ISTEʼMOLÇILARNI KUZ-QIŞ MAVSUMIDA UZLUKSIZ ELEKTR ENERGIYaSI BILAN TAʼMINLAŞ ÇORALARI KÖRILDI
Xalqimizning hayotdan rozi yaşaşini taʼminlaş maqsadida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan işlar juda keng miqyosli bölib, birinçi navbatda aholining maişiy muammolarini hal etiş, ularni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlaş borasidagi işlarni yuksak sifat darajasiga kötarişga hamişa eng ustuvor vazifa sifatida qaraladi. Çunki xalqimiz “rizqingni sotib ravşan ol”, degan hikmatli iborani bekorga yaratmagan. Şu bois, eng çekka qişloqlarda istiqomat qiluvçi aholining ham elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini töliq qondiriş maqsadida şaxsan Prezidentimiz topşiriğiga binoan, eskirgan elektr uzatiş tarmoqlarini, yaroqlilik muddatlari ötgan transformator punktlarini yangisiga almaştiriş, taʼmirtalab elektr uskunalarini qayta taʼmirlaş, simyoğoçlar örniga beton ustunlar örnatiş işlari amalga oşirilmoqda.
Bu borada Amudaryo tuman Elektr taʼminoti korxonasi tomonidan olib borilayotgan tiklaş-taʼmirlaş işlari, isteʼmolçilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib beriş maqsadida elektr taqsimlaş punktlari va uzatiş tarmoqlarida ötkazilayotgan sinaş, tiklaş-taʼmirlaş işlaridan isteʼmolçilar mamnun.
Joriy 2023-2024-yil kuz-qiş mavsumida isteʼmolçilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlaş, şuningdek, kuçli şamol, sel-yomğir holatlari yuz berganida va bunday holatlarning oldini oliş maqsadida joylardagi 46 dona transformator punktlari, 161,6 km. uzunlikdagi havo elektr tarmoqlari, 12 dona tayanç ustunlari almaştirilib, mazkur obʼektlarda sifatli mukammal taʼmirlaş işlari bajarildi.
Bundan taşqari, 108ta transformator punktlarida, 251 km. uzunlikdagi elektr uzatiş havo tarmoqlarida joriy taʼmirlaş işlari muvaffaqiyatli yakunlanib, kuz-qiş mavsumiga taxt qilib qöyildi.
2023-2024 kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik jarayonida tumanning Xizr eli, Özbekiston, Qoramon, Durunki, Döstlik, Beş ovul, Ayoqçi, Gulzor, Uyşin mahallalari hamda Bobur nomli, Amir Temur nomli, Çoyköl, Tölqin, Dörman va Qangli ovullarida istiqomat qiluvçi isteʼmolçilarni kuz-qiş mavsumida heç qanday muammosiz elektr energiyasi bilan taʼminlaş maqsadida va elektr uzatiş tarmoqlarida muammo yuz bermasligi uçun 14 dona transformator punkti hamda 33,40 km. uzunlikdagi elektr uzatiş tarmoqlarini quriş rejalaştirilgan edi. Ayni paytda mazkur hududlarda elektr uzatiş tarmoqlari tortilib, 10ta transformator punktlari örnatildi, yana törtta transformator punktlarini örnatiş işlari davom ettirilmoqda.
Şuningdek, favqulodda holatlarning oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlar ham körib qöyildi. Xususan, bunday holatlarda xavfni tezda bartaraf etiş maqsadi-da qöşimça zahira materiallar tayyorlandi. Zarur avtotransport vositalari, yonğinga qarşi uskunalar soz holatga keltirilib, favqulodda holatlarni tezda bartaraf etişga yönaltiriluvçi va tiklaş-taʼmirlaş işlarini amalga oşirişga masʼul brigada ham tuzildi. Işçi-xodimlarning dam oliş, yuviniş xonalari ham jihozlab qöyildi. Oşxonada barça qulay şaroitlar yaratilib, kuz-qiş mavsumini talofatsiz ötkaziş böyiça rejaviy jadval işlab çiqildi. Şu bilan birga tun-u kun uzluksiz navbatçilik tizimi qayta körib çiqilib, qatʼiy intizomga asoslangan tizim taşkil etildi.
J.ALLANIYaZOV, Amudaryo TET boş muhandisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶