Kitob – bilim manbai
Kitob bizning nafaqat ongimizga, balki qonimizga, jonimizga singib ketgandir. Insondagi kitobga bölgan mehr u harfni tanib, mutolaa qilişni örganganidan keyin boşlanmaydi, balki, gödaklik davridan ulğayguniga qadar onasi aytgan allalar, buvisidan eşitgan ertaklari orqali yoşligidan kitob öqişga nisbatan mehr va iştiyoq şakllana boradi.
Kimning qanday kitob tanlab öqişi öziga boğliq. Hozir aksariyat yoşlar kitob öqişga qiziqmay qöyişdi. Ular köproq internetdan maʼlumotlar izlaşga, yangiliklarni ham onlayn tarzda topib öqişga moyilroq bölib borişayapti.
Kitob tanlaşda uning qanday mazmunda yozilganligiga eʼtibor qaratiş neçoğlik muhimligini bugun yoşlar bilişadimi?
Kitob şunday katta kuç-qudratga egaki, u insonni va hatto uning taqdirini ham özgartirib yubora oladi. Kezi kelganda, heç kim unga gap uqtira olmagan, odamlar bilan murosaga kelib yaşay olmaydigan kimsa kitobda yozilgan birgina gapni öqiganida, undan taʼsirlangan holda atrofidagilarga nisbatan xuşmuomala bölib qolişi mumkin. Baʼzilar insondagi bilimlarni oşirib, maʼnaviy dunyosini boyitişda unga yordam beradigan asosiy vosita kitob desa, boşqa birovlar esa zamon bilan birga olğa qadam taşlaşda hamda yangiliklardan tezkor ravişda xabardor bölib turişda kitob öqib ötirişdan köra, internet, zamonaviy aloqa vositalari qulayroq ekanligini aytadi.
Bola kamolotga yetgunga qadar ota-ona farzandlariga ularning yoşiga mos kitoblar tanlab, öqib berişlari, ertaklar aytib, dunyoqaraşining boyişida turtki bölişlari lozim. Keyin esa bolalari mustaqil öqiy boşlaganlarida qiziqarli kitoblar olib berib, böş vaqtdan unumli foydalanişga örgatiş maqsadga muvofiqdir. Bilim olişga bölgan iştiyoq kitobga bölgan mehr qançalar köp bölsa, insonning maʼnaviyati tobora yuksalib, uni ezgu amallar qilişga çorlayveradi. Zotan, maʼnaviyatni boyitişda xoh kitob bölsin, xoh internet, undan maqsadli foydalanilsagina ijobiy natijaga erişiş mumkin.
Tazaxan Qidirniyozova,
3-sonli maktab kutubxonaçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶