ONA TILIM – JON-U DILIM
Ona tili - bu mening, sening, bizning, xammamizning jon tomirimizda yuragimizni jumbuşga keltiradigan hislarimizning oxang-u nidosidir.
Biz mana şu oxangdan, tovuşlardan hosil bölgan sözlar orqali özligimizni taniymiz. Şu tildagina bir-birimizning qalbimizni çuqur tuşunamiz, his qilamiz. Erkin fikr yuritib, şu hislarimizni yuraklarga töliq yetkaza olamiz.
Ona tilim – jon-u dilimsan. Betakrorim, jilvakorimsan! Neça-neça asrlar oşa quvğinga, hattoki ölimga maxkum etilding. Ammo özbek degan millat bor ekan, sen tillarda yaşading, yayrading. Navoiy qalamida yoş bolalardek quvnading, farişta qizlarday jilvalanding, öynoqi ğazallarda özingning gözalliging, fusunkorligingni yana bir bor oşkor etding.
Ona tilim – jon-u dilim. Sen Yassaviyning qalamida Yaratgan bilan sirlaşding, Çölpon, Fitrat, Avloniy yuragidan otilgan bir şiddat bölding, Amir Temur, Manguberdilar yuragida öçmas olov bölding, mardlikka undovçi xayqiriq bölding.
Ona tilim – jon-u dilim. Asrlar ortida qoldi bari. Seni örus oğalar ötgan asrda qoloqsan zamonaviy emassan, deb mensimay qöymoqçi, bölişdi. Hamma-hammasiga çidading, kuraşding. Baʼzilar lahjalarini senga tiqiştirmoqçi bölişdi. Şunda ham sofliging uçun kuraşib çarçamading.
Ona tilim – jon-u tilim. Kuraşlarda toliqmasdan olmos kabi toblangan mening tilim. Sen Muxammad Yusuf qalamiga joziba berib, özbekman deganing qalbidan joy olding. Dunyo şoirlarini xam lol qoldirding. Sen Özbekiston Qahramoni Munojot Yölçiyeva qalbidan nola bölib otilib, dunyo sahnasida insoniyatni hayratga solding!
Ona tilim - mening faxrim. Sening sofgina, beğuborgina dunyoyingni asraş, avaylaş mening farzandlik burçimdir. Men, sen, biz bor ekanmiz sen gullab-yaşnayverasan faxrligim!
Sevinç Örazmatova, 41-maktab 11-sinf öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶