TUMANDA BOTULIZMNING OLDINI OLIŞ BÖYIÇA TADBIRLAR ÖTKAZILDI
Botulizm – oziq-ovqatdan zaharlaniş natijasida kelib çiqadigan xavfli kasallik hisoblanadi. Uşbu kasallikka çaliniş holatlari kuz-qiş va bahor oylarida juda köp uçraydi. Şu sababli aholi örtasida botulizm kasalligiga çalinişning oldini oliş maqsadida Amudaryo tumani SEO va JSB hamda Veterinariya bölimi laboratoriyasi xodimlari bilan hamkorlikda Dehqon bozorida reyd tadbirlari ötkazildi.
Reyd tadbirlari davomida Özbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi “Oziq-ovqat maxsulotlarining sifati va xavfsizligi töğrisida”gi Qonuni, Özbekiston Respublikasining 2015-yilgi “Aholining Sanitariya epidemiologik osoyiştaligi töğrisida”gi Qonuni ijrosi hamda Özbekiston Respublikasi Soğliqni Saqlaş Vazirligining 2012-yil 10-iyuldagi tegişli buyruği, Dehqon bozorlariga oid sanitariya qoida meʼyorlari va gigiyenik normativlar talablari ijrosini taʼminlandi. Şuningdek, aholi örtasida turli xil körinişdagi ovqatdan zaharlaniş, ötkir yuqumli oşqozon-içak kasalliklari, xususan botulizm kabi xavfli ovqatdan zaharlaniş kasalliklarining oldini oliş, aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligini taʼminlaş maqsadida sanitariya-profilaktik tadbirlar ham ötkazildi. Sanitariya-tarğibot işlari davomida yuqumli kasalliklar oldini olişga qaratilgan bukletlar tarqatildi.
Tadbir davomida sifati kafolatlanmagan uy şaroitida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari savdodan çetlatildi.
B.Kalmurodov, tuman SEO va JSB sanitariya şifokori yordamçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶