22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 16:56
Jamiyat 👁 215

“YuKSAK MAʼNAVIYaTLI VA AXLOQLI YoShLAR – KELAJAK POYDEVORI” GRANT LOYIHASI DOIRASIDA TADBIR BOʻLIB OʻTDI

“YuKSAK MAʼNAVIYaTLI VA AXLOQLI YoShLAR – KELAJAK POYDEVORI” GRANT LOYIHASI DOIRASIDA TADBIR BOʻLIB OʻTDI

Turli mafkuraviy xurujlar avj olgan bugungi davr yoshlar tarbiyasini qatʼiy nazoratga olgan holda ularning maʼnaviyatini yuksaltirish, yosh avlod ongida Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhini shakllantirishni taqozo etmoqda. Shu bois, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni mafkura maydonining xatarli xurujlaridan himoya qilish, maʼnaviy dunyosini boyitishga qaratilgan turli tadbirlar, koʻrik-tanlovlar oʻtkazishga, bepul kutubxonalar tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada Amudaryo televideniyesi tomonidan “Jaholatga qarshi - maʼrifat” tamoyili asosida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish va ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish maqsadida “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – jamiyat poydevori” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

15-avgust sanasida Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini bilan hamkorlikda mahalla faol ayollari, ibratli oila bekalari, koʻcha boshchi onaxonlar va probatsiya tarkibida roʻyxatda turgan, himoya orderiga ega ayol-qizlar ishtirokida oʻtkazilgan tadbirda ham yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, jinoyatchilikning oldini olish borasida MFYda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama etildi.

Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish, jinoyat sodir qilishga moyil, muqaddam sudlangan va jinoyat qilgan shaxslar bilan ishlashish, aynan shunday toifadagi shaxslarni sogʻlom hayotga qaytarish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tufayli 2023-yilning aprel va iyun oylari oraligʻida oilaviy nizolar tufayli ajrashish holatiga kelib qolgan ikkita yosh oila yarashtirildi. Shuningdek, hududiy profilaktika inspektori, MFY raisi va yigʻin Kengashi aʼzolarining saʼy-harakatlari, MFY huzuridagi oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi aʼzolarining fidoyiliklari tufayli oilalarda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi shifokorlari bilan hamkorlikda “Giyohvandlik – umr kushandasi”, “Sogʻlom turmush tarzi bilan sogʻlom kelajak sari”, “Sogʻlom ona – sogʻlom farzand va sogʻlom oila” mavzularida oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tibbiy suhbat tarzidagi tadbirlarga aholining barcha qatlamlari qamrab olinayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirda Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli Mohira Oʻrozboyeva xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish, tazyiq va zoʻravonlik tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan ayol-qizlarni himoyalash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, jinoyat qilishga moyil va muqaddam sudlangan ayol-qizlar bilan ishlashishda Amudaryo tuman IIB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori Inobat Oʻrozmatova bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar oʻzining ijobiy samarasini berayotgani xususida batafsil toʻxtaldi.

Shundan soʻng, IIB xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori Inobatxon Oʻrozmatova Yangiobod mahallasi fuqarolari orasida jinoyat qilishga moyil va probatsiya tarkibida roʻyxatga olingan shaxslar bilan ishlashish yaxshi yoʻlga qoʻyilgani, shunday boʻlsa-da, “oʻz uyingni oʻzing asra” tamoyili asosida ish tutish, har bir ota-ona farzandining yurish-turishiga eʼtiborli boʻlishlari zarurligini taʼkidladi. Mahallada himoya orderiga ega ayol-qizlar holidan xabar olish, ular hayotiga oid muammolarni ijobiy hal etishda yaqindan koʻmaklashish har bir ongli insonning odamiylik burchi ekanligini qayd etdi.

Ayniqsa, hududiy profilaktika inspektori tomonidan muntazam ravishda oʻtkazilayotgan “Tigʻ”, “Xavfsiz tun” profilaktik tarbiyaviy tadbirlar tufayli yangiobodliklar hayoti tinch, osoyishta ekanligi alohida eʼtirof etildi.

Tadbir davomida “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” loyihasi koordinatori, jurnalist Robiya Yoʻldosheva har qanday sogʻlom jamiyat, sogʻlom hayotning asosi yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar ekanligini alohida qayd etib, mazkur loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan provard natijalar va bu loyihada xalqning ishtiroki xususida batafsil toʻxtaldi.

Tadbirda Yangiobod MFY faoli Ziyoda Xalillayeva soʻzga chiqib, mahalladoshlarini yosh avlodni oila qadriyatlari, milliy-maʼnaviy urf-odat va anʼanalar ruhida tarbiyalash borasida doimiy hamjihatlikda ish tutishga daʼvat etdi. Shu bilan birga birdamlik xalq uchun juda katta kuch, yengilmas iroda ekanligini taʼkidladi.

Tadbir yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish, jinoyat sodir qilishga moyil, muqaddam sudlangan, shaxslar bilan ishlashishda mahalla ahlini yanada birdam, jips boʻlishga davʼat etuvchi fikr almashuvlar asosida, samimiy va oshkora vaziyatda oʻtgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026