17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 16:35
Jamiyat 👁 260

Xotin-qizlar bandligini taʼminlashga katta eʼtibor qaratilmoqda

Xotin-qizlar bandligini taʼminlashga katta eʼtibor qaratilmoqda

Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan “Besh tashabbus – besh imkoniyat!” loyihasining ish rejasi boʻyicha turli tadbirlar, uchrashuvlar, tanlovlar oʻtkazilib kelinmoqda. Prezidentimizning besh muhim tashabbusidan birinchi tashabbusi doirasida oʻtkazilayotgan yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga qaratilgan tanlovlar, davra suhbatlari, tadbirlar ham shular jumlasidandir.

Ikkinchi tashabbus doirasida yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyish qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida tashkilot qoshida trenajyorlar xonasi tashkil qilindi. Uchinchi tashabbus doirasida yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishga qaratilgan tadbirlar, “Ochiq darslar” oʻtkazilmoqda. Toʻrtinchi tashabbus doirasida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tanlovlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, “Kitoblar karvoni” tadbirlari tashkil qilinmoqda. Beshinchi tashabbus doirasida esa yosh ayol-qizlarni ishga joylashtirish maqsadida uchrashuvlar tashkil qilinib, oʻzini oʻzi band qilgan va tadbirkorlik bilan shugʻullanib, daromad topayotgan yosh ayol-qizlarning ish tajribalari ommalashtirilmoqda.

Ishbilarmon, tadbirkor, oʻzini-oʻzi band qilgan holda, uy sharoitida mehnat qilib daromad topayotgan ayol-qizlar haqida “Taraqqiyot koʻzgusi”, “Mening oilam” gazetalarida maqolalar, Amudaryo televideniyesi orqali telekoʻrsatuvlar namoyish qilib borilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida tashkilot masʼullari manzilli qoʻllab-quvvatlash daftarlariga kiritilgan xotin-qizlarning bandligiga koʻmaklashish maqsadida oʻzini-oʻzi band qilgan holda uy-sharoitida mehnat qilib daromad topayotgan Yangiobod mahallasida istiqomat qiluvchi ayol-qizlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Yangiobod mahallasida hozirgi kunda 378ta xonadonda 510ta oilada 1905 nafar aholi istiqomat qilmoqda. Mahallada davlatimiz tomonidan belgilangan muhim yoʻnalishlar asosida kambagʻallikni qisqartirish, aholining ish bilan bandligini taʼminlash, obodonlashtirish ishlari ijobiy tarzda qoʻlga olinmoqda. Mahalla ahli xizmat koʻrsatish va savdo yoʻnalishlari hamda qoʻshimcha oʻsish nuqtalari – tomorqa yerlariga issiqxona qurish, parrandachilik va chorvachilik bilan shugʻullanib qoʻshimcha daromad olishni maqsad qilib qoʻygan. 3ta korxona, 2ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subʼekti yangidan ochilib, 3ta korxonaga kredit mablagʻi ajratib berildi.

Yangiobodlik 50 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari asosida 850,6 million soʻmlik kreditlar ajratildi. 52 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlandi. Shundan 24 nafari xususiy sektorda ishga joylashgan boʻlsa, 3 nafari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etildi, 25 nafari esa oʻzini oʻzi band qildi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan Klara Rajabovaga “Yoshlar daftari” subsidiyasi asosida 5 mln. 300 ming soʻmlik tikuv mashinasi olib berildi.

Shu xonadon bekasi Rohatoy Xalillayevaga esa oʻz arizasiga binoan 24 million soʻmlik elektromotoroller olib berildi.

Bunday xayrli ishlar tumanimizning Farovon mahallasida ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Mahallada jami 71 nafar ayol-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Yil boshidan buyon mahalladagi 60 nafardan ortiq fuqaroga ish bilan bandligini taʼminlash uchun tavsiyanomalar berildi.

Mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi Muqaddas Beknazarovaning tashabbusi bilan mahalladagi ayol-qizlar oldida turgan asosiy muammo – ishsizlikni bartaraf etishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Mahallada yashovchi Iroda Yoʻldoshevaga har xil pishiriqlar, toʻy dasturxoni uchun turli taomlar tayyorlash mumkin boʻlgan 33 million soʻmlik uskunalar olib berildi. Nafisa Ollayorova esa subsidiya asosida xarid qilingan tikuv mashinasida turli xil bichimdagi kiyimlarni buyurtma asosida tikib, barchaning minnatdorligiga ega boʻlmoqda. Oʻz-oʻzini band qilib, uy sharoitida daromad topishni niyat qilgan 4 nafar ayolga ham ana shunday tikuv mashinalarini olib berish rejasi tuzilgan. Tikuvchi Nafisa Ollayorova mahalla rahbariyatining oʻziga yaratib bergan bu imkoniyatidan juda minnatdor.

Bunday xayrli ishlar tumanimizning barcha mahallalarida ham jadal tarzda davom ettirilmoqda.

Oʻrozali REYIMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026