USTOZ VA MURABBIYLAR UÇUN BAYRAM TADBIRI ÖTKAZILDI
Kelajagimiz egalari bölmiş yoş avlodni bilimli, savodli, maʼnaviy barkamol va jismonan soğlom qilib voyaga yetkazişda öqituvçi-murabbiylarning hissasi benihoya kattadir. Ular berayotgan puxta bilim va ibratli tarbiya katta hayot ostonasida turgan öğil-qizlarning vatanparvar, xalqimizga fidoyi va halol xizmat qiladigan insonlar bölib yetişişiga zamin bölib xizmat qiladi.
Yurtimizda 1-oktyabr Öqituvçi va murabbiylar kuni deb belgilanib, umumxalq bayrami sifatida nişonlanişi ustozlarga yuksak eʼtibor va hurmatning yaqqol namunasidir. Amudaryo tumanida ham har yili uşbu sana keng tantana qilinadi, taʼlim fidoyilari, tajribali muallimlar, faxriy ustozlar uçun tadbirlar taşkillaştiriladi.
Anʼanaga muvofiq 30-sentyabr kuni Manğit şahrida joylaşgan fayzli “Şer” töyxonasida “Sizga taʼzim, aziz ustozlar!” deb nomlangan tadbir ötkazildi. Tadbirda muhtaram va xalqimiz eʼzozidagi insonlar – ustoz-murabbiylar uçun tuman hokimligi hamda Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tomonidan bayram dasturxoni taşkil qilindi.
Tantanali tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, yoşlarga taʼlim-tarbiya berib kelayotgan pedagog öqituvçilar, ustoz va murabbiylar hamda faxriy öqituvçilar iştirok etişdi.
Öqituvçilik masʼuliyatli va maşaqqatli kasb bölib, muntazam ravişda davomli mehnatni, sabr-toqat bilan işlaşni talab etadi. Insoniyat kamoloti uçun butun bilimi, iqtidori va hayotini baxş etgan ustozlarning xizmatlarini hamma zamonlarda ham kişilar hurmatlab, eʼzozlab kelişgan.
Tadbir avvalida tuman hokimi Sobir Xöjametov ustoz va murabbiylarni kasb bayramlari 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan tabriklab, ularning şarafli işlarida muvaffaqiyatlar tiladi va joriy yilda taʼlim sohasida erişilgan yutuqlarga ham töxtalib ötdi. Yoş avlod taʼlim-tarbiyasi yölida fidokorona mehnat qilgan bir guruh öqituvçi-murabbiylar kökrak nişonlari, taşakkurnomalar va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Şuningdek, taʼlim sohasida köp yillar samarali mehnat qilgan, jamoat işlarida faol bölgan öqituvçilarga va şogirdlari nufuzli musobaqalarda ğolib bölgan murabbiylar ham rağbatlantirildi.
Aytiş joizki, tumanimizda 85ta umumiy örta taʼlim maktabi mavjud. Joriy yilda maktablarda 38 ming 813 nafar öquvçilar mahoratli pedagoglardan taʼlim-tarbiya olmoqda. 2022-2023 öquv yilida 2750 nafar öquvçilar maktablarni bitkazgan bölsa, ularning 1289 nafari oliy taʼlim muassasalariga talabalikka qabul qilindi.
Bayram tadbiri davomida sözga çiqqanlar ustoz sözi zamirida olam-olam maʼno mujassam ekanligi, maşhur insonlarning yuqori çöqqilarga erişişlari ham ustozlarning beqiyos zahmati mahsuli ekanini taʼkidlab, yiğilganlarni kasb bayrami bilan qizğin qutladilar.
Çindan-da barça davrlarda ham öqituvçi zimmasiga hayot talablariga töla javob beradigan va öz zamoniga munosib avlodlarni tarbiyalaşdek masʼuliyatli vazifa yuklatilgan. Quyoş öz nuri bilan butun tabiat, borliqni jonlantirgani kabi, öqituvçi, murabbiy ham bor mahorati, ilmi bilan öquvçi-yoşlarning qalbini ilm ziyosi bilan töldirişga ahd qilgan buyuk kasb egasidir. Hayotning gözalligi, farovonligi, odobligi, qolaversa, davlat va jamiyat ravnaqi muallim mehnati bilandir.
Tuman Madaniyat bölimi tomonidan namoyiş etilgan katta musiqiy dastur tadbirga yanada fayz kiritdi va barçaga bayram kayfiyatini ulaşdi. Öqituvçi va murabbiylar kuniga bağişlangan bayram tadbiri şöx kuy-qöşiqlar va dilrabo raqslar bilan davom etdi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶