14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 16:34
Jamiyat 👁 279

“OBOD MAHALLAM” NOMLI GRANT LOYIHASI DOIRASIDA KENG KOʻLAMLI OBODONLAShTIRISh IShLARI OʻTKAZILDI

“OBOD MAHALLAM” NOMLI GRANT LOYIHASI DOIRASIDA KENG KOʻLAMLI OBODONLAShTIRISh IShLARI OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Obod mahallam” nomli grant loyihasi doirasida keng koʻlamli tadbirlar, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihaga koʻra ovul va mahallalarda oʻtkazilayotgan uchrashuvlar, davra suhbatlari davomida atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari, ularda koʻrsatilgan talablarning buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish kabilar borasida keng tushunchalar berilmoqda, aholining ekologiyaga oid bilimlari kengaytirilmoqda.

28-iyul kuni loyiha rejasiga koʻra “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasi tomonidan Mangʻit shahri va shahar atrofidagi hududlarda joylashgan ovul va mahallalarda sanitariya holati va ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng targʻib qilish maqsadida tadbir oʻtkazildi.

Boʻlinma xodimlari dastlab Olmazor mahallasida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlarini tashkil qilishdi. Ushbu tadbirga jalb etilgan jamoatchi ishchilar va mahalla ahli oʻz xonadonlari atrofini, koʻchalar va mahalladagi tashkilotlar binolari oldilarini tozalashdi, ariq va zovurlardagi oʻt-chimlarni chopib, daraxtlarning qurigan shoxlarini kesishdi. Oʻz xonadonlari oldidagi gulzorni begona oʻtlardan tozalab, yoʻllarga suv sepib, sarishta qilishdi, atrofga yanada fayz baxsh etishdi.

Xuddi shunday ezgu ishlar Boyovul mahallasining “Bahor” koʻchasida ham davom ettirilib, barcha birdek jam boʻlgan holda oʻz xonadonlari atrofini tozalash, obodonlashtirish ishlarini erta tongdanoq boshlab yuborishdi. Yoshlar daraxtlardagi qurigan shoxlarni kesib, bir joyga toʻplashdi, begona oʻtlarni chopib, butalarga shakl berishdi, atrofini tekislashdi. Ayol-qizlar esa uy atroflari va koʻcha yuzlariga suvlar sepib, atrofga chiroy, koʻrkamlik baxsh etishdi.

Taʼkidlash joizki, loyiha ish rejasida fuqarolar yigʻini hududining sanitariya va ekologiya holatini nazorat qilish, uni obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashishdan tashqari, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining bajarilishini taʼminlashda, aholi punktlarini obodonlashtirish va ularning sanitariya holatini yaxshilashga doir tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish ham koʻrsatilgan.

Shunga koʻra fuqarolar yigʻini va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda Oʻrtaqalʼa ovulidagi ichki koʻchalardan birida yoʻlni tekislash, kengaytirish ishlari ham tashkil etildi.

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, fuqarolar yigʻini va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan ushbu xayrli ishlarga shu hududda yashovchi aholi ham bosh qoʻshgani ish unumini yanada oshirdi. Yoʻllar tekislanib, kengaytirilganidan, katta koʻchaga chiqish uchun toʻgʻri yoʻl chiqarilganidan, uzogʻi yaqin boʻlganidan mahalla fuqarolari juda mamnun boʻlishdi va tashkilotchilarga oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Grant loyihasi doirasida aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar oʻrtasida ekologik taʼlim va tarbiya tizimini rivojlantirish, ularni atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga daʼvat qilish kabi targʻibot ishlarini amalga oshirish ham koʻzda tutilgan. Shuning bilan birga mahallalar, koʻchalar va hovlilar hududlarini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish borasida faollik koʻrsatayotgan yurtdoshlarimizni elga namuna qilib koʻrsatish, shu orqali aholining qalbida va ongida atrof-muhit tozaligi va ozodaligiga masʼuliyat bilan yondoshish burchini shakllantirish nazarda tutilgan.

Loyihaning yana bir amaliy vazifasi – “Yashil makon” umumilliy dasturi doirasida Toʻlqin ovulida 70 sotix, Bobur ovulida 20 sotix, Qum yop mahallasida 20 sotix, Choykoʻl ovulida 20 sotix, Qilichboy ovulida 10 sotix maydonda “Mahalla bogʻi” yaratilishiga koʻmaklashilgani boʻldi. Ushbu bogʻlarda ekilgan turli manzarali va mevali daraxtlar koʻchatlari bugungi kunda shu hududdagi bogʻbon, dehqonlar tomonidan parvarish qilinmoqda. Gurkirab oʻsayotgan nihollar kun sayin koʻkka boʻy choʻzib, ovul va mahallalar koʻrkiga koʻrk qoʻshib, ekologik muhit yaxshilanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Loyiha doirasida Farovon mahallasi hududida ham “Mahalla bogʻi” yaratilib, yashil hududlarni koʻpaytirish hissa qoʻshildi.

Shu kuni Boʻston mahallasida ham hududdagi koʻchalarga tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tosh yotqizish ishlari oʻtkazildi. Kerakli texnikalar yordamida keltirilgan tosh-shagʻal yoʻllarga yoyilib, tekislab chiqildi. Endilikda avtomobillar, piyodalar yurishi uchun qulaylik yaratilganidan, atrof-muhit sarishta boʻlib, fayz kirganidan mahalla fuqarolari nihoyatda mamnun boʻldilar. Oʻzlari ham qoʻldan kelguncha yordam koʻrsatib, ish unumi oshishiga hissa qoʻshishdi.

Grant loyihasi doirasida hududlarda oʻtkazilgan atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlarida hamkor tashkilotlar bilan birga fuqarolar ham faol qatnashishdi.

Koʻchalarni orasta tutish, chor-atrofning saranjom-sarishtaligiga eʼtibor berish, ona tabiatni asrab-avaylash, bogʻ-rogʻlar yaratish kabilar ham oʻzbekona qadriyatlarga hamohangdir. Zero, obodlik bilan yurtga fayz, baraka kiradi. Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ushbu xayrli va ezgu ishlar boshqa hududlarda ham davom etadi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019