“Obod mahallam” nomli grant loyihasiga doirasida Jumurtov shaharchasida tadbir oʻtkazildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan “Mahallalarda obodlikni taʼminlash, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, aholining tibbiy va ekologik madaniyatini oshirish” mavzusida eʼlon qilingan 5-grant tanlovida Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tuman boʻlinmasi “Obod mahallam” nomli loyihasi bilan ishtirok etib, 40,0 mln. soʻm grant mablagʻini yutub oldi.
Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasining ushbu loyihani amalga oshirishdagi asosiy maqsadi – atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga hissa qoʻshish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan hamkorlikda jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish, aholining ekologiyaga oid bilimlarini kengaytirish maqsadida uchrashuvlar, davra suhbatlari, tanlovlar tashkil qilish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, atrof-muhit muhofazasiga hissa qoʻshishdan iborat.
Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasining “Obod mahallam” nomli grant loyihasi ish rejasi
2022-yilning dekabr oyidan 2023-yilning dekabr oyigacha 12 oyga moʻljallangan. Joriy yil iyun oyi uchun belgilanagan ish rejasiga muvofiq atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarini aholining keng qatlamiga tushuntirish maqsadida Jumurtov shaharchasida Oq oltin hududidagi ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda Oq oltin hududidagi ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari va Jumurtov shaharchasi mahallakomlari hamda faollaridan jami 36 nafar kishi qatnashdi.
Uchrashuvda atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarini aholining keng qatlamiga tushuntirish maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasi raisi mutaxassisi X.Sultanov, Amudaryo tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi shuʼba mudiri B.Turabayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekalogiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining Amudaryo tuman inspektsiyasi inspektori I.Kenjabayevlar qatnashib, maʼruza qildilar hamda masalaga oid tarqatma materiallar tarqatildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶