Ustozlar milliy forumi doirasida "Maktabgaça taʼlim sifati: Hozirgi holat va kelajakdagi vazifalar" nomli anjuman ötkazildi
Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimida 2023-2024-öquv yili boşlanişi oldidan II Ustozlar milliy forumi ötkazildi.
Ustozlar milliy forumining ikkinçi kuni “Maktabgaça taʼlim sifati: Hozirgi holat va kelajakdagi vazifalar” mavzusiga bağişlandi. Anjumanda tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi masʼullari, hududdagi davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari rahbarlari, tarbiyaçi-pedagoglar va OAV xodimlari iştirok etişdi.
Anjuman kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan bölimning Davlat va nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyatini hamda öqitişning muqobil şakllarini taşkil etiş böyiça şöʼba mudiri Soliya Bobojonova maʼruza qildi.
Bolalarni boşlanğiç taʼlimga majburiy, bepul bir yillik tayyorlaş tizimi orqali maktabgaça taʼlim muassasalariga jalb etiş, tizimini yanada takomillaştiriş, soğlom, faol, barkamol, ijtimoiy moslaştirilgan bolalarni tarbiyalaş, kelgusida muvaffaqiyatli öquv faoliyati uçun şart-şaroitlarni şakllantiriş va ularni boşlanğiç taʼlimga sifatli tayyorlaş va 6 yoşli bolalarni maktabgaça taʼlim bilan töliq qamrab olişning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Xususan, “Ilm yöli” variativ dasturi “Ilk qadam” maktabgaça taʼlim muassasasining davlat öquv dasturi sifatida Özbekiston Respublikasi ilk va maktabgaça yoşdagi bolalarga qöyiladigan davlat talablari asosida işlab çiqilgan. Bolalarni boşlanğiç taʼlimga majburiy. bepul bir yillik tayyorlov guruhida taʼlimiy - tarbiyaviy jarayon “Ilm yöli” muqobil dasturi asosida sifatli pedagogik tamoyillarga tayangan holda taşkil etiladi. Anjumanda şu va şu kabi maktabgaça taʼlim-tarbiya uslublari, yangi pedtexnologik jarayonlarni sohaga samarali tatbiq etiş yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.
Şundan söng, anjuman kun tartibiga qöyilgan pedagog kadrlar tarkibining sifati va ularni kasbiy rivojlantirişga doir masalalar yuzasidan tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi, Davlat va nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyatini hamda öqitişning muqobil şakllarini taşkil etiş şöʼba metodisti H.Bobojonova maʼruzasi tinglandi.
Şuningdek, soğlom va töğri ovqatlaniş tartibi, mazkur tartibning maktabgaça taʼlim taşkilotlarida muntazam ravişda amal qilinişini taʼminlaş kabi masalalar böyiça bölimning Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida soğlom ovqatlantirişni taşkil etiş böyiça metodisti Saule Patullayeva sözga çiqib, davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida tarbiyalanuvçilarni soğlom ovqatlantirişni taşkil etiş işlarini yanada takomillaştiriş, belgilangan sanitariya qoidalari va gigiyena normalariga muvofiq holda ovqatlantirişni taşkil etiş orqali bolalarning soğlom va barkamol ösişini taʼminlaş va şu asosda taʼlim-tarbiya sifatini oşiriş yuzasidan özining tavsiya va takliflarini bildirdi.
Darvoqe, joriy yilning 1-iyunidan boşlab Toşkent şahridagi, 2023-yil 1-sentyabrdan esa respublikaning barça hududlaridagi davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida yagona mavsumiy taomnoma asosida tarbiyalanuvçilarni ovqatlantirişni taşkil etiş belgilangan bölib, “Yagona mavsumiy taomnoma”, “Aqlvoy-Oşpaz, boğçalar uçun taomlar retsepti” töplamidan foydalangan holda tuzilgan va bu taomnomalar röyxatiga kiritilgan mahsulotlar bolalarning garmonal rivojlanişida muhim ahamiyatga ega.
Anjumanda joriy yil davomida taʼlim-tarbiya borasida amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar ham tahlil qilinib, muhim topşiriqlar belgilab olindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶