15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 03:27
Jamiyat 👁 243

“YaShIL” TOIFADAGI MAHALLANING FIDOYI HUDUDIY INSPEKTORI

“YaShIL” TOIFADAGI MAHALLANING FIDOYI HUDUDIY INSPEKTORI

Mahalla – xalqimizning ezgu orzu-umidlari, intilishlariga poydor goʻsha. Uning bagʻrida ona Yurt tayanchlari boʻlgan yangi avlod kamol topadi, oilalar bunyod boʻladi, millat va xalq yaraladi. Shuning uchun ham biz qayerda boʻlmaylik uning ogʻushiga intilamiz. Mahallamiz ostonasiga qadam qoʻyishimiz bilan oilamizning mehr taftini his etamiz. Ana shu hislar bizga orombaxsh lahzalarni hadya etadi. Qoʻni-qoʻshni, mahalladoshlar bilan hamjihatlik, oʻzaro mehr-oqibat rishtalaridan koʻngillarimizga xotirjamlik inadi, hovli-joyimiz, oʻzimiz yashab turgan makonni yanada obod, osoyishta, farovon hududga aylantirish istagida intilib, bir-birimizni qoʻllab-quvvatlab yashayveramiz. Bu millatmizga, xalqimizga xos azaliy qadriyat.

Mangʻit shahrining Yangiobod mahallasi haqiqatan ham tobora yangilanayotgan, obod va farovon goʻsha. Ayni paytda mahalla hududidagi 510ta xonadonlar tarkibidagi oilalarda 2320 nafardan ziyod aholi istiqomat qilishadi. Aholining deyarli barchasi mahallaning osoyishta, tinch, har qanday yoqimsiz illatlardan xoli hududga aylanishi uchun oʻzlarini masʼul deb bilishadi. Shu bois, 7 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan 266 nafar oʻspirinlar, 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 345 nafar yoshlarning mahalla-qoʻyda, jamiyatda oʻzlarini tutishlari, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun ota-onalar, keksa-yu yosh birday eʼtiborli. Ularning naxoratsiz qolishlariga, tungi koʻngilochar maskanlariga ruxsatsiz chiqib ketishlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida hududiy profilaktika inspektori Matnazar Duysenboyev MFY raisi Roman Roʻzmetov, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, mahalla hududidagi taʼlim-tarbiya muassasalari bilan doimiy hamkorlik asosida faoliyat olib boradi. Hamkorlik natijasi esa samarali.

Ayniqsa, hududiy profilaktika inspektori Matnazar Duysenboyevning MFY masʼullari bilan hamkorlikda har oy uchun ishlab chiqib, amaliyotga joriy etayotgan chora-tadbirlar rejasi asosidagi tizimli ishlar tufayli soʻnggi yillarda mahalla hududida jinoyatchilikka barham berilib, muʼmuriy huquqbuzarlik holatlari keskin kamaydi. Unga koʻra, jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, sodir etilgan jinoyatlarni oʻz vaqtida fosh qilishda MFY raisi, “Jasorat guruhi” aʼzolari, fuqarolar yigʻini Kengashi aʼzolari. Jamoatchilik tuzilmasi rahbarlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan tezkor profilaktik tadbirlar natijasida 2023-yilning oʻtgan davri mobaynida jinoyatchilik va salbiy holatlar umuman kuzatilmadi. Natijada Yangiobod mahallasi aholisi jinoyatchilik va turli yot gʻoyalarga berilish holatlaridan xoli, “yashil” toifadagi namunali hududga aylandi.

Albatta, bunga erishish oʻz-oʻzidan, oson boʻlgani yoʻq. Bunda hududiy profilaktika inspektori Matnazar Duysenboyevning OFY masʼullari bilan doimiy hamkorligi, qolaversa, hududda faoliyat olib boruvchi korxona va tashkilotlar, 2ta umumtaʼlim maktabi, 2ta MTT va Amudaryo muhandislik texnikumi rahbarlari, oʻquvchi va talaba-yoshlar bilan tez-tez uchrashib, maʼnaviy-maʼrifiy mavzularda oʻtkazilayotgan suhbatlar, oshkora va samimiy muloqot tadbirlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Matnazar Duysenboyevning mazkur mahallada hududiy profilaktika inspektori vazifasida oʻz faoliyatini boshlaganiga hali koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. Lekin ishda muvaffaqiyat qozonish uchun vaqt emas, rejali saʼy-harakat muhim, degan shiorga qatʼiy amal qilishga odatlangan M.Duysenboyev zimmasidagi masʼuliyatli vazifani ado etishda MFY masʼullari, hududdagi taʼlim-tarbiya muassasalari bilan hamkorlikka alohida eʼtibor qaratdi. Faoliyatining dastlabki kunlaridanoq yigʻin raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi bilan birgalikda hududdagi 510ta xonadon va shu xonadonlar tarkibidagi oilalarga kirib borib, xalq bilan muloqotlar oʻtkazildi, profilaktik tushuntirish va targʻibot ishlari olib borildi. Mahalladagi ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy muhit, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish holatlari oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bevosita xalq bilan hamkorlikda bartaraf etish choralari koʻrildi. Bu kabi profilaktik chora-tadbirlar, albatta oʻzining ijobiy samarasini berdi va Yangiobod mahallasi hududida 2023-yilning oʻtgan davri mobaynida talonchilik, nomusga tegish, tovlamachilik, odam savdosi, avtotransport vositalari bilan bogʻliq va oʻz joniga qasd qilish kabi jinoyatlar sodir etilmadi. Tergov-surishtiruv holatlari, ochilmay turgan jinoyatlar umuman yoʻq. Faqat 22ta maʼmuriy huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, ularning barchasiga belgilangan tartib va muddatlarda zarur choralar koʻrilib, huquqbuzarlik holatlariga toʻliq barham berildi.

Hududiy profilaktika inspektorining faoliyat koʻlami keng, vaqti qanchalik tigʻiz boʻlmasin, Yangiobod mahallasining har bir qarich yeri, har bitta xonadoni va oilalarning tinchligini, osoyishtaligini taʼminlash maqsadida deyarli har kuni, baʼzan yarim tungacha oʻz xizmat vazifasi taqozosiga koʻra hududdagi savdo shoxobchalari, koʻchalar holatini kuzatish, koʻngilochar maskanlarida oʻsmir yoshdagi va voyaga yetmagan yoshlarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarsiz yurishlarining oldini olishga qaratilgan rejali reyd tadbirlari oʻtkazishga ham alohida eʼtibor qaratdi. Ayniqsa, umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Giyohvandlik – yovuz illat”, “Kashandalik – sogʻlom hayot kushandasi”, “Diniy ekstremizm – jaholat sari yetaklaydi” mavzularidagi TTB shifokorlari bilan hamkorlikdagi davra suhbatlariga 7 yoshdan 18-30 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar va yoshlar qamrab olinayotgani, shuning “Tigʻ”, “Xavfsiz tun”, “Davomat” reydlari oʻzining ijobiy natijalarini bermoqda. Olib borilayotgan bu kabi profilaktik targʻibot-tashviqot tadbirlari tufayli yangiobodliklar orasida turli yot gʻoyalarga beriluvchan yoshlar, giyohvandlar va ashaddiy kashandalar umuman yoʻq.

Inson borki, oʻzi va oilasining taʼminotini yaxshilash, farovon va obod turmush tarzini yaratish istagida yashaydi va mehnat qiladi. Ayni paytda yangiobodliklarning 35 nafari yashash joylaridan olis hududlarda halol va fidoyi mehnat bilan shugʻullanishadi. Ularning oilalaridan tez-tez xabar olish, mehnat qilayotgan hududlaridagi vaziyat bilan yaqindan tanishish maqsadida tez-tez muhojirlikdagi fuqarolar bilan telefon orqali muloqotlarda boʻlish M.Duysenboyevning doimiy kundalik ishiga aylangan.

Bu bilan hududiy profilaktika inspektori, mayor Matnazar Duysenboyevning kundalik ish faoliyati yanada kengayib boraveradi. Mehnat muhojirligidan qaytgan mahalladoshlarining tibbiy koʻrikdan oʻtishlarini taʼminlash, maboda biron kasallik alomati borligi aniqlangan taqdirda ularning davolanishlari, asoratsiz sogʻlom hayotga qaytishlari uchun koʻmaklashish, bundan ham muhimi, har oy yakuni boʻyicha yigʻin Kengashi aʼzolari, jamoatchilik tuzilmasi rahbarlari, mahalla faollari oldida hisobot berish, mahalla hayotiga oid galdagi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan davlat tuzilmalari va keng jamoatchilik vakillari hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish, mahalla hududini jinoyatchilik va huquqbuzarliklar dan xoli, yanada obod, koʻrkam, koʻkalamzor goʻshaga aylantirish nafaqat uning balki barcha mahalla ahlining ezgu niyati.

Matnazar Duysenboyevning shaxsiy ish rejasi qayd etilgan yon daftarida belgilab qoʻygan ishlar qamrovi esa yanada keng: mahallada oilaviy nizolarga umuman barham berish, janjalkash, ichkilikka ruju qoʻygan shaxslarni toʻliq sogʻlom hayotga qaytarish. Yangiobod mahallasini doimiy tinch va osoyishta, obodon “yashil” toifada rivojlantirishga hissa qoʻshish...

Ushbu vazifalarni sobitlik bilan amalga oshirish maqsadida mayor Matnazar Duysenboyev doimiy harakatda. Aniq va puxta rejalar asosida boshlangan ish esa hamisha el-yurt uchun manfaatlidir.

Xalq osoyishtaligi, Vatan obodligi va farovonligi yoʻlida hamisha oʻz postida sobit mayor Matnazar Duysenboyevga kasb bayramingiz qutlugʻ, el-yurt manfaatini koʻzlab qilayotgan ishlaringiz yanada samarali boʻlsin, deymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019