Qoraqalpoğiston Respublikasi Prokurori örinbosari Yerpolat Qaipbergenov iştirokida sayyor qabul bölib ötdi
Bugun “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak” degan çaqiriq turmuşimizning barça sohalarida öz ifodasini topmoqda. Barça darajadagi davlat idoralari xalqimizning oğirini yengil qilişga baholi qudrat hissa qöşayotir. Ayniqsa Prezidentimizning “Aholi muammolari bilan işlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoniga muvofiq aholi va davlat organlari örtasida oçiq muloqot yölga qöyilib, dolzarb muammolar tilga olinmoqda va bu muammolar ijobiy hal etilmoqda.
12-iyul kuni Manğit şahrining Farovon mahallasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Prokurori örinbosari Yerpolat Qaipbergenov tomonidan ötkazilgan sayyor qabulda ham aholi turmuşidagi köpgina muammolar yeçim topdi.
Sayyor qabulda 2-sektor hududidagi mahalla tizimi xodimlari, tegişli korxona va taşkilot rahbarlari hamda öz muammolari bilan taşrif buyurgan fuqarolar iştirok etişdi.
Qabulda dastlab iştirokçilarga hukumatimizning aholi turmuşi farovonligini, sifatini oşiriş borasida olib borilayotgan işlar, bu borada qabul qilinayotgan qarorlar haqida qisqaça tuşuntiriş berildi. 2-sektor hududiga kiruvçi mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalarni qöllab-quvvatlaş, aholiga munosib turmuş şaroiti yaratiş, yoşlarning tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş sektor masʼullarining doimiy eʼtiborida ekanligi taʼkidlandi.
Şundan söng, aholi murojaatlari tinglandi. Qabul davomida 33 nafar fuqaro tomonidan turli mazmundagi murojaatlar kelib tuşdi. Şulardan 2 ta murojaat tergov va suriştiruv faoliyatiga oid bölsa, 31 tasi ijtimoiy sohaga oid murojaatlar böldi.
Uşbu murojaatlarning ayrimlari sektor masʼullari tomonidan ijobiy hal etildi, ayrimlariga aniq va muddat belgilanib, baʼzilariga batafsil tuşuntirişlar berildi. Hal qilinişi lozim bölgan murojaatlar yuzasidan tegişli masʼul xodimlarga topşiriqlar berilib, ijrosi uçun muddat belgilandi.
Şu örinda qayd etiş lozimki, bugun har bir fuqaro uçun barça davlat organlari va taşkilotlarining eşiklari oçiq. Davlat idoralari rahbarlari fuqarolarning murojaatlarini iş xonalarida emas, balki joyiga borib, haqiqiy holatni körgan va örgangan holda körib çiqmoqdalar.
Bu borada muhim vosita bölayotgan sayyor qabullar aholi muammolarini joyida, tez va samarali hal etiş imkonini berayotgani bilan ahamiyatlidir. Sayyor qabullarda iştirok etib, murojaat qilayotgan yurtdoşlarimiz esa davlat organlari va taşkilotlari oldiga vazifalar qöyayotgani sababli hududlarda yiğilib qolgan muammolarni aniqlaş va ularni bartaraf etiş işlari qisqa fursatlarda amalga oşirilmoqda. Bu esa hududlarimizning yanada rivojlanib, aholi turmuşining kun sayin farovon bölib borayotganining boş omili bölmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶