22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 14:19
Jamiyat 👁 344

IJTIMOIY SOHA OBʼEKTLARINING ISITISh TIZIMLARINI MODERNIZATsIYa QILISh MASALALARIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

IJTIMOIY SOHA OBʼEKTLARINING ISITISh TIZIMLARINI MODERNIZATsIYa QILISh MASALALARIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Maʼlumki, yurtimizda ijtimoiy soha obʼektlarining isitish tizimlari tadbirkorlar ixtiyoriga oʻtkaziladi. Bu borada joriy yilning aprel oyida Prezidentimizning “Ijtimoiy soha obʼektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilingan boʻlib, qish fasli yaqinlashayotgan ayni kunlarda uning ijrosini taʼminlashga qaratilgan amaliy ishlar yanada dolzarb tus olgan.

11-noyabr kuni Amudaryo tumanidagi 38-sonli maktabning majlislar zalida ham aynan shu masalalar, Prezident Qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan ijtimoiy soha obʼektlari rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Ushbu yigʻilishda tuman Moliya boʻlimi boshligʻi Javlon Jumamurodov, Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimining ekspluatatsiya xizmati rahbari Ikrom Saidov, “JKB ENERGY NUKUS GROUP” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli firma rahbari, Turkiya mamlakati tadbirkori Durri Burun va boshqalar qatnashishdi.

Yigʻilishda masʼullar Prezidentimiz xususiy sheriklik asosida ijtimoiy soha obʼektlarining isitish tizimini yangilash va boshqarish boʻyicha Andijon tajribasini Oʻzbekiston boʻylab joriy etish topshirigʻini bergani, bunda isitish tizimlari tadbirkorlarga 10-yilga berilishi va ularning xizmatlari davlat tomonidan sotib olinishi, bu boradagi Prezident Qaroriga koʻra loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgani xususida batafsil maʼlumotlar berishdi. Shuningdek, loyiha kontseptsiyalari tasdiqlangan tumanlarda ijtimoiy soha obʼektlarining issiqlik tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlari boshlangani, ijtimoiy soha obʼektlarida Oʻzbekistonda 1-yil sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan va xizmat qilish kafolati kamida 15-yilni tashkil qiladigan isitish qozonlari oʻrnatila boshlaganini aytib oʻtishdi.

Taʼkidlanganidek, mazkur Qaror asosida Amudaryo tumanida ham 125ta ijtimoiy soha obʼektlari bilan davlat-xususiy sherikchilik asosida “JKB ENERGY NUKUS GROUP” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli firma oʻrtasida bitim imzolangan boʻlib, shundan 26ta ijtimoiy soha obʼektlarini modernizatsiya qilish koʻzda tutilgan. Rejaga koʻra, endilikda tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Berdaq oilaviy shifokorlik punktiga 2 dona, 16ta maktabgacha taʼlim tashkilotiga 53 dona va 9ta umumtaʼlim maktabiga 34 dona, jami 89 dona Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan isitish qozonlari oʻrnatiladi.

Turkiya mamlakati tadbirkori Durri Burun tumanda bugungi kunda 78 dona isitish qozonlari olib kelingani, qolganlari ham belgilangan tartibda keltirilishini maʼlum qildi. Shuningdek, bugungi kunda 6 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida qurilish ishlari yakunlangani, jami 18 dona isitish qozonlari oʻrnatilgani, ayrim obʼektlarda qozonxonalarning tayyor emasligi, qurilish ishlari tugallanmagani sababli qozonlarni oʻrnatish, ishga tushirish imkoni boʻlmaganini ham aytib oʻtdi.

Yigʻilish davomida modernizatsiya xarajatlari uchun byudjet mablagʻlari hisobidan 3 mlrd. 554 mln. 720 ming ajratilishi belgilangani, bugungi kunda tadbirkorning qurilish firmasiga qurilish xarajatlari uchun byudjet mablagʻlari hisobidan avans tariqasida 1 mlrd. 307 mln. soʻm, koʻmir xaridi uchun 396 mln. soʻm mablagʻ ajratilib, moliyalashtirilgani toʻgʻrisida ham maʼlumot berildi. Shuningdek, 125ta ijtimoiy soha obʼektlaridan 99tasining qozon va qozonxonalarini kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirish, ularni koʻmir yoqilgʻilari bilan toʻliq taʼminlash borasidagi amaliy ishlar jadal davom etayotgani bildirildi.

Yigʻilishda Prezidentimizning “Ijtimoiy soha obʼektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qarorida koʻrsatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash masalalari muhokama etildi va bu boradagi mavjud muammolarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026