“Xalqaro qişloq ayollari kuni”ga bağişlangan tadbir bölib ötdi
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş assambleyasining 2007-yil 18-dekabrda qabul qilingan “Qişloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxşilaş” töğrisidagi rezolyutsiyasiga asosan 15-oktyabr – Xalqaro qişloq ayollari kuni deb eʼlon qilingan bölib, mazkur sana yurtimizda ham keng nişonlanib kelinmoqda.
Sana munosabati bilan 11-oktyabr kuni Amudaryo tumani Madaniyat bölimning tomoşalar zalida bayram tadbiri bölib ötdi.
Tadbirda tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Soburova, Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Çimbayçiyeva, tuman Adliya bölimi boş maslahatçisi Nilufar Jumaniyozova, tuman FHDYo bölimi iş yurituvçisi Nabira Önğarova, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarining xotin-qizlar faollari hamda turli sohalar, ayniqsa qişloq xöjaligi sohasida xizmat qilayotgan faol ayollar iştirok etişdi.
Tadbir avvalida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Özbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Zulayho Mahkamovalar Zoom platformasi orqali respublikamizdagi barça ayol-qizlarni yaqinlaşib kelayotgan bayram bilan tabrikladilar. Şuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratib berilgan keng imkoniyatlar töğrisida aytib ötdilar.
Davlatimiz rahbari butun dunyo mamlakatlari uçun dolzarb bölgan taşabbuslarni Birlaşgan Millatlar Taşkilotining yuksak minbaridan muntazam ilgari surib kelayotgani, milliy, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega uşbu taşabbuslar nafaqat yurtimiz, balki jahon jamoatçiligi tomonidan ham alohida eʼtirof etilayotganligi taʼkidlandi.
Bayram munosabati bilan taşkillaştirilgan tadbirda tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Soburova sözga çiqib, mamlakatimizda keyingi yillarda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oşiriş, salomatligi muhofaza qiliş borasida tizimli işlar amalga oşirilayotganini hamda onalik va bolalikni har taraflama qöllab-quvvatlaş davlatimiz belgilab olgan siyosatning ustuvor yönalişlaridan biri ekanligini taʼkidlab ötdi.
Şuningdek gender tenglik va xotin-qizlar huquqlarini taʼminlaş masalasiga qaratilayotgan alohida eʼtibor ham şunday muhim taşabbuslar sirasiga kiradi. Mamlakatimizda keyingi yillarda xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oşiriş, bandligini taʼminlaş, tadbirkorlikka keng jalb etiş borasida erişilgan yutuqlar dunyo ahli namuna olişiga munosibdir.
Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Çimbayçiyeva öz sözida qişloqlarda yaşayotgan munis buvijon va onaxonlarni, dilbar opa-singillarni 15-oktyabr – Xalqaro qişloq ayollari kuni bilan samimiy tabrikladi. Şuningdek hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga va har taraflama barkamol avlodni tarbiyalaşga katta hissa qöşayotgani uçun ularga çuqur minnatdorlik bildirdi.
Qişloq ayollarining ulkan matonati, toğday sabr-toqati hamda mehnatsevarligidan barçamiz faxrlansak arziydi. Boisi, ular dala-daşt va boğ-u roğda, maktab, şifoxonada mehnat qilişdan, tadbirkorlik, fermerlik bilan şuğullaniş va aholiga turli xizmatlar körsatişdan taşqari farzandlarini Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalayotgani tahsinga loyiqdir. Şu boisdan ham qişloq hududlarida yaşab, turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan, farzandlar tarbiyasi bilan şuğullanayotgan ayollarni qöllab-quvvatlaş, ularning oğirini yengil qilişga kömaklaşiş, öz hayotlaridan rozi bölib yaşaşlarini taʼminlaş doimiy va eng muhim vazifalardan biridir.
Tadbirda tuman Madaniyat bölimi va joylardagi madaniyat markazlari xodimlari tomonidan iştirokçilarga kontsert dasturi namoyiş etildi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶