“BESh MUHIM TAShABBUS – YoShLARGA QANOT” NOMLI GRANT LOYIHASI DOIRASIDA OChIQ DARS OʻTKAZILDI
“Mening oilam” gazetasi tahririyatining “Besh muhim tashabbus – yoshlarga qanot” nomli grant loyihasi doirasida yoshlarni beshta tashabbus doirasidagi tadbirlarga jalb etilib kelinmoqda. Ushbu grant loyihasi rejasiga koʻra oʻtkazilayotgan tadbirlar, uchrashuvlar va ijodiy tanlovlarga asosan nogironligi boʻlgan yoshlar keng jalb etilmoqda.
6-sentyabr kuni rejaga muvofiq 76-sonli maktabda Toshyop ovuli hududidagi yoshlar uchun “Kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish” mavzusida ochiq dars oʻtkazildi. Dars mashgʻuloti davomida maktabning informatika fani oʻqituvchisi Dilfuza Boltayeva kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish yuzasidan tushunchalar berdi.
Taʼkidlash joizki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus bugun maʼnaviy hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Xususan, uchinchi tashabbus doirasidagi ishlar aholining kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziqqan yigit-qizlarni malakali mutaxassis darajasiga olib chiqish, dasturiy mahsulotlar yaratish koʻnikmasini shakllantirishga xizmat qilyapti.
Yurtimizda axborot texnologiyalari bozori jadal rivojlanishi barobarida IT mutaxassislarga ehtiyoj ham tobora oshmoqda. Mana shu talabni qoplash maqsadida korxonalarni malakali IT kadrlar bilan taʼminlash uchun hududlarda IT inkubatsiya markazlari tashkil etilmoqda.
Shu oʻrinda aytish kerakki, besh tashabbus doirasida aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari hamda internetdan samarali foydalanishni tashkil etish, yosh avlodni bilimli va yetuk kadr sifatida shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. “Mening oilam” gazetasi tahririyatining “Besh muhim tashabbus – yoshlarga qanot” nomli grant loyihasi doirasida oʻtkazilayotgan ushbu tadbirlar barcha yoshlar qatori nogironligi boʻlgan yoshlarda ham kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish boʻyicha koʻnikmalar hosil boʻlishiga, ularning AKT sohasiga qiziqishlari ortishiga xizmat qiladi.
Loyiha doirasida tashkil qilingan ochiq dars davomida yoshlarga “Google” tarmogʻidan foydalanish, “Ziyonet” va ADU.UZ elektron kutubxonasidan foydalanish boʻyicha amaliy koʻnikmalar berilib, tushunchalari kengaytirildi. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha amaliy mashgʻulot ham oʻtkazilib, yoshlar dars davomida olgan bilimlarini amalda sinab koʻrdilar.
Ochiq darsda mavzu yuzasidan savol-javob ham oʻtkazildi va yoshlar oʻz bilimlarini mustahkamlab oldilar.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶