MAHALLALAR QIYoFASI TUBDAN OʻZGARMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-iyulda «Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida mahallalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilingan edi.
Qarorga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasida mahallalar infratuzilmalarini takomillashtirish, aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini hamda mavjud muammolarning samarali va tezkor hal etilishini moliyaviy va moddiy jihatdan taʼminlash maqsad qilingan.
Prezidentimiz boshchiligida bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasini har tomonlama rivojlantirish, xalqning turmush farovonligini taʼminlash, infrastruktura bilan bogʻliq muammolarga yechim topish yoʻnalishida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mavjud 452ta mahallaning har biriga 500 mln. soʻmdan mablagʻ yoʻnaltirildi. Ushbu mablagʻlar evaziga amalga oshiriladigan loyihalar mahalla raislari tomonidan hokim yordamchilari bilan birgalikda mahallada yashovchi aholining hududdagi muammolarni bartaraf etish boʻyicha taklif va tavsiyalari umumlashtirilgan holda shakllantiriladi.
Tumanimizda mavjud 49ta mahallaning har biriga yuqoridagi qarorga asosan 500 mln. soʻmdan jami 24,5 mlrd. soʻm mablagʻlar ajratildi. Ushbu ajratilgan mablagʻlardan 3,96 mlrd. soʻm evaziga 17,9 km. ichki yoʻllarga shagʻal yotqizish ishlari amalga oshiriladi.
Bir paytlar qishloqlardagi loy koʻchalar muammosi aholining eʼtiroziga sabab boʻlgani rost. Bugun esa boshqa masalalar qatorida 230 mln. soʻm mablagʻ 32 km. ichki yoʻllarga asfalt yotqizish ishlari uchun yoʻnaltirildi.
Shuningdek 61ta transformator uchun 7,9 mlrd. soʻm ajratildi. 1,9 mlrd. soʻm evaziga mahallalarda 636ta sim yogʻoch ustunlari oʻrnatiladi hamda 1,6 mlrd. soʻmga 42,5 km. uzunlikda kabel oʻtkazgichlari tortiladi, 2,7 km. masofaga esa gaz tarmoqlari tortiladi.
Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida uzunligi 4,2 km. boʻlgan ichimlik suv tarmoqlarini qurish hamda rekonstruktsiya qilish, mavjudlarini taʼmirlash uchun 670 million soʻm ajratildi.
Shuningdek chekka hududlarda 6ta ichimlik suv tarmoqlarini qurish uchun 40 mln. soʻm, 8,8 km. masofada piyodalar yoʻlakchasi qurish uchun 1,9 mlrd. soʻm, shu bilan birga 239ta tungi yoritgichlar oʻrnatish uchun 1,2 mlrd. soʻm ajratildi.
Mahallalarda 33ta video kuzatuv uskunalarini oʻrnatish uchun 214 mln. soʻm, piyodalar foydalanishiga 2ta koʻprik qurish uchun 150 mln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.
Mahallalarda 8ta bolalar maydonchasini qurish uchun 721 mln. soʻm, 30ta suv nasosi oʻrnatishga 642 mln. soʻm, MFYlar binolariga hajmi 245 kvt. boʻlgan quyosh panelini oʻrnatish uchun 2,4 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi.
Odamlar serqatnov boʻlgan yoʻlda 1ta bekat qurish uchun 15 mln. soʻm, 1ta obodonlashtirish uskunasini xarid qilish uchun 150 mln. soʻm mablagʻlar yoʻnaltirildi. Hozirgi kunda yuqoridagi qarorga asosan ajratilgan mablagʻlar evaziga hududlarda qurilish-taʼmirlash ishlari qizgʻin boshlab yuborildi. Bu esa yaqin kunlarda tumanimiz qiyofasi oʻzgacha chiroy kasb etib, aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratilishiga asos boʻladi.
Sevara Ismoilova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶