«KAMBAĞALLIKNI QISQARTIRIŞ BÖYIÇA XITOY TAJRIBASI» MAVZUSIDA ONLAYN SEMINAR BÖLIB ÖTDI
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş va şu orqali kambağallikni qisqartiriş maqsadida 2022-yil 1-yanvardan boşlab har bir mahallada hokim yordamçisi lavozimi joriy etilgan edi. Ularga yaratib berilgan şaroit va moliyaviy dastaklar qisqa davrda mahalla ahli bilan ijobiy munosabat örnatiş imkonini berib, aholini ijtimoiy himoya qiliş, ularning bandligini taʼminlaş va tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş borasidagi işlari natijadorligini oşirdi.
Respublika miqyosi böylab “Xitoyning kambağallikni qisqartiriş böyiça tajribasi” mavzusiga bağişlangan onlayn seminar ham hokim yordamçilari uçun uşbu sohada tizimli işlarni yölga qöyiş borasida yordamçi böldi.
Seminar Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi, Özbekistonning Xitoydagi elçixonasi, Xitoydagi kambağallikni qisqartiriş xalqaro markazi va BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda taşkil qilindi.
21-25-avgust kunlari ötkazilgan seminar Amudaryo tumani hokimligining studiyasida ham taşkil qilinib, tumanda mavjud 49ta mahallaning hokim yordamçilari iştirok etdi.
Uşbu seminar Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi farmonining ijrosini taʼminlaş maqsadida hamda Özbekiston Respublikasi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi va Xitoydagi kambağallikni qisqartiriş xalqaro markazi örtasidagi anglaşuv memorandumi, Özbekistonning kambağallikni qisqartiriş böyiça delegatsiyasining Xitoyga taşrifi davomida erişilgan kelişuvlar asosida taşkil qilindi.
Seminar mahallalarda aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş yönalişida hokim yordamçilari samaradorligini oşirişga bağişlandi.
Onlayn seminar 6ta tematik maʼruzlardan iborat bölib, birinçi kunida iştirokçilarga qisqa muddatli öquv-maşğulotning mazmun-mohiyati va dasturli iş rejasi taniştirib ötildi.
Şuningdek, seminar “Kambağallikdan çiqiş va yuqoriga intiliş, maqsadli yordam” mavzusida videolar, amaliy misollar bilan iştirokçilarga tuşuntirildi.
Maʼlumki, Xitoy Xalq Respublikasi dunyo mamlakatlari örtasida kambağallikni qisqartiriş böyiça yetakçi mamlakat hisoblanadi. Unda kambağallik darajasi 0,5-1 foizni taşkil qiladi. Holbuki, uşbu körsatkiç XX asrning 70-80-yillarida 70 foizdan yuqori bölgan. Bu esa mamlakatda kambağallikka qarşi kuraşiş böyiça joriy etilgan manzilli işlarning yuqori samaradorligini bildiradi va jahon hamjamiyati uçun bebaho tajriba sifatida eʼtirof etildi.
Mazkur seminarning maqsadi iştirokçilarga Xitoyning kambağallikni qisqartiriş sohasida amalga oşirgan çora-tadbirlari, aholi daromadlarini oşiriş böyiça qöllanilgan manzilli instrumentlari va kambağal aholi qatlamlari bilan individual tarzda işlaş mexanizmlari kabi tajribasini örgatiş hisoblanadi.
Seminarni taşkil etiş natijasida mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamçilarida uşbu mavzu böyiça tuşunçalar va unga qarşi kuraşiş böyiça xalqaro tajribalar şakllantirildi.
Şuningdek, iştirokçilar kambağallik tuşunçasi va uning sabablari, aniqlaş metodikasi, uşbu toifadagi oilalar bilan işlaş, ularning xohiş va istaklarini aniqlaş, kasb-hunarga öqitiş uçun yönaltiriş va tadbirkorlikka jalb etiş hamda bandligini taʼminlaş böyiça tajribalarga ega böldi.
Seminarda hokim yordamçilari har bir kambağal oilaga individual yondaşişi, yangi innovatsion mexanizmlarni qöllaşi va oilalarni kambağallikdan çiqişiga qöşimça yordam bölişi közda tutildi.
Seminar yakunida iştirokçilar olgan bilimlarini mustahkamlaş uçun test sinovlaridan ötkazildi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶