KONSTITUTsIYa – JAMIYaTDAGI ISLOHOTLAR POYDEVORI
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga davlat suvereniteti, xalq hokimiyatçiligini, insonlarning huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlaş, mahalliy ijro etuvçi va vakillik organlari vakolatlarini yanada aniq ajratiş, davlat hokimiyatining taşkil etilişi, qonunçilik taşabbusi hamda sud-huquq va taʼlim-tarbiya, ijtimoiy himoya boşqa sohalarga oid 64 ta moddaga 200 dan ortiq özgartişlar kiritildi, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma qöşildi.
Yangi Konstitutsiyaning 13-moddasida insonning şaʼni va qadr-qimmatini, huquq va erkinliklarini hurmat qiliş, ularga rioya etiş, ularni himoya qiliş davlatning majburiyati sifatida belgilab qöyildi.
Konstitutsiyaga fuqarolarning şaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini taʼminlaşga, himoya qilişga qaratilgan töğridan-töğri işlaydigan normalar kiritilgan bölib, bugungi kunda eng aktual mavzulardan biri bölgan uy-joy daxlsizligi, xususan, uy-joylarning noqonuniy buzilişi kabi nizoli masalalarga çek qöyiş maqsadida 27-moddada heç kim uy-joydan sudning qarorisiz mahrum qilinişiga yöl qöyilmasligi belgilab qöyildi. Bundan közlangan maqsad esa, mulk daxlsizligini yana bir bor Konstitutsiya darajasida mustahkamlaş bölib, amaliyotda mansabdor şaxslar qaroriga asosan uy-joylarning buzilişi va buning natijasida fuqarolarga yetkazilişi mumkin bölgan moddiy va maʼnaviy zararni oldini olişga xizmat qiladi. Jumladan, Konstitutsiyaning 25-moddasiga şaxs sud qarori qabul qilinmaguniça 48 soatdan köp muddat uşlab turilişi mumkin emasligiga oid töğridan töğri amal qiluvçi jumlalar kiritildi.
Bundan taşqari, 26-moddaga köra aybdorlikka oid barça şubhalar, agar ularni bartaraf etiş imkoniyatlari tugagan bölsa, gumon qilinuvçining, ayblanuvçining yoki sudlanuvçining foydasiga hal qilinişi kerak.
Joriy yilning 30-aprelida bölib ötgan umumxalq referendumida ovoz beriş orqali Yangilangan Konstitutsiya asosida aholining farovon hayoti, inson huquqlari va demokratik qadriyatlar ustuvorligi, xalq hokimiyatçiligini taʼminlaş, davlat idoralarining xalq oldida maʼsulligini oşiriş, adolatli fuqarolik jamiyatini şakllantiriş, mamlakatning barqaror rivojlanişini taʼminlaş maqsad qilingan. Uşbu Konstitutsiya endilikda jamiyatdagi islohotlarga poydevor bölib xizmat qiladi.
Ş.Vaisniyazov, tuman Yuridik xizmat körsatiş markazining boş yuriskonsulti

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶