Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasiga bağişlangan öquv maşğulotlari davom etmoqda
8-9-noyabr kunlari Amudaryo tumanida “Boşqaruv organlari, favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy va funktsional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etiş böyiça harakatlari” mavzusida qömondonlik-ştab öquv maşğulotlari bölib ötdi.
Öquv maşğulotni ötkazişdan közlangan maqsad – favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasini taʼminlaşga qaratilgan vazifalarni öz vaqtida, keçiktirmasdan amalga oşiriş, qutqaruv-qöriqlaş harakatlarini bexato olib boriş, zarur holatlarda fuqaro evakuatsiyasini taşkil etiş, jabrlangan fuqarolarga birinçi tibbiy yordam körsatiş masalalari böyiça soha masʼullari batafsil maʼlumot va tuşunçalar berişdir.
8-noyabr kuni tumandagi 82-sonli maktabda “Yiğin” signali böyiça favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi tuman böğini xizmatlari bilan yiğiliş ötkazildi.
Yiğilişda favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasini taʼminlaşga qaratilgan vazifalarni öz vaqtida, keçiktirmasdan amalga oşiriş, qutqaruv-qöriqlaş harakatlarini bexato olib boriş, zarur holatlarda fuqaro evakuatsiyasini taşkil etiş, jabrlangan fuqarolarga birinçi tibbiy yordam körsatiş masalalari böyiça iştirokçilarga sohalar masʼullari batafsil maʼlumot va tuşunçalar berdi.
Olmazor mahallasi hududida joylaşgan markaziy öyingohda tuman mexanizatsiyalaşgan yiğma komandasi va favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlarining saf körigi bölib ötdi. Körik davomida masʼullar iştirokçilarni öquv maşğulotiga jalb qilingan texnikalar bilan taniştirib çiqdilar. Şuningdek, iştirokçilarning öquv maşqiga tayyorgarligi, favqulodda vaziyatlarda maxsus texnika va jihozlardan foydalaniş böyiça bilimlari sinovdan ötkazildi.
Öquv maşqi davomida Beruniy mahallasi hududidagi “Manğit savdo kompleksi” masʼuliyati çeklangan jamiyatida yonğin kelib çiqişini bartaraf etiş harakatlari böyiça ham maxsus-taktik öquv maşğulotlari ötkazildi.
Maşğulot davomida yonğin paytida odamlarni xavfsiz evakuatsiya qiliş, yonğinlarni samarali öçiriş tartibi, şuningdek, yonğinga qarşi himoya vositalari joylaşgan joylarni belgilaş, yonğin çiqqanda zudlik bilan «101» telefon raqami orqali Favqulodda vaziyatlar vazirligining yonğin-qutqaruv bölinmasiga xabar beriş, odamlarga xabar beriş va ularni evakuatsiya qiliş çoralarini köriş, imkon qadar mavjud yonğinni öçirişning birlamçi vositalari bilan yonğinni öçiriş çoralarini köriş kerakligi jonli misollar yordamida tuşuntirib berildi.
Şundan keyin Toşyop ovulidagi 51-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida işçi-xodimlar hamda tarbiyalanuvçilarga yonğin öçiriş texnik asbob-anjomlari töğrisida tuşunçalar beriş böyiça yiğiliş ötkazildi. Dastlab taşkilot tarbiyalanuvçilari va xodimlariga yonğin kelib çiqişi sabablari, nima uçun baʼzi buyum va moddalar tez yonuvçi yoki portlaş xavfi yuqori ekanligi, nosoz gaz va elektr jihozlari nima uçun xavfli ekanligi haqida maʼlumotlar berildi. Söngra bolalarga maxsus texnika va birlamçi yonğin öçiriş vositalari körgazmasi ötkazildi. Körgazmada tarbiyalanuvçilarga öt öçiriş moslamasidan töğri foydalaniş, öt öçiriş avtomaşinasining işlaşi hamda öt öçiruvçilarning himoya kiyimlari nimadan iborat ekanligi namoyiş etildi. Bundan taşqari, yonğin sodir bölganida amalga oşiriladigan xatti-harakatlar, is gazidan zaharlanişning oldini oliş böyiça ham körsatmalar berildi.
Öquv maşqi doirasida Çordara mahallasidagi 36-sonli maktabda köçiriladigan aholini yiğiş va maktabda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda harakatlanişi böyiça ham maşğulotlar ötkazildi. Maşğulotlar davomida köçiriladigan aholini yiğiş, aholi va moddiy boyliklarni xavfsiz köçiriş tartibi amaliy maşqlar yordamida körsatib berildi.
Şuningdek, öquv maşqi davomida suv toşqini sababli yuzaga kelgan vayronalar, sanitariya-epidemiologik halokatlar oqibatlarini bartaraf etiş, qutqaruv va tiklaş işlarini amalga oşiriş, yuqumli kasalliklarning oldini oliş, jabrlanganlarga birinçi tibbiy yordam körsatiş kabi maxsus-taktik öquv maşqlari ham ötkazildi.
Olmazor mahallasidagi markaziy öyingohda esa köçib kelgan aholini qabul qiliş jarayonlari taşkil etildi. Uşbu jarayonda aholini tartib bilan qabul qiliş va maxsus örinlarga joylaştiriş, birinçi tibbiy yordam körsatiş, kundalik oziq-ovqat va gigiyena vositalari bilan taʼminlaş tartibi ham körgazmali tarzda namoyiş etildi.
Tuman hududidagi örmonzorlarda yonğin kelib çiqişini bartaraf etiş harakatlari böyiça soha vakillari uçun maxsus-taktik öquv maşğuloti Qipçoq davlat örmon xöjaligiga qaraşli örmonzorda bölib ötdi. Tadbirda örmonda yonğinga qarşi oraliq joylar, yöllar, yonğinga qarşi minerallaştirilgan himoya polosalari, zovurlar, suv havzalarini qurişga eʼtibor qaratiş, örmonlarni yoğoç qoldiqlaridan va boşqa tez yonadigan materiallardan tozalaş hamda örmonlarning yonğin xavfsizligini oşirişga yönaltirilgan tadbirlarni mantazam ravişda ötkaziş lozimligi qayd qilindi.
Şu kuni tumanning Qangli ovuli hududida Amudaryo daryosining qirğoqlarini mustahkamlaş mavzusida ham maxsus taktik öquv maşqi ötkazildi. Öquv maşqi davomida daryolar özanlarini tozalaş, şuningdek, ularning qirğoqlarini mustahkamlaş böyiça işlarni amalga oşiriş tartibi haqida tuşunçalar berilib, maxsus himoyalaş inşootlarini quriş, gidrotexnika inşootlari, köpriklar va suv oqimlari joylaşgan boşqa ijtimoiy obʼektlarni himoyalaş böyiça qöşimça çoralar belgilab olindi.
9-noyabr kuni ham qömondonlik-ştab öquv maşğulotlari davom ettirildi. Dastlab tuman hokimining örinbosarlari, tuman evakuatsiya, epidemiyaga, toşqinga qarşi kuraş hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etiş komissiyalari aʼzolari, iqtisodiyot obʼektlarining barqaror faoliyat körsatişini taʼminlaş komissiyasi aʼzolari, tuman hududida joylaşgan barça muassasalar, korxonalar va taşkilotlar masʼullari iştirokida yiğiliş ötkazildi. Yiğilişda öquv maşqining maqsadlari haqida batafsil maʼlumotlar berilib, favqulodda vaziyatlarda har bir muassasa, korxona va taşkilot masʼullarining iş tartibi yana bir bora közdan keçirildi.
Söngra Çordara mahallasi hududidagi eski maydonda yer silkinişi oqibatida yuzaga kelgan vayronalarni tozalaş, uyumlarni olib taşlaş, jabrlanganlarni qutqariş va birinçi tibbiy yordam hamda avariya tiklaş işlarini olib boriş boriş böyiça maxsus-taktik öquv maşğuloti ötkazildi.
Öquv maşğuloti davomida aholiga yer silkinişi jarayonida harakatlaniş, jabrlanganlarga birinçi tibbiy yordam körsatiş, yonğinni öçiriş tartibi böyiça maʼlumotlar berilib, iş tartibi amaliy maşğulotlar orqali körsatib berildi.
Öquv maşqi davomida obʼektda halokatli hodisalar sodir bölganda harakatlar rejasi ham körikdan ötkazildi. Jumladan, favqulodda holat sodir bölib, elektr toki urganda jabrlanganlarga yordam beriş, tuman Yonğin-qutqaruv qismlarining hamda Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining jabrlanganlarni qutqarişi va birinçi tibbiy yordam körsatişi masʼullar iştirokida tekşiruvdan ötkazildi.
Şundan keyin Olmazor mahallasidagi markaziy öyingohda yer silkinişi jarayonida jabrlanganlarga birinçi tibbiy yordam körsatiş maşğulotlari körsatildi.
Aytiş joizki, tabiiy ofatlar içida eng xavflisi bu – yer silkinişidir. Yer silkinişi – yer osti zarbasi va yer ustki qatlamining tebranişi bölib, tabiiy ofatlar, texnologik jarayonlar tufayli yuzaga keladi. Yer silkinişi keltiradigan talofot inşootning turiga, konstruktsiyasiga, quriliş maydonlarining muhandis-geologik şaroitiga ham boğliqdir.
Maşğulotlar davomida aholiga zilzila haqida xabar eşitganda, sarosimasiz va işonçli harakat qilişi, zilzila haqida oldindan xabar berilsa, uyni taşlab çiqişdan avval, gaz va boşqa isitgiç asboblarini öçiriş, bolalar va qariyalarga yordam beriş, zarur buyumlarni, oziq-ovqat, dori-darmonlarni va hujjatlarni olib köçaga çiqişlari kerakligi uqtirildi. Agar zilzila kutilmaganda boşlanib qolsa, u holda deraza va eşik oraliqlariga yoki kötaruvçi ustunlar tagiga turib oliş, dastlabki silkiniş zarbasi tinişi bilan tezda taşqariga çiqiş kerakligi taʼkidlandi.
Öquv maşqi davomida şuningdek Olmazor mahallasining Islomobod köçasidagi 8-uyda aholining is gazidan zaharlanişining oldini oliş hamda yonğin kelib çiqqan vaziyatda yonğin öçiriş vositalari bilan falokat oqibatlarini bartaraf etiş böyiça ham taktik maşqlar ham olib borildi.
Qatʼiy intizom va belgilangan qonun-qoidalar asosida ötkazilgan taktik-öquv maşğulotlarining sönggi bosqiçida “Taxiatoş neft bazasi” masʼuliyati çeklangan jamiyatining Qaratov filialida ham öquv maşğuloti ötkazildi.
Körgazmali öquv maşğulotda nazariy va amaliy qismlari orqali iştirokçilar Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasini taʼminlaş, obʼekt fuqaro muhofazasi böyiça masʼulning asosiy vazifalari, bu vazifalarni amalga oşiriş jaaryonida qanday moliyaviy manbalardan foydalanişlari, şuningdek, körsatib berilgan körgazmali maxsus taktik-öquv maşğulotlari orqali fuqarolarga tibbiy yordam körsatiş, qutqaruv işlarini olib boriş hamda mazkur jarayonda iştirok etadigan texnika vositalaridan unumli foydalaniş böyiça töliq maʼlumotga ega böldilar.
Şuningdek, tuman hokimligi majlislar zalida qömondonlik-öquv maşqi yakunlari böyiça yiğiliş ötkazildi. Unda taktik-öquv maşğuloti kuzatuvçilari tomonidan iştirokçilarning kamçiliklari körsatilib, kelgusida bunday kamçiliklarga yöl qöymasliklari töğrisida zarur tavsiyalar ham berildi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶