“YaNGI OʻZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ” INShOLAR TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI
“Besh muhim tashabbus – yoshlarga qanot” grant loyihasi doirasida nogironligi bor yoshlarning adabiyotga boʻlgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish, ijod qilishga moyil, sheʼriyatga va adabiyotning nasr yoʻnalishiga ixlosi baland yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” mavzusida oʻtkazilgan insholar tanlovi ham koʻplab yosh isteʼdod egalarini aniqlash imkonini bermoqda.
“Mening oilam” gazetasi tahririyati tomonidan eʼlon qilingan mazkur tanlovda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarining uyda alohida taʼlim oluvchi oʻquvchi-yoshlari ishtirok etishdi. Tanlovga yuborilgan insholar tahririyat ijodiy jamoasi tomonidan batafsil oʻrganilib, alohida iqtidorli oʻquvchi-yoshlar tomonidan ijod etilgan insholar saralab olindi.
Unga koʻra, eng savodli va mazmundor insho muallifi 40-sonli maktab oʻquvchisi Baxtigul Abdurahimovaga 1-oʻrin nasib etdi. 68-sonli maktab oʻquvchisi Shodiyona Madrimova yozgan insho 2-oʻringa loyiq koʻrildi. 33-maktab oʻquvchilari Shoira Egamberganova hamda Oydona Nagʻashboyevalarning insholari esa 3-oʻringa munosib deb topildi. Gʻoliblarga faxriy yorliqlar va sovgʻalar berildi.
Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan, oʻziga xos fikrga ega oʻquvchi-yoshlar ham “Vatanparvarlik va insonparvarlik tuygʻularini ulugʻlovchi muallif” nominatsiyasi boʻyicha eʼtirof etilib, koʻrik-tanlov tashkilotchisi – “Mening oilam” gazetasi tahririyati tomonidan taqdirlandilar.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶