YaNGILANGAN KONSTITUTsIYa VA “ÖZBEKISTON – 2030” STRATEGIYaSI MAZMUN-MOHIYaTI TUŞUNTIRILDI
Navoiy nomli mahalla fuqarolar yiğini binosida Prezidentimizning joriy yil 11-sentyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “Özbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan tub islohotlar hamda Yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyatini tuşuntirişga bağişlangan yiğiliş ötkazildi.
2023-yil 27-noyabr kuni bölib ötgan uşbu yiğilişda Navoiy nomli MFY raisi B.Kadirov, Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi masʼullari, mahalla faollari, fuqarolari qatnaşişdi.
Yiğilişda Özbekistonda yangilangan Konstitutsiya böyiça ötkazilgan umumxalq referendumi milliy taraqqiyotimizning ustuvor yönalişlarini belgilab bergani qayd etildi. Asosiy qonunimizda millati, tili va dinidan qatʼiy nazar, barça fuqarolarning tengligi, inson huquqlari, söz va vijdon erkinligi printsiplari ustuvor ahamiyat kasb etgani xususida söz yuritildi. Şu huquqiy asosda qabul qilingan “Özbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasi Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Barqaror rivojlaniş maqsadlariga uyğun ekanligi ham eʼtirof etildi.
Şuningdek, Özbekiston — 2030» strategiyasida jami 100 ta maqsad, 369 ta çora-tadbir, 190 ta vazifa, 306 ta maqsadli körsatkiç bajarilişi va bu borada 118 ta normativ-huquqiy hujjat işlab çiqilişi közda tutilgani töğrisida söz yuritildi. Uşbu dasturilamal hujjatning ijrosidan yurtimizdagi har bir insonga – qulay imkoniyat va yengilliklar, moddiy va maʼnaviy manfaat yetib, har qaysi oila va xonadonga obodlik, tökinlik, fayz va baraka kirişi aytib ötildi.
Yiğiliş davomida strategiyada körsatilgan maqsad va yönalişlar yuzasidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Q.Atamurodov, Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶