15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 08:24
Jamiyat 👁 215

“DOLZARB 40 KUNLIK” KENG KOʻLAMLI PROFILAKTIK TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

“DOLZARB 40 KUNLIK” KENG KOʻLAMLI PROFILAKTIK TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻiga koʻra Respublika miqyosida joriy yilning 20-noyabr kunidan 30-dekabr kuniga qadar korxona-tashkilotlar, jamoat uyushmalari va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda “Dolzarb 40 kunlik” keng koʻlamli profilaktik tadbirini oʻtkazish belgilangan boʻlib, shunga koʻra barcha hududlarda nazorat va reyd tadbirlari tashkil etilmoqda. 

Amudaryo tumani hududida ham shunga muvofiq jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbiri oʻtkazilmoqda. Tadbir doirasida  tumanda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish asosiy maqsad qilingan boʻlib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olingan. 

Joriy yilning 27-noyabr kuni tuman Ichki ishlar boʻlimi tomonidan navbatdagi maxsus profilaktik tadbir oʻtkazildi hamda jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha tungi xizmatga jalb qilingan xodimlarga jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar, ayniqsa, tungi vaqtda sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan yoʻriqnoma berilib, xizmatga chiqarildi.  Shuningdek, “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirini oʻtkazishdan maqsad – fuqarolar xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish ekanligi taʼkidlab oʻtildi. Tungi xizmatga jalb qilingan xodimlarga jamoat joylari, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalarini koʻzdan kechirish, ichkilikbozlar, muqaddam sudlanganlar, probatsiya hisobida turganlar, profilaktik hisobga olinganlar bilan suhbatlar oʻtkazish, huquqbuzarlik va jinoyatlarni aniqlash boʻyicha topshiriqlar berildi.

Tadbir boshida tungi vaqtlarda bemaqsad yurgan fuqarolar bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi va ularning shaxsiga oydinlik kiritildi. Jamoat tartibini buzgan fuqarolar tuman Ichki ishlar boʻlimiga olib kelindi va ularning shaxsi aniqlanib, tezkor-profilaktik suhbatlar oʻtkazildi. Ular huquqbuzarlik va jinoyat sodir etmasliklari toʻgʻrisida rasman ogohlantirildi. Undan tashqari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, tumandagi istirohat bogʻi, korxona-tashkilotlar, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obʼektlari tekshirildi. Tungi vaqtlarda ishlayotgan turli obʼektlarda faoliyat olib borayotgan shaxslar bilan ham profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.

Reyd tadbirida 17 nafar fuqaroning spirtli ichimlik taʼsirida jamoat joyida yurganligi aniqlanib, hushyorxonaga topshirildi. Tungi vaqt boʻlishiga qaramasdan bemaqsad koʻchada yurgan 5 nafar voyaga yetmaganlar, ularning ota-onalari chaqirtirildi va bunday holatni qayta takrorlamaslik tushuntirilib, ogohlantirildi. Shuningdek, jamoat tartibini buzib huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Tuman hududida boʻlib oʻtayotgan bu kabi reydlar, “Dolzarb 40 kunlik” keng koʻlamli profilaktik tadbirlari davomida targʻibot-tashviqot ishlari olib borilib, fuqarolarga jamoat joylarida belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy rioya qilishlari lozimligi tushuntirilmoqda. Shuningdek, tungi vaqtda bemaqsad yurgan yoshlarga ham har qanday huquqbuzarlik va jinoyat uchun qonuniy jazo muqarrarligi tushuntirilib, belgilangan jazo choralari, qonunlar haqida batafsil maʼlumotlar berilmoqda. 

Inobat Oʻrozmatova, tuman IIB xodimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019