21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:25
Jamiyat 👁 6,746

ZULFIYa QIZLARINING KAMOLI

ZULFIYa QIZLARINING KAMOLI

Oʻzbek xalqining buyuk farzandi, vafo va sadoqat malikasi, matonat va jasorat timsoli – Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludiga 2015-yil 1-martda 100-yil toʻladi. Xalqimizning shoira dahosiga hurmat va ehtiromini amalda namoyon etish maqsadida, betakror isteʼdodi, Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuygʻusini, oliyjanob insoniy fazilatlarni yuksak pardalarda tarannum etgan yetuk badiiy asarlari, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz hamda madaniyatimiz ravnaqiga, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishga qoʻshgan ulkan hissasini inobatga olib, "Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida” 2014-yil 31-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Mana toʻrt oydirki, xalqimiz ana shu qutlugʻ sana munosabati bilan Zulfiyaxonim sheʼriyati, jasorat va matonat, vafo va sadoqat timsoliga aylangan joʻshqin hayotiga ehtirom nafasi bilan yashamoqda. Oʻquv maskanlarida, madaniyat muassasalarida, jamoat tashkilotlarida boʻlib oʻtayotgan sheʼriyat bayramlarida ming-minglab sheʼriyat ixlosmandlari ishtirok etishmoqda. Sportda, sanʼatda, ilm-fan va taʼlim sohalaridagi eng bilimdon, eng kuchli va zukko qizlarni ana shu tabarruk zot – "Zulfiya qizlari” degan sharafli nomga erishish istagi birlashtirmoqda.

Tahririyatimizning bugungi mehmonlari – "Zulfiya qizlari” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari – Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga 2015-yilgi nomzodlar. Qani, bu zukko qizlarimizning qalblaridan ayni damda qanday tuygʻular kechayotir? Soʻz – Zulfiyaxonim qizlariga!

Umida ABDULLAYeVA, Amudaryo akademik litseyi 1-bosqich oʻquvchisi, adabiyot, sheʼriyat yoʻnalishi boʻyicha nomzod:

– Men Zulfiya sheʼriyati bilan oshno boʻlganimda juda kichkina, 4-sinf oʻquvchisi edim. Bobom (dadamning dadasi) juda maʼrifatli, maʼnaviyatli inson boʻlganligi sababli juda koʻp sheʼrlar oʻqib berardilar. Ayniqsa, Turob Toʻla, Zulfiya sheʼrlarining shaydosi edim. Ilk sheʼrim tuman gazetasida yoritilganida, ustozim Robiya Yoʻldoshevadan ilk sheʼriyat saboqlarini tinglaganimda oʻzimni xuddi Zulfiyaxonim qiziday his etganman. "Jetkinshek”, "Qarligʻash”, "Tong yulduzi”, "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetalarida tez-tez sheʼriy mashqlarim chop etilib, sheʼriyatdek mashaqqatli va huzurbaxsh ijod maydoniga qadam qoʻyish baxtiga erishayotganimdan quvonganman. Va shuni yurak-yuragimdan his etdimki, sheʼriyat bu – Zulfiyaxonimdek hokisorlikni, bezovta yurak sohibi boʻlishni, Zulfiyaxonimdek ijodga, Vatanga fidoyilikni, chinakam sadoqat ila jasoratni oʻzda mujassam etib, ijod etish!

Sheʼriyat yoʻnalishi boʻyicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodim qoʻyilganidan baxtiyorman. Mening nufuzli mukofot sohibasi boʻlishga erishishim emas, balki ana shu tabarruk nom ostida birlashgan Zulfiya qizlari safida ijod maydoniga kirib kelayotganim, sheʼrlarim tuman va respublika miqyosidagi matbuot nashrlarida chop etilayotganining oʻzi katta baxt.

Dilbar OʻRINBOYeVA, Mangʻit iqtisodiyot kolleji oʻquvchisi, madaniyat (sportning shaxmat turi) yoʻnalishi boʻyicha nomzod:

– Sport – insonni har tomonlama chiniqtiradi va toblaydi. Bu borada shaxmatga teng keladigani yoʻq. Men 5-6 yoshimdan beri shaxmat bilan shugʻullanaman. Tumanda oʻtkaziladigan shaxmat sporti musobaqalarida oʻz yoshim toifasida doimo 1- oʻrinlarni egallab kelaman. 2010-yildan 2015-yilgacha turli Vazirliklar, sport tashkilotlari tomonidan 16-marta yuqori darajadagi Diplomlar, Sertifikatlar va Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandim. Ayniqsa, 2012-yilda Navoiy shahrida boʻlib oʻtgan "Umid nihollari – 2012” sport musobaqalaridagi muvaffaqiyatli ishtirokim menda katta masʼuliyat hissini uygʻotdi. Bu – ona Vatanimga, oʻzim tugʻilib oʻsgan Amudaryo elimga munosib farzand boʻlishga intilish tuygʻusi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga madaniyat tizimidan sport yoʻnalishi boʻyicha nomzodimni roʻyxatga olishganida behad quvondim. Umidaxon aytganlariday, biz uchun ushbu mukofot sohibi boʻlish emas, ana shu nufuzli tanlovda ishtirok etishning oʻzi katta baxt. Ishonch bilan aytamanki, men Zulfiyaxonim dahosiga hurmat va ehtiromimni, sadoqatimni shaxmat sportida kelgusida erishadigan gʻalabalarim bilan oqlayman.

Lobar JUMABOYeVA, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi, sanʼat yoʻnalishi boʻyicha nomzod:

– Baʼzan oʻzimga oʻzim: "ijod nima?”, - deb savol beraman. Ijod bu – el-yurt, ona Vatan muhabbati bilan yonib yashash, oʻzni Vatan xizmatiga bagʻishlash. Shunday emasmi? Men buni Zulfiyaxonimning hayoti misolida qayta-qayta kashf etaman.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod sifatida sanʼat yoʻnalishi boʻyicha tuman bosqichi gʻolibi boʻldim. Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok etdim. Garchi mamlakat bosqichiga yoʻllanma ololmagan boʻlsam-da, men xafa emasman. Sababi, Zulfiyaxonim dunyosiga qadam qoʻymoq uchun men juda koʻp oʻqib-izlanishim kerakligini tushunib yetdim. Mamlakatimizdagi minglab tengdosh dugonalarim qatori oʻz tanlagan yoʻnalishim boʻyicha faqat oldinga intilib yashashni oʻrgandim ushbu koʻrik-tanlov orqali. Intilish esa inson ruhiyatiga kuch bagʻishlaydi. Yana shuni angladimki, ruhan kuchli inson barcha koʻzlagan orzulariga erishadi. Men ingliz tilini chuqur oʻzlashtirishga intilayapman, faqat rassomlik bilan emas, boʻsh vaqtlarimda sportning voleybol, qoʻl toʻpi turlari bilan ham shugʻullanaman. Maqsadim – kela-jakda Zulfiyaxonimdek ona Vatanga munosib, fidoyi farzand boʻlib yetishish.

Oʻgʻiljon BEKMURODOVA Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi, taʼlim yoʻnalishi boʻyicha nomzod:

– Mening orzularim juda koʻp. Eng avvalo frantsuz va ingliz tillarini mukammal oʻrganmoqchiman. Chunki, til bilgan odamning imkoniyati yanada keng boʻladi. Maktabdaligimda yozgan sheʼrlarimni frantsuz tiliga tarjima qilib, ustozim Roza Yoʻldoshevaga koʻrsatsam, ustoz quvonib ketardilar, kamchiliklarimni erinmay tushuntirardilar, har doim intilishlarimga qanot bagʻishlab: "sen albatta tarjimon boʻlishing kerak”, -deganlarida xuddi shu maqomga erishganday sevinardim. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod sifatida tumanda gʻolib boʻlgan kunim ustozlarim oʻzimdan ham koʻproq quvonishgan. Hech esimdan chiqmaydi, 2012-2013 oʻquv yilida frantsuz tili fani boʻyicha "Bilimlar bellashuvi”ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 1-oʻrinni egalladim. Oʻshanda ustozimning koʻzlarida quvonch yoshlarini koʻrib, "albatta tarjimon boʻlaman!” deganman. Ayni paytda 3-sonli Amudaryo akademik litseyidagi tahsil davomida koʻplab tanlovlar va bellashuvlarda gʻolib boʻlishimda mamlakatimizda biz yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning oʻrni gʻoyat katta ahamiyat kasb etmoqda. Garchi men Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga daʼvogarlar sifatida tanlovning Oʻzbekiston respublikasi bosqichida ishtirok etishga erisha olmagan boʻlsam-da, koʻksimni bir gʻurur toʻldirib turadi. Bu – Zulfiyaxonim qizlaridan biri ekanligimdan iftixor tuygʻusi. Men ana shu tuygʻu bilan yashayman, oldinga, faqat oldinga intilib, Prezidentimiz aytganlariday "koʻzlari chaqnab turgan” jasoratli oʻzbek yoshlaridan biri boʻlib, ilmning yuksak choʻqqilari sari dadil qadam tashlayveraman.

Nasiba TIRKAShEVA, 16-sonli umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi, taʼlim yoʻnalishi (ona tili va adabiyot) boʻyicha nomzod:

– Gʻoliblik – ezgu orzular yoʻlidagi eng katta imkoniyat. Men bir necha yillardan beri oʻzbek tili va adabiyoti fanidan "Bilimlar bellashuvi”ning tuman va Qoraqalpogʻiston Respublikasi gʻolibi boʻlib, shuni his etdimki, gʻoliblik –juda katta imkoniyat. 2012-2013-yilda oʻzbek tili va adabiyoti fanidan Qoraqalpogʻistonda 2-oʻrin sohibi boʻldim. Qarang, ana shu gʻalaba gashti menga yanada kattaroq kuch bagʻishladi. 2013-2014 yilda men "Bilimlar bellashuvi”ning Respublika bosqichida avvalgi yilda erishmagan mezonlardan oʻzib ketdim va 1-oʻrin sohibi boʻldim. Sheʼrlarim, publitsistik maqolalarim tuman va respublika matbuot nashrlarida chop etildi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod sifatida ushbu koʻrik - tanlovining Respublika bosqichidagi ishtirokim esa hakamlar hayʼati tomonidan yuqori baholandi. Lekin men bu bellashuvda mendan ham kuchliroq, bilimliroq, serqirra qobiliyat sohibalari boʻlgan qizlar borligini koʻrib, oʻz ustimda koʻproq ishlashim zarurligini his etdim. Men ushbu nufuzli tanlovda ishtirok etganim bilan faxrlanaman.

Sohiba RAJABBOYeVA, 55-sonli umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi, taʼlim (informatika fani) yoʻnalishi boʻyicha nomzod:

– Men har gal ijod qilishga oʻtirganimda muhtaram Prezidentimizning bir gapini eslayman: "Men sizlarni juda yaxshi koʻraman, bolalarim!” Bizni Yurtboshimiz juda yaxshi koʻradilar va buni biz yoshlarning oʻqib, bilim olishimiz, kuch va salohiyatimizni amalda namoyon etishimiz uchun yaratib qoʻyilgan shart-sharoitlar ham tasdiqlab turibdi. Demak, biz Prezident ishonchini oqlashimiz, ana shu ishonchga munosib shaxs sifatida shakllanishimiz uchun qilinayotgan gʻamxoʻrliklarga loyiq boʻlishimiz kerak.

Men tahsil olayotgan 55-sonli maktabda oʻquvchilar fan toʻgaraklari, zamonaviy innovatsion pedtexnologiyalar asosidagi dars oʻtish tizimi bilan toʻliq qamrab olingan. Shu bois, har bir oʻquvchi oʻzi qiziqqan fan boʻyicha yetarli darajada shugʻullanish imkoniyatiga ega. Shaxsan men informatika fanidan eng zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda saboq olayotganimdan faxrlanaman. Kimdir informatika fani kompyuterda internet orqali berilayotgan, har xil befoyda oʻyinlarni, turli hil ijtimoiy tarmoqlarga kirish yoʻllarini oʻrganish, deb oʻylaydi. Yoʻq azizlar, informatika –kelajak fani. Kelajakda erishishimiz mumkin boʻlgan yangi-yangi rejalar, katta imkoniyatlar uchun yoʻl ochib beruvchi fan bu. Oʻzini anglagan inson informatika fanining ana shu imkoniyatlaridan foydalangan xolda el-yurt taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangiliklar yaratishga intiladi.

Mening orzuim – kelajakda Amu elim, ona Oʻzbekiston taraqqiyotiga xizmat qiladigan dasturlar tuzish va uni amaliyotga joriy etish. Bu yoʻlda qanchalik mashaqqat, fidoyilik kerak boʻlsa, el-yurtning sodiq farzandi sifatida hamisha tayyorman. Zero, ona Vatanga, xalqiga sodiq va fidoyi, mehnatkash insonlargina Zulfiyaxonim izdoshlari boʻla oladilar.

Davra suhbatini

Robiya YOʻLDOShEVA

yozib oldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026