14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 14:45
Jamiyat 👁 128

BOLAJONLARNING SEVIMLI MASKANI

BOLAJONLARNING SEVIMLI MASKANI

Olimlarning ilmiy xulosalariga koʻra, inson umri davomida oladigan barcha maʼlumotlarining yarmidan ortigʻini besh yoshigacha boʻlgan davrida olar ekan.

Besh yoshgacha boʻlgan bola dunyoni taniydi, oʻz ona tilida muloqot qila oladi, oʻz oilasi, ota-onasi, yaqinlari, qoʻni-qoʻshnilariga nisbatan koʻnglida begʻubor mehr-muhabbat shakllanadi. Uning qanday inson boʻlib voyaga yetishi, avvalo oila va qolaversa, uzluksiz taʼlim tizimining ilk pogʻonasi boʻlgan MTT taʼlim-tarbiyasiga koʻp jihatdan bogʻliq.

Jumurtov shaharchasida yakka tadbirkor Sanobar Safarboyeva tashkil etgan oilaviy NMTT oʻz faoliyatini boshlaganiga endi ikki yil vaqt boʻldi. Hududning 25 nafar bolajonlarini bagʻriga olgan, chor-atrofi mevali, manzarali daraxtlar, gullar bilan oʻralgan bu xushmanzara va bahavo maskan kichkintoylarga juda yoqib qoldi.

Asli oʻzi juda bolajon, MTT tarbiyachisi yoʻnalishi boʻyicha imtiyozli diplom sohibasi boʻlgan Sanobar Safarboyeva uzoq yillar oʻzining besh nafar qizi, kenjatoy oʻgʻli tarbiyasi bilan shugʻullandi. Besh qizni oʻqitib, voyaga yetkazib, ikkovini uyli-joyli qilib boʻlgach, oʻz sevgan sohasi boʻyicha ishlashni istadi. U yashaydigan shaharchada maktabgacha taʼlim tashkiloti umuman yoʻq boʻlganligi uchun oila aʼzolari bilan kengashib, boʻsh turgan oʻzlarining sakkiz xonali turarjoy binosida oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etishga qaror qildi. Hujjatlashtirish ishlari bitgunicha qabul qilinadigan kichkintoylar roʻyxati ham shakllandi. Tashkilot aslida 25 nafar bolajonlarni qabul qilishga moʻjallangan boʻlsa-da, hududda “mening farzandimni ham oling”, deyayotgan ota-onalar koʻp. Qamrab olingan bolajonlar esa har kuni bu maskanga talpinib, intiqib keladilar.

Sanobar Safarboyeva ushbu tashkilot faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan oʻzidan tashqari 4 nafar yoshlarni ish bilan taʼminladi.

Tashkilot faoliyat yuritayotgan ulkan hovlida bolalar maydonchasi, yashil hudud, oshxona, dam olish va ovqatlanish xonalari, yotoqxona, mashgʻulotlar xonalari mavjud. Bogʻchada  bolajonlar ertalab chiniqish mashgʻulotlarini oʻtagach, xush kayfiyatda nonushtaga oʻtirishadi. Dars mashgʻulotlari, didaktik oʻyinlarda ham kichkintoylar biri-biridan qolishmaslikka, bilagʻon, chaqqonligini koʻrsatishga harakat qilishadi. Hovli tomorqasida yetishtirilgan sabzavotlardan tayyorlanadigan xushtaʼm taomlar bolalarga manzur boʻlayotir, uzum, olmalar yangi uzilib, dasturxonga tortiladi.

Oilaviy nodavlat MTT tashkil etilgani hududdagi ishlaydigan onalarga juda qoʻl keldi. Boisi, farzandlari bogʻchada, ulardan onalarning koʻngli toʻq. Tashkilot xodimlari esa bolajonlarning yayrab oʻsib-ulgʻayotganidan, bunda oʻzlarining ham hissasi borligidan xursand.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019