USTOZLAR MILLIY FORUMI BÖLIB ÖTDI
Mamlakatimiz maktab öquvçilarining bilimi va könikmalarini şakllantiriş, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalaş, öqituvçi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini yaxşilaş, darsliklar va öquv metodik majmualarni bugungi kun talablari asosida takomillaştirişga xizmat qiluvçi 2022-2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantiriş böyiça qabul qilingan Milliy dastur sohada ulkan ijobiy özgarişlar yasalişiga zamin bölayotir.
Bu haqda 21-avgust kuni Amudaryo tumanidagi 76-sonli maktabda bölib ötgan Ustozlar milliy forumida batafsil söz bordi.
Bugungi kunda öqituvçilarning nufuzi oşiriş, taʼlim sifatini yuksaltirişga qaratilgan tizimli islohotlar tumanimizda ham özining ijobiy samaralarini berayotgani quvonarli. Şunday şaroitda “Sifatli taʼlim – kuçli jamiyat” şiori ostida tumanda ötkazilgan ikkinçi Ustozlar milliy forumi yangi öquv yili oldidan xalq taʼlimi xodimlari uçun oldda turgan dolzarb vazifalarni belgilab oliş uçun öziga xos minbar böldi, deyiş mumkin.
Aytiş joizki maktablarni muqaddas dargohga aylantiradigan kuç ustozlar fidoyi mehnati, mahoratidir. Mazkur forum tumanimizda faoliyat yuritayotgan 4000 nafardan ortiq öqituvçi, 700 nafarga yaqin maktabgaça taʼlim taşkilotlarida mehnat qilayotgan tarbiyaçilar uçun tajriba almaşiş, yangi bilimlarni egallaşiga şaroit yaratdi.
Ikkinçi marta ötkazilayotgan Ustozlar milliy forumini tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼbasi mudiri Ibragim Rajabov oçdi va forum iştirokçilarini yaqinlaşayotgan yangi öquv yili bilan qutladi. Şuningdek, 2023-2024 öquv yilida taʼlim sohasida joriy etilayotgan yangiliklar haqida batafsil gapirdi va milliy forumda muhokama etiladigan masalalar, özaro tajriba almaşuvlar boşlanayotgan öquv yili sifatli va samarali bölişiga poydevor bölişini taʼkidladi.
Ikki smenada taşkil etilgan forumda tumanimizdagi maktablar direktorlari, öquv işlari böyiça örinbosarlari hamda 12ta fan öqituvçilari iştirok etişdi. Har bir fandan trener öqituvçilar tomonidan 2023-2024 öquv yilida joriy etilayotgan yangiliklar, jumladan, mezonlarga asoslangan yangi baholaş tizimi, öquvçilarda XXI asr könikmalarini rivojlantiriş, loyihaga asoslangan taʼlim mavzulari böyiça trening maşğulotlari ötkazildi va yangi öquv yili öquv rejasi va darsliklar haqida maʼlumotlar berildi.
Şuni eʼtirof etiş kerakki, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspektsiyasining 2022-yil oktyabr oyida eʼlon qilingan “Milliy reyting – 2021” natijalariga köra, tumanimiz Qoraqalpoğiston Respublikasida 7-örinni egallagan. Albatta yomon körsatkiç emas.
Biroq tumanda bu körsatkiçni yaxşilaş uçun kadrlar, pedagoglarning salohiyati yetarli. Maktablar quvvati 32 ming 635-örinli. Taʼlim olayotgan öquvçilar esa 38 ming 476 nafarni taşkil etadi. 4064 nafar öqituvçilarning 3798 nafari oliy maʼlumotli, 282 nafari oliy toifali, 284 nafari xalqaro va milliy sertifikatga ega ekanligi bu fikrimizni aniq dalillaydi.
Ötgan öquv yilida 81 nafar öquvçilarning turli xalqaro va milliy sertifikatlar olişga erişgani – darslar samaradorligiga erişiş, iqtidorli öquvçilarni öqitişga ijodiy yondoşiş davr taqozosi ekanligini körsatadi.
Bölib ötgan Ustozlar milliy forumida bular atrofliça muhokama qilindi, taʼlim sifatini oşiriş yuzasidan çora- tadbirlar belgilandi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶