişi hamda rivojlanişi uçun, ularning taʼlim olişga, soğliğini saqlaşga, uy-joyga, işga joylaşişga, bandlik va dam olişga bölgan huquqlarini amalga oşiriş uçun şart-şaroitlar yaratib berişi belgilangan.
Yaxşi bilamizki, öqişni bitirgan har qanday yoş işlaşi, turmuş qurib oilali, uyli-joyli bölişi lozim. Ammo bularning hammasini birdaniga hal qiliş juda qiyin. Şu bois, davlat bu kabi masalalarni öz zimmasiga olmoqda.
Yangi Konstitutsiyada yoşlarning işga joylaşişiga, uy-joyga ega bölişiga alohida eʼtibor qaratilgan bölib, tegişli moddalarda körsatib ötilgan.
Rohatoy Polvonova, tuman FHDYo bölimi inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶