12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:48
Adabiyot 👁 409

Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi Xonimjon Rajabovaning “Qalb qöşiği” nomli yangi kitobi naşrdan çiqdi

Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi Xonimjon Rajabovaning “Qalb qöşiği” nomli yangi kitobi naşrdan çiqdi

Hayotni dorilfununga qiyoslaymiz. Çunki inson umr böyi ana şu dorilfunun tahsilini oladi. Yaxşilardan ibrat, sinovlardan sabr-toqat, olim-u fuzalolar davrasidan intiluvçanlik xislatlarini “yuqtiradi” va ana şu yösinda toblanadi inson. Umrning oydin manzillari tomon intilib yaşaş esa inson uçun irsiyat. Köngliga tukkan yoruğ niyatlari röyobi uçun hayotini baxş etib yaşayveradi. Bu yoruğ niyatlar unga mangu hamroh. Agar inson yuragida ana şu yoruğ niyatlar bölmaganida edi, uning umri ham heç qanday maʼno-mazmunga ega bölmasdi.

Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, ayni paytda Amudaryo tumani maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon Rajabovaning qöliga qalam tutqazib, ijoddek maşaqqatli maydon sari undagan kuç ham ana şunday yoruğ niyatlar bölsa ne ajab!

Aslida Xonimjon Rajabova uçun ijod maşaqqatini his etmoq  tuyğusi begona emas. Uning özi aytmoqçi, qöliga ilk qalam uşlab, qoğoz qoralay boşlaganida 12-13 yaşar qizaloq edi.

ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakulteti talabasi bölgan kezlari ayni paytda Özbekiston xalq şoiri, taniqli şoirlar bölib yetişgan Sirojiddin Sayyid, Mirzo Kenjabek kabi kursdoş döstlari bilan şeʼriy davralarda faol iştirokçi bölar edi.

Talabalikning oltinga teng yillarida şakllanib ulgurgan ijodkor Amudaryo tumanining ijtimoiy-siyosiy gazetasi “Amudaryo haqiqati” (hozirgi “Taraqqiyot közgusi”) sahifalari orqali özining lirik şeʼrlari, jöşqin publitsistik maqolalari, qatra va novellalari, tarjimalari bilan maşʼalday porladi göyo.

Tahririyat muharriri, keyinçalik Amudaryo tumani hokimining örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritiş asnosida maʼlum fursat qalbida alangalanib turgan ijod zavqini bir çetga surib, el-yurt, xalq manfaati yölida faoliyat yuritgan Xonimjon Rajabova hayotni, inson manzaralarini çuqur örgandi. Idrokidagi botiniy va zohiriy tuyğularini goh oşkor, goh pinhon asradi. Baʼzan jöşqin, baʼzan baxşiyona tarzda misralarga jo etdi u bu tuyğularini. Hayot deb atalgan dorilfunun saboqlaridan öziga xulosalar oldi, ajib hikmatlar topdi. Va özi bilgan, anglagan hayot hikmatlarini aziz xalqi bilan birga baham körişga intildi. Pirovardida köngillarni tebratuvçi, insonni öylaşga, fikrlaşga undovçi ajib bir şeʼriy guldasta yaraldi.

Men oyning qiziman,
Tunni yoritgan.
Men quyoş qiziman,
Tandir qizitgan.
Otaş bölib yondim
El dardi bilan.
Bariga guvoh u yillarim aytsin,
Yilning erkatoyi – kunlarim aytsin,
deb kuyladi u el-yurt manfaati yölida, fidoyi mehnatlar bilan keçgan damlari haqida.

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, taniqli  şoir, tarjimon va publitsist Yangiboy Qöçqorov Xonimjon Rajabovaning 50 yoşlik yubiley  tantanasida sözga çiqib:

– Butun vujudi bilan Tömaris, butun vujudidan xalqiga, ona Vataniga mehr-muhabbat yoğilib turgan mening qadrdon opam, ustozim Xonimjonning şeʼriyati, hayoti, qilayotgan işlari gözal...

Menga taniş döstim savol taşlaydi,
Qanday bölgan ekan gözal Tömaris.
Bilsang, Manğit elida yaşaydi asli,
Xonimjon ismli gözal bir voris.
deb öz tilaklarini bildirgan edi.

Haqiqatan ham Xonimjon Rajabova davlat işlari, oila taşvişlari, 6 nafar farzandlar tarbiyasidan ortib, baʼzan safarlarda, baʼzan xalq xizmatida, uzun tunlari beşik ustiga egilgan holatda biri-biridan hikmatli, jozibali aşʼorlar bitdi. Turmuşning zalvorli muştlariga, hayot sinovlariga jöşqin şeʼriyati bilan qalqon böldi u.

Boşimdan ne ötganin,
Közimdan yoş tökkanim.
Heç kimsa körmasa ham,
Yulduz kördi, oy kördi.
Dardlarim yukin ölçab,
Guvoh koinot aytsin.

Hayotda nolişni noşukurlik, deb bilgan şoira özi çekkan ğam-u hasratlarni ham baxşiyona, xalqona satrlar iforiga örab xalqiga hadya etayotir. Könglida ötayotgan umr lahzalaridan çeksiz qoniqiş hissini tuygan şoira hayot maşaqqatlaridan ham ajib maʼno-mazmunlar, mohiyatlar topib ijod etgani va ana şu ijod zavqi oğuşida yaşagani uçun ham öz boşidan keçgan dardli onlarni noliş ila tilga olişdan yiroq, matonatli. Baʼzi ijodkorlarga öxşab “men bunday azob çekdim, ğamlarim bunça toğ böldi”, qabilida köngil dardlarini tökib solayotgani yöq. Balki sabr-toqatga oşna yaşab ötgan umr yöllaridan çiqargan saboqlari tufayli yetgan baxtiyor damlari uçun “bugungi baxti xaqida  haqqa ming sano aytgan kunlariga” ham şukronalar aytayotir.

Hayot sinovlarini mardona yengib yaşamoq baxti ham şoira opamizga xos. Payğambar yoşidan hatlab, uluğlikka yetişgan Xonimjon Rajabova özi aytmoqçi, inson “umrining kuzagida donolikka yuz tutajagini”, bu dam unga çinakam yetuklik va uluğvorlik baxş etganini taʼkidlarkan, yana şukronalar keltiradi. Şoiraning “Inson umri” şeʼrida şunday satrlar bor:

Umrin kuzi kelganida toliqdi u,
Bitta söz kam, ikkitasi oğir botdi.
“Qari” degan oğir dardga yöliqdi u,
 Mehnatga yor damlarini ham yöqotdi.

Qiş qorlari yuzlarini çimçiladi,
Olib ketdi közlaridan ravşanni ham,
Sovuq zapti badanini qamçiladi,
Yomon körib qoldi yumşoq töşakni ham...

Şeʼrning har bir satrida sohir qalb iqrori bor. Qolaversa, ötkinçi bu dunyoda umrning bahori, yoz-u kuzidan ham qişi qattiq va sinovli ekanini har lahzada yodda tutib yaşaşga davʼat bor. Inson umriga fasllarga qiyosan taʼrif bergan şoiraning  keksalik – donolik degan fikriga qöşilmay ilojingiz yöq.

Xonimjon Rajabova butun umr özi sevgan xalqqa intilib, xalq orasida yaşayotgan ijodkor sifatida özini özi tahrir qilişdan, kamçiliklarini qalban his etib,  tahliliy xulosalar çiqarib yaşaşdan aslo çarçamaydilar. Ayniqsa, onaga ehtirom bobida şoiraning öz mardona sözi bor:

Uyqusiz ötkazgan bitta tunining,
Qarzini uzolmay yuribman hamon.
Boşimda parvona ötgan kunining,
Badali böynimda, bosadi armon.

Armon yuki oğir, bosar beayov,
Bedor bir tuningga yetmaydi umrim.

Hamon xotirangdan olib kuç, suyov,
Men yaşab yuribman uluğlab qadring.

Qarang, özi pir-u badavlat ona, qaynona, buvi, hoji ona bölgan şoira hamon dunyodan ötib ketgan aziz insoni – onasi xotirasidan quvvat olayotir.

Bu tuyğu umumning yuragidagi oğriqli ovunç, toğday suyanç, kuç va iroda. Odamzotga xos bu ajib tuyğu, agar inson 100 yoşga kirgan taqdirda ham uning tomirlarida oqqan qon kabi mangu barhayot. Bu onaga ehtiromning şoirona  ifodasi.

Xonimjon Rajabova şeʼriyati öziga xos, muhimi, iforli, qalblarni tebratguday xuş nasimli şeʼriyat. Uning “Savob”, “Yurakkinam”, “Tuş”, “Kuz xayollari”, “Haq yöli”, “Farzandlarimga maktub”, “Farzandlarimdan maktub”, “Dunyo”, “Elning nomus-ori yigitlar”, “Omon bölsin yigitlar” kabi şeʼrlarida nafaqat şoiraning, balki umumning könglidagi yoruğ niyatlarga oşna bölasiz. Şeʼrdan şeʼrga ötganingiz sari könglingiz tozaradi, sizga taskin beruvçi bir ibora tilingizga köçadi:

– Töğri aytadilar, hammasi haqiqat, şunday yaşaş kerak aslida!.

Ha, azizlar, sohir qalbdan sizib çiqqan sohir satrlar misli hikmatlar xazinasi kabi könglingizga taskin, xotirjamlik baxş etadi. Bilmadim, men Xonimjon Rajabova samimiyat bilan qölimga tutqazgani – “Qalb qöşiği” kitobini öqib, qalbimda ana şunday xotirjamlikni his etdim. Opamizning “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati” naşriyotida çop etilgan köngil bitiklari kitob javoningizga ziynat va nur bağişlaydi. Zero, uluğ ustozimiz A.Oripov taʼkidlaganlariday: “qalblarni öz musiqiy ohangi bilan tebratmagan şeʼriyat yolğondir”.  Xonimjon Rajabova şeʼriyatidagi musiqiy ohang har bir qalbni zabt etişiga işonaman.

Robiya YÖLDOŞEVA, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist, şoira.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026