SOʻZI – HIKMAT, HAYoTI IBRAT
"Keksalarni eʼzozlash yili” munosabati bilan "Doʻrman” qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida "Soʻzi – hikmat, hayoti – ibrat” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirga "Doʻrman” ovulida yashab kelayotgan faxriylardan Rohatoy Rayimova, Anabibi Sobirova, Raʼno Matmurodova, Ozodboy Otajonovlar taklif qilindi. Ularning uchrashuvda aytgan purmaʼno soʻzlari, oʻgit va nasihatlari oʻquvchilarning turmushida, oʻqishida, ishida, umuman hayotida judayam asqotadi.
Tadbir kechasida oʻquvchi-yoshlarimiz qiziqqan mavzularda faxriylar bilan suhbatlashdilar.
Shundan soʻng kollej oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan kuy-qoʻshiqlar, raqs hamda sahna koʻrinishlar davraga fayz bagʻishlab, faxriylarni xushnud etdi. Nasihatgoʻy keksalari bor elga qut-baraka yogʻiladi, elda tinchlik, yurtda farovonlik barqaror boʻladi.
Oʻgʻiljon GAYIPOVA,

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶