MANĞITDA YaNGI YoĞ-MOY ZAVODI IŞGA TUŞIŞ ARAFASIDA
Bugungi kunda Özbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy-madaniy aloqalari tobora rivojlanib bormoqda. Natijada mamlakatimiz dunyoning yetakçi davlatlari bilan hamkorlikni yölga qöymoqda.
Aytiş joizki, işlab çiqarişni madernizatsiyalaş, mahalliylaştiriş, import örnini bosuvçi tovarlarni işlab çiqariş va köpaytiriş bugungi kunning asosiy talabidir. Bu tabiiy resurslar, qişloq xöjaligi mahsulotlari, işçi kuçi mavjud çekka hududlarda işsizlikni bartaraf etişda ham özining ijobiy samarasini beradi.
Amudaryo tumanida masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi zavodi qoşida yoğ-moy işlab çiqariş zavodi faoliyati ham yölga qöyilayotganligi tufayli yana 100 nafardan ziyod amudaryoliklar iş bilan taʼminlanadi. Xitoy texnologiyasi asosida faoliyat yuritadigan zavod paxta-töqimaçilik klasteri sifatida faoliyat yuritayotgan xorijiy korxonada qayta işlaş jarayonida paxtadan ajralib çiqqan çigitdan yoğ-moy işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.
Ayni kunda zavodda Jizzax yoğ-moy zavodidan kelgan tajribali texnologlar va texnologiyani örnatişda iştirok etgan mutaxassislar iştirokida mahsulot işlab çiqariş jarayoni közdan ötkazilmoqda va sinov tariqasida mahsulot işlab çiqarilmoqda.
Uşbu texnologiyalarni örnatişga Investitsiya dasturi doirasida 3,5 million AQŞ dollari miqdorida kredit mablaği va “Amudaryotex” xorijiy korxonasining 27 milliard 339 million söm mablaği sarflandi.
Zavodda örnatilgan texnologiya yiliga 10 ming tonna yoğ-moy işlab çiqariş quvvatiga ega va paxta çigiti yoği, kungaboqar yoği, soya yoği işlab çiqariş imkoniyatiga ega.
Zavodda ayni kunda texnologiyalarni sozlaş, uskunalarni sinovdan ötkaziş işlari olib borilayapti. Şuningdek, işga qabul qilingan işçilarga texnologik uskunalar hamda iş jarayonlarni boşqariş örgatilayapti.
Zavodda yoğ-moy işlab çiqariş uçta bosqiçda, yaʼni uçta tsexda amalga oşiriladi. Eng oxirgi bosqiçda mahsulot tozalanib, isteʼmolga yaroqli holga keltiradi.
Paxtani qayta işlaşga möljallangan masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi yiliga 10 ming tonnalik yoğ-moy işlab çiqariş quvvatiga ega yangi zavodni işga tuşirişi natijasida yurtimiz aholisiga sifatli paxta, kungaboqar va soya yoğini yetkazib beriş imkoniga ega böliş birga, tumanimiz iqtisodi yuksalişiga ham munosib hissa qöşadi. Şuningdek, yuz nafardan ziyod işsiz fuqarolarning bandligini taʼminlaydi.
Yurtimizda bugungi kunda yangi işlab çiqariş korxonalarini taşkil etiş orqali aholi bandligini taʼminlaş, importni qisqartiriş va eksportni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yangidan iş boşlaş arafasida turgan yoğ-moy zavodi ham tumanimiz aholisining hayoti yana ham farovonlaşişiga xizmat qiladi, albatta.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶