Bayram oldidan oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlari yarmarkasi taşkil etildi
Mamlakatimizda har yili eng uluğ, eng aziz bayramimiz – istiqlolga erişilgan kun va Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratiş va mahsulotlar tannarxining barqarorligini saqlaş uçun oziq-ovqat, qişloq xöjaligi mahsulotlari yarmarkalari ötkaziladi. Yurtimizning barça şahar, tumanlari markazlarida hamda aholi ziç yaşaydigan hududlarda arzonlaştirilgan savdo yarmarkalari taşkil etilişi yurtdoşlarimizga ulkan qulaylik yaratmoqda.
Butun mamlakatimizda bölgani kabi tumanimizning “Manğit dehqon bozori” masʼuliyati çeklangan jamiyati qoşidagi “Manğit-bozor erkin xarid” MÇJ tomonidan ham arzonlaştirilgan oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlari yarmarkasi faoliyati yölga qöyilgani mustaqillik bayrami arafasida tumanimiz aholisi quvonçiga quvonç qöşdi. Muhim sanalar, bayramlar munosabati bilan birovni yöqlaş, yaqin qarindoşlar, birodarlarni mehmonga çaqirib siylaş, dildan suhbat qurib, quvonçini baham köriş xalqimizga xos azaliy qadriyatlardandir. Aslida ham qaçonki uyimizga mehmon kelsa, könglimiz quvonçdan yayrab, ularni eng mazali mevalar bilan siylagimiz keladi, dasturxonga şirin taomlar tortiş orqali mehmonga hurmat-ehtiromimizni ifoda etamiz.
Şunday qutluğ kunlarda içki istʼmol bozorini töldiriş, narxlarni barqarorlaştiriş maqsadida oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlari yarmarkalari faoliyati yölga qöyilganligi nur ustiga aʼlo nur bölayapti.
Manğit Dehqon bozori oldida taşkil etilgan yarmarkada mahsulotlar serob ularni plastik kartalar orqali ham xarid qiliş imkoniyati ham yaratilgan. Şu yilning 15-avgustidan 15-sentyabrigaça davom etadigan yarmarkada tumanimiz aholisi har kuni soat 8:00dan 20:00gaça oilasi ehtiyoji uçun asosiy oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlarini xarid qilişlari mumkin, Savdo yarmarkasini hududiy taʼminot korxonalari, tumandagi dehqon, fermer xöjaliklari sifatli va xavfsiz mahsulotlar bilan taʼminlab turişibdi. Savdo nuqtalarida sotuvçilar uçun ham zarur şaroitlar yaratilganligini ham eʼtirof etiş joiz.
Yarmarkada har kuni 18ta savdo örnida qoramol göşti, qaymoq, un, paxta va kungaboqar yoğlari, tuxum, kartoşka, piyoz, sabzi, qovun, tarvuz, baqlajon kabi mahsulotlar uzluksiz sotilmoqda.
Eʼtiborli jihati yarmarkadagi un va paxta, kungaboqar yoği va tovuq göştidan taşqari barça mahsulotlar tumanimiz mehnatkaşlari mehnatlaridan yaratilgan mahsulotlardir. Tovuq göşti hozirça Xorazmdan, “Urganç, Umid yulduzlari” xususiy korxonasidan keltirilayapti. Yaqin kunlarda tumanimizning parrandaçilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlari yetiştirayotgan parhez göştlari savdoga çiqariladi.
Yoz oxirlab borayapti. Ötayotgan har bir kun bizni mamlakatimiz mustaqillikka erişgan qutluğ sana – 1-sentyabrga yaqinlaştirayapti. Butun yurtimiz böylab istiqlol şukuhi kezib yurgan bugungiday quvonçli kunlarda arzonlaştirilgan oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlari yarmarkasi şu aziz Vatanda inson qadri uluğ ekanligidan dalolat bermoqda.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶