SUD MASʼULLARINING SAYYoR QABULI OʻTKAZILDI
Kuyuk koʻpir va Boʻz yop ovullarida sud masʼullarining sayyor qabuli tashkil etildi.
15-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan ushbu sayyor qabulda Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi masʼullari va Iqtisodiy ishlari boʻyicha Beruniy tumanlararo sudi sudyasi B.Bekmuradovlar ishtirok etishdi.
Sayyor qabulda 46 nafar fuqarodan 9 nafarining murojaatlari qabul qilindi. Fuqarolardan 2 nafari meros boʻlib qolgan uy-joyiga kadastr hujjat tayyorlash yuzasidan, 1 nafari YXHB tomonidan solingan jarima jazosidan noroziligi, 2 nafari sobiq turmush oʻrtogʻi bilan qonuniy ajrashish, 1 nafari farzandiga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma rasmiylashtirish, 1 nafari farzandiga oʻlim haqidagi guvohnoma rasmiylashtirish, 2 nafari yaqin doʻstining kredit olishiga kafil boʻlganligi, ushbu kreditni undirish uchun MIB xodimlari uyiga kelganligini aytib, ushbu masalalarda yordam soʻrab murojaat qilishdi.
Sayyor qabuldan soʻng, odam savdosi, ayniqsa, bolalar savdosiga qarshi kurashishda milliy qonunchilik va xalqaro huquqiy hujjatlar, yangi qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati kabilar boʻyicha keng tushunchalar berildi. Shuningdek, qabulga kelgan fuqarolar ushbu maʼruzalar va boshqa masalalar yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
A.Safarov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶