MAHALLIY BYuDJETGA YÖNALTIRILADIGAN SOLIQLARNING ÖZ VAQTIDA TÖLANIŞI DOIMIY NAZORATDA
Maʼlumki, soliqlar davlat va mahalliy byudjetlar daromadlarining asosiy qismini taşkil etadi va byudjetning xarajatlar qismi orqali iqtisodiyotga moliyaviy taʼsir körsatadi. Jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği, yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning tegişli ajratma qilingan qismi, jismoniy şaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliği, şuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tölaydigan soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uçun tölanadigan va boşqa turdagi soliqlar tuman mahalliy byudjetiga töliq hajmda ötkaziladi.
Taʼkidlaş joizki, 2023-yilning 8 oyi davomida tumanimiz soliq tölovçilari tomonidan byudjetga 62 mlrd. 729,3 mln. söm miqdorida soliq tölanib, belgilangan prognoz 2 mlrd. 283 mln. söm ortiği bilan, yaʼni 103,8 foizga bajarildi. Tuman hududida yer va mol-mulk soliğini tölovçi jismoniy şaxslar 44272 nafarni taşkil qiladigan bölsa, ularga 2023-yilda 29 mlrd. 553,2 mln. söm miqdorida soliq hisoblangan. Şundan 1-sentyabr kunigaça 13 mlrd. 447,4 mln. söm byudjetga tuşum tuşişi taʼminlandi.
Jismoniy şaxslarning noturar obʼektlarining yer va mol-mulk soliğiga 2023-yilda 3 mlrd. 710,3 mln. söm undirilişi belgilangan bölsa, 1-sentyabr holatiga 2 mlrd. 235,4 mln. söm miqdoridagi mablağ byudjetga undirildi. Deklaratsiya soliği böyiça 2023-yilda 851,3 mln. söm belgilangan bölsa, şundan 1-sentyabr holatiga 705,8 mln. söm mablağ undirilib, byudjetga yönaltirildi.
Joriy yil 1-sentyabr holatiga yakka tartibdagi tadbirkorlar 1372 nafarni taşkil qiladigan bölsa, şundan 861 nafari faoliyat yuritmoqda. Qolgan 511 nafar tadbirkor faoliyatini töxtatgan. Ulardan 1-sentyabr holatiga 616 mln. söm soliq pullari undirilib, byudjetga ötkazilişi taʼminlandi.
Bugungi kunda qölida hunari bor yoki uyda yakka tartibda maʼlum faoliyat bilan şuğullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning özini-özi band qilişi, iş stajiga ega bölişi uçun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy kömak körsatib kelinmoqda. Tumanda 8693 nafar fuqarolar özini-özi band qiliş tizimi orqali röyxatdan ötib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam şuğullanib kelmoqda. Ular tomonidan tölangan 44,2 mln. söm miqdoridagi soliq puli byudjetga undirildi.
Şu örinda taʼkidlaş joizki, bugungi tadbirkor keçagisidan tubdan farq qiladi. Qonunçiligimizda ham ularning manfaatlari uçun qator yengillik va qulaylik yaratişga eʼtibor qaratilgan. Buning natijasida, iqtisodiyotda xufyona bozor mexanizmlariga öz-özidan çek qöyilmoqda. Halol tadbirkor uçun şaffof va qonuniy işlaydigan davr keldi. Şu bois, savdo va xizmat körsatiş sohasida onlayn nazorat-kassa maşinalaridan foydalanuvçilar soni bugun 949 nafarni taşkil etmoqda.
Şu paytga qadar tuman DSI xodimlari tomonidan davlatimizda joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi töğrisida tadbirkorlar örtasida olib borilayotgan tuşuntiriş-tarğibot işlari natijasida 232ta korxonadagi 333 nafar norasmiy işlovçi fuqarolar faoliyati qonuniylaştirildi. Muhimi, fuqarolar iş örinlariga ega böldilar.
Agar uşbu körsatkiçlarni sohalar kesimida körib çiqadigan bölsak, savdo va umumiy ovqatlaniş korxonalarida 216 nafar, işlab çiqariş va xizmat körsatiş korxonalarida 74 nafar hamda qişloq xöjaligi sohasida faoliyat yurituvçi 18 nafar, şuningdek, quriliş sohasida 25 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylaştirildi va byudjetga 194 mln. söm qöşimça mablağ yönaltirildi.
Aholining turmuş şaroiti, ijtimoiy himoya, kam taʼminlangan şaxslar, oilalarga yetarli darajada ijtimoiy kömak beriş va şu kabi köplab moliyaviy masalalar mahalliy byudjet orqali amalga oşiriladi. Bunda mahalliy byudjetga tuşadigan soliq va yiğimlar muhim örin tutadi. Şu bois, har bir fuqaro soliq tölamlarini öz vaqtida tölaşi, bunga eʼtiborli bölişi lozim.
A.Seitov, tuman DSI boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶