15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 09:20
Jamiyat 👁 184

OFY raisi: "Maqsadimiz– infratuzilmani rivojlantirish". 3 505 nafar aholi istiqomat qiluvchi Tosh yop ovuli haqida nimalarni bilasiz?

OFY raisi: "Maqsadimiz– infratuzilmani rivojlantirish". 3 505 nafar aholi istiqomat qiluvchi Tosh yop ovuli haqida nimalarni bilasiz?

Oʻzbek mahallalaridagi jamoaviylik, qoʻni qoʻshnilar yaxshi yomon kunlarida bir-birlariga yelkadosh boʻlib, bir-birlarini qoʻllab-quvvatlashi qanday bebaho qadriyat... toʻgʻrimi? Axir dunyoda yonginasidagi qoʻshnisining kim ekanligini bilmaydigan, eshigini qoqsangiz shaxsiy maʼlumotlaringizni toʻliq aniqlamaguncha eshigini ochmaydigan odamlar qancha. Oliyjanob xalqimiz xonadonlarining eshiklari esa, mehmon boʻlib kelajak har bir inson uchun hamisha ochiq. Soʻngi yillarda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan mahalla tizimiga boʻlgan eʼtibor kuchaydi. Qator islohotlar natijasida ovul va mahallalar qiyofasi kundan kun chiroy ochib, obod manzillarimiz safi kengaymoqda. Shulardan biri- Tosh yop ovul fuqarolar yigʻinidir. Mazkur OFY 2013-yili tashkil topgan boʻlib, 3 505 nafar aholi istiqomat qiluvchi mazkur hududga Gulshod Sobirova raislik qilib kelmoqda. Hududda 701 ta oila, 596 xonadon mavjud. Shuningdek, 2 ta (76 va 5-sonli) maktab, 4 ta xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi hamda bitta Davlat tomonidan qurilgan (51-sonli) maktabgacha taʼlim tashkiloti bor. Shu bilan bir qatorda 7 ta Oziq ovqat doʻkoni hamda bitta «MANAS» choyxonasi, 11 ta issiqxona mavjud.

Mehr-oqibat, saxovatpeshalik xalqimizga xos azaliy odat. Joriy yilda ovuldagi ehtiyojmand, boquvchisini yoʻqotgan, tarkibida nogironligi boʻlgan farzandlari bor oilalar va yolgʻiz yashovchi fuqarolarning xonadonlariga borib, ularning holidan xabar olinib oziq-ovqat mahsulotlari, koʻmir mahsulotlari tarqatildi. Mamlakatimizda prezidentimiz rahnamoligida keksa avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat va oilalar mustahkamligini saqlashdagi rolini kuchaytirish, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, 2019-yildan beri yurtimizda xar yili anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan “Keksalar haftaligi” doirasida mahalladagi kasal yotgan nuroniy Otaxon va onaxonlar xonadonlariga borib, holidan xabar olindi. Shuningdek, 82 nafar nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirokida Xiva, Nukus shaharlaridagi muzey va tarixiy maskanlarga, tumanimizdagi ziyoratgohlarga sayohatlar uyushtirildi.

“Yaxshidan bogʻ qolar” deydi dono xalqimiz. Bogʻ yaratish, dehqonchilik qilish tosh yopliklarning qon qoniga singgan hunarlarning biri. Joriy yil ovulda ”Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ham bir qator xayrli ishlar olib borildi. Hududdagi kam taʼminlangan oilalarga fermerlar hamda Tosh yop OFY tomonidan 200 tupga yaqin mevali va manzarali daraxtlar koʻchatlari ekish uchun taqdim etilgani soʻzimizning isbotidir. Shu bilan birga, ushbu loyiha doirasida mahalla idorasi atrofidagi yerga yaqindagina oʻtqazilgan nihollar kun kelib yashil makonga aylanishiga ishongimiz keladi.

Tadbirkorlik faoliyati, qiziqishing kuchli boʻlgan mashgʻulot kim uchundir boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishiga qaratilgan “hobby” boʻlsa, kim uchundir hayotining ajralmas qismi, yana kimgadir daromad manbaidir. Ovul ahli uchun esa bu ham daromad manbai, hamda tosh yoplik tadbirkorlarning qaysidir maʼnoda hayotining ajralmas qismi hamdir. Maskanda «Xar bir oila Tadbirkor» tamoyili asosida kredit olib, Qurbonboyeva Malohat va uning turmush oʻrtogʻi Xolmonov Doniyor kabi oʻz qoʻl mehnatlari bilan issiqxona tashkil qilib, unda bir-biridan goʻzal, anvoyi gullar yetishtirib oilasiga daromad keltirayotgan tadbirkorlar safi kengaymoqda. Sherboyev Baxtiyor,Urazboyeva Dildora, Begimov Tozaboy, Ganiboyev Toʻliboy, Ganiboyev Poʻlat kabi sergʻayrat tadbirkorlar qishloqda koʻplab topiladi.

Bugun yurtimizda aholini, turmush sharoiti ogʻir oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, kambagʻallikni qisqartirish, muammolarni aniqlash va bartaraf etishda «Temir daftar», “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari» muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mahallada bu boʻyicha roʻyxat shakllantirilib borilmoqda. Mahallaning qoʻli gul chevarlaridan biri boʻlgan Shahodat Yusupovaga kredit asosida tikuv mashinalari berilib hozirgi kunda oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshladi. Tadbirkor ayol hozirda mahallaning 2 nafar qizlarini yoniga olib, tikuvchilik sirlarini oʻrgatib kelmoqda.

Shuningdek, «Yoshlar daftari»dan Saparboyeva Adolat, Gulmonova Mavluda kabi pazanda qizlarga pishiriqlar pishirish uchun elektr pech berildi. Tikuvchilik bilan shugʻullanish istagini bildirgan Toʻliboyeva Asaloyga esa subsidiya asosida tikuvchilik mashinasi berildi.

Ha, ovul odamlarining ham, OFY masʼullarining ham kelgusidagi rejalari katta. ­

– Kelgusidagi rejalarimiz aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalarga yechim topishdir. Shulardan biri – infratuzilmani rivojlantirish. Yurtdoshlarimizning ogʻirini yengil qilish maqsadida mahallamizdagi ichki va tashqi yoʻllarni taʼmirlash, shagʻal yotqizish ishlarini amalga oshirishdir, – deydi OFY raisi.

Biz esa ijodiy guruhimiz bilan ularning kelgusidagi ishlariga kuch-quvvat tilab, xayrlashdik.

Aziza MADRAHIMOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019