22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 18:08
Jamiyat 👁 317

Mehnatdan baxt topgan qishloq ayoli

Mehnatdan baxt topgan qishloq ayoli

Qishloq ayoli haqida gap ketganda, avvalo qoʻllari mehnatdan qadoq boʻlgan, quyoshda yuzlari qoraygan erta-yu kech dala ishlari bilan band boʻlgan mehnatkash va soddadil ayollar koʻz oʻngimizda gavdalanar edi. Lekin, bundan oʻn yilcha oldingi qishloq ayoli bilan bugungi kunning qishloq ayoli oʻrtasida katta farq bor. Keng dunyoqarashga, yuksak bilim va salohiyatga ega boʻlgan qishloq ayollari bugun jamiyatning faol qatlamiga aylanib, oʻzining shaxsiy pozitsiyasini koʻrsatmoqdalar. Ular qishloq hududlarda yashasalar ham, shaharnikidan aslo kam boʻlmagan munosib sharoitlarda yashab, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida oʻz fikri bilan ishtirok etmoqdalar.

Amudaryo tumanining Qilichboy ovulida yashovchi Muqaddas Allaberganova ham mana shunday ayollardan. U 1973-yilda Qilichboy ovulida tugʻildi va shu ovulda voyaga yetdi.

Oʻrta maktabdan soʻng, 1995-yilda Nukus davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatib, Feruz Kamolov bilan oila qurdi. Ziyoli oilada barkamol farzandlar tugʻilib voyaga yetadi. Oilaning toʻngʻich qizi Layloxon ham onasining kasbini tanladi. Ikkinchi farzand Zilolaxon esa Nukus davlat pedagogika institutining chet tillari fakulteti talabasi, uchinchi farzand Dinoraxon esa Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida tahsil oladi. Uch nafar qizdan keyin tugʻilgan kenjatoy oʻgʻil Behruzbek esa 83-sonli maktabda 7-sinf oʻquvchisi. U ham opalari singari oliy oʻquv yurti talabasi boʻlib, oʻz kasbining yetuk mutaxassisi boʻlishni niyat qilgan. Ota-ona uchun uchta qizga yaxshi tarbiya berish, ularni oilali, oʻqimishli qilishdan ortiq baxt boʻlmasa kerak.

Erta tongdan to shomgacha tinim bilmaydigan Muqaddas opa 83-sonli maktabda ona tili va adabiyot, qoraqalpoq tili fanlaridan dars beradi. Shu bilan birga repetitorlik faoliyati bilan ham shugʻullanadi. Ayni kunlar taʼtil vaqti boʻlsa ham, oʻz oʻquvchilari bilan mushoira kechalari oʻtkazib, ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishlariga yordam bermoqda.

Bundan tashqari, Muqaddas opa moʻjazgina qoʻgʻirchoq teatrini tashkil qilgan. Uning oʻz qoʻllari bilan yasagan qoʻgʻirchoqlari yordamida iqtidorli oʻquvchilari maktabgacha taʼlim muassasalarida, oromgohlarda bolalarga sahna koʻrinishlar tayyorlab namoyish qiladilar.

Bu hali hammasi emas. Muqaddas opa yoshlik paytidan toʻqish bilan ham shugʻullanib keladi. Uni mashhur toʻquvchilardan biri deb bemalol ayta olamiz. Koʻplab shogirdlar yetishtirib, ularga ham toʻqishning sir-asrorlarini puxta oʻrgatib kelmoqda. Uning toʻqigan kiyimlari, bejirimliligi, sifati bilan ichki bozorlarimizda ancha xaridorgir. Oʻzining asosiy kasbidan tashqari toʻqish bilan shugʻullanib, oilasiga qoʻshimcha daromad olib kirayotgan oddiy qishloq ayoli kitob oʻqishdan, oʻz bilimi va tajribasini oshirishdan ham aslo charchamaydi. Muqaddas opaning shaxsiy kutubxonasida 2000 dan ziyod turli badiiy va ilmiy adabiyotlar jamlanmasi mavjud.

Oʻzining pedagoglik faoliyatini sidqidildan bajarib, oʻquvchilarning nafaqat bilimini balki dunyoqarashini oʻstirishga, ulaga hunar oʻrgatib, isteʼdodlarini yuzaga chiqarishga yordam berayotgan qahramonimiz ayollik, onalik vazifasini ham bekam-u koʻst bajarib kelmoqda.

U ertalabki soat 5 dan to tungacha tinim bilmaydi. Shogirdalari bilan shugʻullanib boʻlgach, non yopadi, tomorqasining ishlari bilan shugʻullanadi, sigir sogʻadi. Turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda barpo qilgan moʻjazgina bogʻda yoz va kuz faslining sarhil mevalarini terib, qishga ozuqa gʻamlaydi, tinib-tinchimas oddiy qishloq ayolining har bir kuni shunday oʻtadi.

U oʻzini dunyodagi eng baxtli inson deb biladi. Mehnatdan qoʻllari aslo charchamaydi. Mehnat qilib hech kim kam boʻlmasligini, oʻz mehnating bilan topgan non dunyodagi eng shirin non ekanligini biladi.

Darhaqiqat, Muqaddas opa singari koʻplab qishloq ayollari hayot tashvishlariga oʻralashib qolmasdan, yurt rivoji va xalq farovonligi yoʻlida mehnat qilmoqda. Ularning koʻngli qishloqning kengliklari kabi keng. Ushbu ayollar boriga qanoat qilib, yoʻgʻini yashirib, borini oshirib yashayotgan ayollardan. Qishloqda shahardagi kabi sharoitlar boʻlmasa-da, ular aslo nolimaydilar. Oʻtayotgan har bir daqiqasidan unumli foydalanib boshqalarga oʻrnak boʻlgulik darajada hayot kechirmoqdalar.

Fotima Eshimbetova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026