Sözi bilan amali bir fermer
Bugun yurtimizda yer olaman, ekin ekib, yurt ravnaqiga, mamlakat iqtisodiyotiga öz uluşimni qöşaman, aholining turmuş farovonligini yaxşilab, işsiz aholini iş bilan taʼminlayman degan fuqarolarimiz köplab topiladi.
Lekin yerdan unumli foydalaniş, bozorlarimizni sarxil meva-sabzavotlar bilan töliq taʼminlaş birmunça maşaqqatni talab etadi. Şunga qaramay, fermerlik kasbining bor maşaqqat va masʼuliyatini öz yelkasiga ortib yurtimiz rivojiga va aholi farovonligiga öz hissasini qöşib kelayotgan fermerlar soni tobora köpaymoqda.
Mamlakatimizda fermer, dehqon xöjaliklarini va tomorqa yer egalarini yanada rivojlantiriş, ularning faoliyat kölamini kengaytirişga ustuvor ahamiyat berilayotgani tufayli Amudaryo tumanining Oq oltin ovuli hududidagi “Xolbek-Elbek” fermer xöjaligi rahbari Inomjon Madraimovda ham fermerlik faoliyati bilan şuğullaniş istagi uyğondi. U öz faoliyatini 2015-yilda boşlagan edi. Faoliyatini boşlaganiga hali köp bölmasada işning közini bilgani uçun Amudaryoning eng ilğor fermerlari qatoridan joy oldi.
Joriy yilgi hosil uçun fermer jami 94,6 gektar ekişlik maydonining 50 gektar qismiga paxta, 22 gektariga buğdoy, 3 gektariga tarvuz, qolgan 19,6 gektariga turli dukkakli va moyli ekinlar, poliz mahsulotlarini ekdi.
Erta bahordan qadalgan uruğ navlari bugun özining barakali hosilini berib, unga katta daromad keltirmoqda. Ayniqsa, Inomjon Madraimovning fermer xöjaligi dalalarida yetiştirilgan neʼmatlar öziga xos, taʼmi-yu xususiyati bilan taxsinga loyiq. Bunda lafzi halol, fidoyi dehqonlarimizning mehnati mujassam.
Fermer xöjaligida yetiştirilayotgan sarxil mahsulotlar endilikda nafaqat xalqimizning, balki xorijliklar dasturxonini ham bezab, fayzini oşirmoqda. Ilğor fermer içki bozorlarimizni uşbu arzon va sifatli qişloq xöjaligi mahsulotlari bilan taʼminlabgina qolmasdan, yetiştirgan mahsulotlarini xorijga eksport qilmoqda. Bugungi kunda fermer xöjaligida 6 nafar işçi, 20 nafar pudratçi faoliyat yuritmoqda.
Keyingi yillarda butun dunyoda bölgani kabi yurtimizda ham suv taqçilligi sezilmoqda. Bu esa suvdan oqilona foydalanişni talab etadi. Taşabbuskor, innovatsion yondaşuvlarni işlab çiqarişda qöllaşni xuş köradigan fermer ğöza maydonlarini tomçilatib suğoriş usulidan ham foydalanmoqda.
Şu örinda aytiş lozimki, bugungi fermerlarimiz ongida tom maʼnoda tub burilişlar yasaldi. Bundan ön beş yil oldin daromad köriş, maşina olib, uy quriş maqsadida mehnat qilgan fermer bugun xöjaligi qoşida qayta işlaş korxonalari oçiş, yangi iş örinlari yaratib, yoşlarni iş bilan taʼminlaş niyati bilan yaşamoqda. Fermerlarimiz öz muammolarini yuqori minbarlardan turib gapirmoqda, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotida amalga oşirilayotgan izçil dasturlarda faol iştirok etmoqda.
Bularning bari istiqlol bois fermerlarga yaratilayotgan qulay şart-şaroit va imtiyozlar tufaylidir. Tinib-tinçimas va mehnatkaş fermerning bundan keyingi işlarida hamişa omad yor bölişini tilaymiz!
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶