TIBBIYoT BIRLAŞMASI ŞIFOKORLARI UÇUN KÖRGAZMALI SEMINAR ÖTKAZILDI
Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasi şifokorlari iştirokida aholi örtasida töğri ovqatlanişni yölga qöyiş böyiça körgazmali seminar taşkil etildi.
Şu yil 19-sentyabr kuni tibbiyot muassasasi faollar zalida bölib ötgan uşbu tadbirda Birlaşma boşliği F.Abdullayev hamda boşliq örinbosarlari, köp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinikalar, oilaviy şifokorlik punktlari mudirlari, tor soha mutaxassislari, tibbiy brigada aʼzolari va masʼul tibbiy xodimlar qatnaşişdi.
Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli buyruği ijrosini taʼminlaş maqsadida taşkil etilgan mazkur seminarda Tibbiyot birlaşmasining aholi salomatligini qöllab-quvvatlaş va jismoniy faolligini oşiriş bölimi mudiri Jumaboy Yavkaşev körgazmali tarzda, interaktiv usullardan foydalangan holda maşğulot ötkazdi. “Töğri ovqatlaniş soğlom hayot asosi” mavzusida bölib ötgan maşğulotlar davomida soha mutaxassislariga hafta kunlari davomida taşkil qilinadigan soğlomlaştiriş tadbirlari, töğri ovqatlaniş tartibi tuşuntirilib, hududlarda aholi örtasida bu boradagi tuşuntiriş-tarğibot işlarini muntazam ravişda ötkazib boriş kerakligi taʼkidlandi.
Qiziqarli ötgan seminar davomida iştirokçilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
T.Saidova, TTB şifokori

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶