MANĞITDA YaNGI SAVDO MARKAZI IŞGA TUŞIRILDI
Amudaryoliklar mamlakatimiz mustaqilligimizning 32 yilligini munosib qarşi oliş uçun tayyorgarlik qizğin tus olayotgan şukuhli damlarda – şu yilning 20-avgustida quvonçli voqeaning guvohi böldilar: Manğit şahrining Boyovul mahallasi hududida “Şohjahon” savdo markazi iş boşladi.
Ilgari töla foydalanilmay turgan ikki qavatli zamonaviy uslubda qurilgan binoni ijraga olib iş boşlagan tadbirkor Dostonbek Bobojonov tumanimiz aholisiga zamonaviy talablar asosida savdo xizmati körsatişni maqsad qilgan. Savdo markazi taşqaridan salobatli körinadi va içkarisi ham şinam, körkam bölib, bu yerda xaridorlar uçun ham, sotuvçilar uçun ham munosib şaroitlar yaratilgan. Mazkur savdo markazining oçiliş marosimi manğitliklar uçun esda qolarli voqea böldi.
Tadbirda tuman hokimi örinbosari Faxriddin Yusupov, Boyovul mahalla fuqarolar yiğini raisi Erkin Husainov, mahalla faollari, tadbirkorlar, “Yusuf Eşon bobo” jomʼe masjidi va hududlar imomlari iştirok etdilar.
Tadbirni Boyovul mahalla fuqarolar yiğini raisi Erkin Husainov oçdi va yangi faoliyat boşlayotgan tadbirkorni savdo markazini işga tuşirayotgani bilan qutladi. Tabriklardan söng Dostonbek Bobojonov barça yiğilganlarni savdo markazi içkarisiga taklif etdi va markaz faoliyati bilan taniştirdi.
Taʼkidlanganidek, savdo markazida maişiy texnikalar, uy jihozlari, mebellar, smartfon va gadjetlar, kompyuter texnikalari arzon va maqbul narxlarda sotiladi.
Markazda maşhur va işonçli işlab çiqaruvçilarning jami 30 mingdan ortiq turdagi mahsulotlari sotuvi yölga qöyilgan.
Eʼtiborli jihati şundaki, mahsulotlarga tölovlarni 3 oydan 3-yilgaça bölgan muddatda bölib tölaş imkoniyati mavjud. Buning uçun ortiqça ovoragarçiliklarsiz sanoqli daqiqalarda hujjatlar rasmiylaştiriladi. Yurtdoşlarimizga bayram arafasida foydali xaridlarni taklif etayotgan “Şohjahon” savdo markazi xodimlari xaridorlarga sifatli xizmat körsatişga harakat qilişayapti.
Savdo markazi işga tuşirilişi munosabati bilan bu yerda 11 nafar yurtdoşlarimiz doimiy iş bilan taʼminlandi.
Şunisi eʼtiborliki, xalqimiz turmuşi farovonlaşib borayotgani sari ularning zamonaviy axborot texnologiyalari va maişiy texnikalarga, uy jihozlariga talabi ham ortib bormoqda. Şu maʼnoda olib qaraydigan bölsak, “Şohjahon” savdo markazining işga turişilişi yurtdoşlarimizga xarid qilişda tanlaş imkoniyatini kengaytirgani bilan ham ahamiyatli böldi.
Oçiliş marosimiga taşrif buyurgan mehmonlar va ilk xaridorlarga rastalardagi mahsulotlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Öz navbatida mehmonlar ham yangidan tadbirkorlik faoliyatini boşlayotgan Dostonbek Bobojonovga va uning hamkorlariga işlari öngidan kelişini tilab duo qildilar.
Sevara ISMOILOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶