QANGLI OVULIDAGI TIBBIYoT MASKANIDA AHOLIGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KÖRSATILMOQDA
Yurtimizda tibbiyotning birlamçi böğinini kuçaytiriş, ayniqsa, olis va çekka hududlarda aholining malakali tibbiy xizmat olişi uçun şaroit yaratişga jiddiy eʼtibor qaratilib, oilaviy poliklinika va qişloq şifokorlik punktlari taşkil etildi. Hozirgi kunda hududlarda faoliyat olib borayotgan uşbu tibbiyot maskanlari zaruriy jihozlar va bepul dori-darmonlar bilan taʼminlanganligi hamda ularda muolajalar oliş uçun kunduzgi örinlar mavjudligi bois fuqarolarning oddiy muolajalar uçun tuman markaziga sarson bölib borişlariga barham berildi.
Amudaryo tumanining çekka hududida joylaşgan Qangli ovulida ham oilaviy şifokorlik punkti faoliyati yölga qöyilgan bölib, 8228 nafar aholi tuman markaziga borib yurmasdan, şu yerning özida malakali tibbiyot xodimlari tomonidan körsatilayotgan sifatli tibbiy xizmatdan foydalanmoqda. Uşbu maskanda turli kasalliklarni barvaqt aniqlaş, maqsadli skrining tadbirlarini amalga oşiriş, profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlaş hamda soğlom turmuş tarzini keng tarğib etişga doir çora-tadbirlar amalga oşirilib kelinmoqda.
Qangli oilaviy şifokorlik punkti zarur tibbiy asbob-anjomlar, laboratoriya jihozlari, EKG apparati bilan taʼminlangan. Qolaversa, şifokorlarning samarali faoliyat yuritişi, şuningdek, taşrif buyuruvçilar uçun ham barça şaroitlar yaratilgan. Tibbiyot maskanidagi 5 nafar, şundan 3 nafari oliy toifali tajribali şifokorlar, 23 nafar, şundan 14 nafari oliy toifali örta tibbiyot xodimlari aholi salomatligi yölida xizmat körsatib kelmoqda.
Maskanda tibbiy xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş, oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qiliş tizimini yanada takomillaştiriş, alohida ehtiyojli oilalarga eʼtibor va ğamxörlikni kuçaytiriş kabi vazifalarga muhim ahamiyat qaratilmoqda. Hudud aholisining salomatligi muassasa xodimlarining doimiy nazoratida bölib, muntazam ravişda zarur tibbiy yordam körsatib kelinmoqda.
Tibbiyot xodimlari tomonidan kalendar reja asosida oyning belgilangan kunlarida ovul hududidagi bolalarda 13 turdagi yuqumli kasalliklarning oldini oliş böyiça ehtiyotdan emlaş muolajalari olib borilmoqda. Şunga köra joriy yilning 6 oyi davomida 1164 nafar bolalar turli yuqumli kasalliklarga qraşi emlandi. Şuningdek, 2-10 yoşli bolalarni örtasidagi kasalliklarni erta aniqlaş maksadida ötgan 6 oy davomida jami 1278 nafar bola gijja kasalligiga qarşi tekşiruvdan ötkazildi. Ulardan 21 nafarida kasallik aniqlanib, ambulator soğlomlaştirildi. 3-18 yoşgaça bölgan 2081 nafar bolalardan 2058 nafari ankogematologik kasalliklarni erta aniqlaş maqsadida ommaviy va selektiv skrinigdan ötkazildi va 2 nafari dispanser nazoratiga olinib, gematolog bilan hamkorlikda soğlomlaştirildi.
Undan taşqari, 40 yoş va undan yuqori bölgan 2525 nafar aholidan 2223 nafari yuqumli bölmagan kasalliklarni erta aniqlaş maqsadida skrining tekşiruvidan ötkazildi. Ulardan 2 nafarida qandli diabet, 18 nafarida gipertoniya, 12 nafarida endokrin kasalligi aniqlangan bölsa, hozirgi kunda uşbu bemorlar nazoratga olinib soğlomlaştirilmoqda.
Baçadon böyni saratoni kasalligini erta aniqlaş maqsadida 35-55 yoşdagi 1078 nafar ayol-qizlardan 635 nafari skrining tekşiruvidan ötkazildi va 2 nafar ayolda baçadon böyni saratoni aniqlandi. Kökrak saratoni kasalliklarini aniqlaş maqsadida 866 nafar 45-65 yoş ayollardan 42 nafari mammografiya tekşiruvidan ötkazilgan bölsa, ulardan 1 nafarida saraton belgilari aniqlandi. Hozirda uşbu ayollar Respublika onkologiya dispanserida davolanişmoqda.
Ovul hududidagi 18-40 yoşgaça bölgan 3080 aholidan 2045 nafari profilaktik tibbiy körikdan ötkazilganida esa 22 nafar fuqaroda kasallik aniqlandi va ularni ham soğlomlaştiriş çoralari körildi. Tuğiş yoşidagi 2113 nafar ayol-qizlardan 2108 nafari tibbiy körikdan ötkazilganida 444 nafarida ekstragenital kasalliklar aniqlandi. Uşbu ayollarning 51 nafari statsionar şaroitda, 360 nafari ambulatoriya şaroitida soğlomlaştirildi.
Qangli oilaviy şifokorlik punktida joriy yilning 6 oyi davomida homilador ayollarga va 1596 nafar tuqqan ayollarga, 3-15 yoşli 46386 nafar bolalarga antistrumin tabletkalari berilgan. Şuningdek, 18-35 yoşli 1154 nafar ayol-qizlarga foliy kislota tabletkasi tarqatilgan.
Uşbu tibbiyot maskanida umumiy amaliyot şifokori, patronaj hamşiralar soğligidan şikoyat qilib kelgan bemorlarga xizmat körsatadi. Hududga biriktirilgan hamşiralar ham uyma-uy yurib, aholi salomatligini muntazam nazorat qiladi. Uning tavsiyasi asosida şifokor bevosita tegişli xonadonga borib, tibbiy muolajalar ötkazadi, ehtiyoj bölsa, şifoxonaga yotiş uçun yöllanma beradi.
Ovul aholisi şu yerning özida malakali va sifatli tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyati yaratilganidan mamnun va xonadonlariga kelib, holidan xabar olib, soğlom turmuş keçirişiga kömaklaşayotgan tibbiyot xodimlaridan juda minnatdor.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶