22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 13:02
Jamiyat 👁 206

“YoNGʻIN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR OʻTKAZILMOQDA

“YoNGʻIN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR OʻTKAZILMOQDA

Kuz-qish mavsumida havo haroratining keskin sovib ketishi munosabati bilan yurtimizda isitish moslamalariga ehtiyoj ortib boradi. Shu barobarida tabiiy gaz yoki muqobil yoqilgʻi mahsulotlaridan foydalanish hajmi keskin oshib ketishi tufayli yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish dolzarb vazifaga aylanadi. Chunki mamlakatimizning turli hududlarida oʻtgan yillar kuz-qish mavsumida yongʻinlar bilan bogʻliq koʻngilsiz hodisalar, is gazidan zaharlanish holatlari sodir boʻlib turganligi hech kimga sir emas.

Shularni eʼtiborga olgan holda bir necha yillardan beri qish masumida yongʻinlar bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida “Yongʻin xavfsizligi oyligi” oʻtkazib kelinmoqda.

Joriy yilda ham 15-noyabrdan 15-dekabrgacha butun mamlakatimiz boʻylab “Yongʻin xavfsizligi oyligi” oʻtkazilmoqda. Oʻtgan kunlar mobaynida Amudaryo tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan ham iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obʼektlari hamda xonadonlarda yongʻin xavfining oldini olish borasida profilaktik tadbirlar rejaga muvofiq olib borilayotir.

28-noyabr kuni Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oylik doirasida oʻqituvchilar, oʻquvchilar uchun yongʻinga qarshi profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda dastlab maktab hovlisida yongʻin sodir boʻlganda ishlatiladigan asbob-uskunalar, texnika vositalari koʻrgazmasi namoyish etildi va mutaxassislar tomonidan ularni ishlatish yoʻl-yoʻriqlari tushuntirildi. Maktab hovlisida tadbirda namoyish etilgan va qay tarzda ishlatilishi tushuntirilgan asbob-anjomlardan foydalanngan holda, yongʻin sodir boʻlganda qanday harakatlanish boʻyicha oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazish maqsadida shartli sodir boʻlgan yongʻinni oʻchirish tajribasi namoyish etildi.

Shundan soʻng ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonasida oʻqituvchilarga uchun “Yongʻin xavfsizligi oyligini” oʻtkazishning mazmun-mohiyati, oylik doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, yongʻin xavfining oldini olishda har bir fuqaroning burchi va vazifalari xususida keng tushuntirildi.

Oʻqituvchilarni mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollarga tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Tadbir soʻngida maktab oʻquvchilari istiqomat qiluvchi yotoqxonadan shartli ravishda yongʻin xabari keldi hamda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari va koʻrgazmada qoʻyilgan yongʻin-qutqaruv vositalari xavfni bartaraf etishga tezkorlik bilan jalb etildi. Xodimlarning shiddatli harakatlari va aniq amalga oshirgan choralari tufayli shartli yongʻin oʻchirildi, hech bir oʻquvchi tan jarohati olmaganligi qayd etildi.

Mazkur tadbirda Amudaryo tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchi va oʻquvchilari yongʻin xavfsizligi qoidalari, kutilmaganda yongʻin kelib chiqqan vaziyatda qanday harakatlarni amalga oshirish lozimligi borasida keng bilim va tushunchalarga ega boʻldilar.

“Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Sh.Erkinboyev, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi Profilaktikasi va nazorat boʻlinmasi inspektori, katta leytenat.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026