Suğoriş tizimiga yangiça yondaşuv böyiça fermer xöjaligi raxbarlari, suvçi irrigatorlar, bank xodimlariga öquv seminar taşkil etildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 18-aprel kuni suv xöjaligida amalga oşirilayotgan loyihalar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazgan edi. Yiğiliş avvalida suv yöqotilişi, nasos stantsiyalarining energiya isteʼmoli köpligi, suv zaxiralari kamligi hamda suv tejovçi texnologiyalar bilan boğliq bölgan 4 ta katta masala muhokama qilindi. Yiğilişda kanallarning foydali iş koeffitsiyenti pastligi va içki tarmoqlarda suv köp yöqotilişi oqibatida qişloq xöjaligida yiliga 4 milliard 800 million dollar kam daromad olinayotganligi taʼkidlanib, yangiça suğoriş tizimini joriy qiliş böyiça topşiriqlar berildi.
Mazkur topşiriqlar ijrosini taʼminlaş maqsadida Agrobank, Suv xöjaligi vazirligi va “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamkorligida Suvçilar maktabi taşkil etilib Respublikamizning barça tumanlarida joylarga çiqqan holda fermer xöjaligi rahbarlari, suvçi-irrigatorlar, bank xodimlarini öqitiş vazifasi yuklatildi.
Amudaryo tumanida ham Suvçilar maktabining tajribali öqituvçilari tomonidan tumandagi fermer xöjalik raislari, bank va irrigatsiya bölimi xodimlari uçun öquv-seminar taşkil etildi. Öquv seminarda Suvçilar maktabini taşkil etişdan közlangan maqsad va maktabning asosiy vazifalari xususida batafsil maʼlumot berildi.
Sektorlar kesimida guruhlarga bölingan iştirokçilarga 3 kun davomida malakali mutaxassislar sohaga oid bilim va könikmalarni berdilar.
Taʼkidlab ötilganidek, yildan yilga havo haroratining va aholi sonining oşişi, yoğin miqdorining keskin kamayib ketişi hisobiga suv zahirlariga bölgan talab ham tobora ortib bormoqda.
Qolaversa, suğorma dehqonçilikda foydalanadigan suv zaxiralarimizning 80 foizi transçegaraviy daryolar hisobiga töğri kelişi, çegara hududlarda joylaşgan qöşni davlatlarda ham suvga bölgan talabning oşib borişi suv zaxiralarining keskin kamayişiga sabab bölmoqda.
Seminar davomida yaqin kelajakda oldimizda kutib turgan mazkur muammolarning oldini oliş uçun amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlar xususida söz yuritildi.
Taʼkidlab ötilganidek, buning uçun zamonaviy suğoriş usullariga ötilişi lozim. Zamonaviy suğoriş usullaridan biri sifatida yopiq quvurli suğoriş tizimini joriy qiliş va uni tajribada sinab köriş közda tutilmoqda.
Ayni kunlarda uşbu loyiha xarajatlarini qisqartiriş, yopiq quvurli suğoriş tizimini joriy qiliş böyiça ikki yillik dastur işlab çiqilmoqda. Prezidentimiz özining videoselektor yiğilişida uzoq dalalarga suv nasos stantsiyalari yordamida yetkazilişi, ularning aksariyati eskiligi tufayli elektr energiyasi isteʼmoli juda yuqoriligini, hali birorta ham yirik nasos stantsiyasi muqobil energiya manbaiga ötkazilmaganini, şu bois nasos stantsiyalarini xususiy şeriklikka beriş, samarali loyihalarga qulay şartlarda kreditlar ajratilişi yölga qöyilişini aytib ötgan edi.
Şuningdek, videoselektor yiğilişida sel suvlarini kiçik manbalarda jamğariş mumkinligi, bu borada taşabbuskorlarni qöllab-quvvatlaş zarurligi taʼkidlangan edi.
Albatta, respublikamizdagi barça fermer xöjaliklari ommaviy ravişda zamonaviy suğoriş metodlariga ötayotgan bir jarayonda agrotexnik tadbirlar, moliyaviy qiyinçiliklar yuzaga kelişi tabiiy.
Suvçilar maktabi tomonidan taşkil etilayotgan öquv seminarlari fermer xöjaliklarining yuqoridagi kabi muammolarga duç kelmasliklari va suğoriş tizimida yangiça yondaşuvlarni tatbiq etişlarida muhim ahamiyat kasb etişi şubhasiz.
Fotima Eşimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶